K om pan iya yaponlar uchun xo'jalik aloqalarining rasmiy tizim i em as, balki ijtim oiy hayotning bir b o ‘lagidir. Koreyadagi korporativ siyosatning tarmoq modeli Yaponiyanikiga
birmuncha o'xshash jihatlari mavjud bo‘lib, u faqat koreys millatining
mentalitetiga asoslangan «chebol» ni tashkillashishi bilan farqlanadi.
Lekin «chebol» ham «keyresu»ga birmuncha o'hshash.
Bu m odelni jahon tajribasida qo‘llanilishi xususiyatlari mazmunan
quyidagi belgilarda namoyon bo‘ladi.
1. Liberal iqtisodiyot modeliga asoslanganligi belgisi bo 'yicha. Bu belgiga ko‘ra korporativ siyosatning tarmoq modeli liberal
iqtisodiyot sharoitiga mansub bo'lib, uning faoliyat mexanizmi
mam lakatning bozori va kompaniyalari ochiqiigi, ulaming yuqori
darajada rivojlanganligi, globalligi bilan belgilanadi.
2. M amlakat aholisining Yapon yoki Koreya traditsiyalari va та ’naviy boyliklariga asoslanganligi bo yicha. Ushbu traditsiyalar quyidagilarda namoyon bo'ladi:
- insonlam i ierarxik pog'onalilikka intilishi, o'zidan yuqori
pog'onada turgan shaxsga sodiqlik (davlat tuzilmasi yoki biznesda,
kom paniyada va uning korporativ boshqaruvida);
- bir kompaniyada o'tiroqlik (butun hayot davomida yollanish
tizimi);
- vasiylikka muhtojlik;
- personal (mehnat jam oasi) manfaatlarini mulkdorlaraikidan
yuqori q o'yish («korporatsiya-oila», sezilarli oshib boruvchi mehnat
haqi va ijtimoiy to'lovlar tamoyili asosida);
- yaqqol kollektivizm, jam iyatga o‘ta tobelik, o‘zini moddiy
cheklash («halol kambag'allik», ishga fidoiylik etikasi), Yaponiyani
dunyodagi alohida missiyasini oshirish (Koreyada bunday emas);
- anglo-sakson traditsiyasidan farqli, aholining yuqori darajadagi
jam g'arm a
normasi
va
investitsion
ishtiroki
(o ‘zi
ishlaydigan
kompaniyada).
Yapon traditsiyalariga asoslangan korporativ siyosatni shaklan va
mazmunan AQSh kompaniyalaridagi korporativ siyosatdan keyingi
o'ringa qo'yish mumkin. Ulam ing ikkalasi islomiy kompaniyalardagi
korporativ siyosatdan ustun.
64
S avollar 1. Tarmoq modelining tashkiliy-funksional tuzilmasi qanday
ifodalanadi?
2. Tarmoq modeli qanday xususiyatlarga ega?
3. Tarmoq modelining jahon amaliyotida qo‘llani!ishi qanday
belgilarda namoyon boMadi?
4. Keyresu va Chebol nima?