|
va xorijiy; moliyaviy va nomoliyaviy; xususiy (egasi bir jismoniy shaxsBog'liq Korporativ siyosat pdfva xorijiy; moliyaviy va nomoliyaviy; xususiy (egasi bir jismoniy shaxs
firma), ochiq va yopiq; qo'shma va h.k.
Kompaniya yuridik shaxs boigani uchun mulkdorlar tomonidan
ustav fondiga kiritilgan ulush badallari uning aktivi hisobiga o'tib,
barcha mulk kompaniyaning mulki hisoblanadi. Uning barcha mol-
mulkini kompaniya egalari tomonidan yollanadigan boshqaruvchi
menejer (ijro etuvchi direktor, top-menejer) ishonchnomasiz boshqaradi.
Bunda kompaniya egalari uning mol-mulkiga egalik huquqidan mahrum
bo'lib, faqat o'zlariga tegishli pay ulushi yoki aksiyalarga va
kompaniyaning sof foydasiga egalik huquqiga ega bo'lgan mulkdorlarga
(ovoz buruvchi investorlarga) aylanadilar. Kompaniya tugatilgan
chog'da esa uning mulkiga da’vogar bo'lish huquqiga egalar.
Kompaniyaning faoliyati jarayonida investorlar boshqaruv organlar
(umumiy yig'ilish, kuzatuv kengash yoki direktorlar kengashi, taftish
komissiyasi) tarkibida faoliyat yuritishadi. Bu organlar kompaniyaning
ijroiya organining joriy moliya-xo'jalik ishlariga aralashish huquqiga
ega emas, lekin joriy yilning ma’lum davrlarida ijroiya organi
hisobotlarini eshitib tasdiqlaydilar, uning faoliyatiga baho beradilar.
Demak, yuridik nuqtayi nazardan kompaniya egalari va ijroiya
organining haq-huquqiari, maqsad va vazifalari, funksiyalari bir-biridan
keskin farqlanib ajratilgan bo'ladi. Kompaniya egalari va ijroiya
organining (boshqaruvchisi, top menejeri, direktori)
huquqlari,
majburiyatlari, javobgarligi, vazifalari va funksiyalari har bir
mamlakatning tegishli qonun hujjatlari bilan o'matiladi. Bunday holat
va uning negizida vujudga kelgan kompaniya egalari va ijroiya organi
o'rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlar ziddiyati kompaniyada (turiga
|
| |