S avollar
1. Ikki bo‘g‘inli modelning tashkiliy-funksional tuzilmasi
qanday
ifodalanadi?
2. Insayderlik modeli qanday xususiyatlarga ega?
3. «Germancha» modelning jahon amaliyotida qo'llanilishi qanday
belgilarda namoyon boMadi?
Topshiriqlar
1. Ikki pog‘onali modelni jahon amaliyoti asosida tavsiflang.
2. Terminlar lug'atini tuzing.
3.4. Tarmoq modeli: tuzilmasi, xususiyatlari va jahon tajribasi
«Tarmoq» modeliga asoslangan korporativ siyosat Yaponiya va
Janubiy Koreya kompaniyalarida foydalanilib, bunda mos ravishda
«keyresu» va «chebol» vujudga keladi (3.1 paragrafga qaralsin). Bu
model yagona kollegial boshqaruv organi - asosan yoki butunlay ijro
etuvchi direktorlardan iborat boMadigan direktorlar kengashini tashkil
etishni nazarda tutadi.
Aytilganlardan
kelib chiqqan holda, bu modelning tashkiliy-
funksional tuzilmasi 3.4.1- rasmda keltirilgan.
3.4.1-rasm. Tarmoq modelining tashkiliy-funksional tuzilmasi (bunda
anglo-sakson modelidan farqli direktorlar kengashida «keyresu» va
«chebol» tashkillashtiriladi).
Ushbu modelning faoliyat mexanizmi Xaiqaro IHRT tamoyillari va
normalariga (1.4 paragrafga qaralsin) toMiq asoslanganligi bilan ajralib
turadi. Tarmoq modeli quyidagi xususiyatlarga ega:
61
Yapon modeli mohiyatiga ko 'ra na Amerikacha, na Germancha
modellarga o'xshaydi. Har ikkala modelning qator tomonlarini o‘zida
muj assamlashtiradi:
- direktorlar kengashi tarkibida mustaqil direktorlar boMmaydi,
balki kengash a’zolari yuqori darajadagi boshqaruvning vakillari yoki
sobiq boshqaruvchilari boMadi;
- aksiyadorlik kapitali sezilarli darajada
bitta sanoat guruhining
a ’zoiariga
qarashli
har
tomonlama
egalikdagi
kompaniya
aksiyadorlarining yuqori ulushi bilan tavsiflanadigan ulguiji investorlar
mablagMdan tashkil topadi;
- o ‘zaro shaxsiy munosabatlar bilan tavsiflanadi ( xarakterlanadi);
- m odelga oilaviy bank kiradi va u orqali oilaga kirgan
kompaniyalar moliyalashtiriladi.
Urushdan keyingi vaqtda Yaponiya bosib olinganidan so‘ng
amerikalik mutaxassislar demokratik jam iyat qurish chora-tadbirlarini
ko‘ra boshladilar. Amerika modelini tatbiq etish ham ular qatoridan
o‘rin oldi. A w alg i milliy xo‘jalik yuritish tizimini yo‘qotish va huquqiy
jihatdan aksiyadorlar kompaniya asosini tashkil etuvchi model qabul
qilindi. Biroq milliy an’analar bilan chatishish oqibatida o ‘ziga xos
boshqaruv modeli - yapon kompaniya modeli tashkil topdi.
Yaponiyaning butun ishbilarmon hayoti imperator va davlatga
xizmat qilishga g‘oyalari bilan singib ketgan. Davlatning biznesni
qoMlab-quwatlash
tizimi
ushbu
xizmatga
mukkasidan
ketgan
samuraylar loyihalarini ro‘yobga chiqarishni ustuvor bildi.
Shu bois
birinchi yirik bank va sanoat kompaniyalar davlatga tegishli edi.
Keyinchalik ular xususiylashtirildi. Shunday qilib yaponiyada davlat
a w alo samarali faoliyat yurituvchi kompaniyalami tuzadi va keyin uni
xususiy sektorga oMkazadi va jam iyat maqsadlariga erishishni ko‘zlaydi.
Bu AQSh v a Germaniyadagi holatning butunlay aksidir.
Yetakchi sektorlardagi yirik kompaniyalar Yaponiyada davlat
tomonidan biznes qilish va foyda olishga yoM qo‘yib berilgan, biroq
davlat va jam iyat oldida ajralmas majburiyatlarga ega tashkilotlar
sifatida qaraladi. Ular aksiyadorlar va bankirlaming shaxsiy manfaatiari
uchun emas, balki ushbu kompaniyada
ishlovchilar va uning
xizmatlaridan foydalanuvchilar uchun faoliyat yuritadi. Shuni ham
e’tiborga olish lozimki, konfusiylik an’analari «shaxsiy huquq»ga salbiy
munosabat bildiradi, milliy manfaatlarga zid ravishda qaraladi.
Shuning uchun aksiyadorlik kapitalini bozor ishtirokchilari
o‘rtasidagi munosabatlar mexanizmi, kompaniyani esa biznesning
62
tashkiiiy shakli sifatida qabul qilinganidan keyin ham yapon
kompaniyasi o'ziga xosligini saqlab qoldi. Ular yapon jamiyati
tomonidan alohida tuzilma sifatida qaralmagan va umummilliy
manfaatlarga xizmat qiluvchi yirik jamoat
tuzilmalarining bir qismi
sifatida ko'rilgan. «Keyresu» deb ataladigan ushbu tuzilmalarga banklar,
moliya institutlari, sanoat kompaniya guruhlari, savdo firmalari va sh.k.
kiradi. «Keyresu»lar 100 va undan ham ortiq tashkilotlami birlashtiradi.
Ular bir-biri bilan aksiyalarining m a’lum qismlariga egalik qilish orqali
bog'langan.
«Keyresu»ning boshida odatda mamlakatning yirik
banklaridan biri turadi va ushbuni moliyalashtirishning asosiy manbai
sifatida faoliyat yuritadi. Buni 70 foiz aksiyalar institutsiona!
mulkdorlarga qarashli ekanligini ham isbotlaydi.
Shuning uchun Yaponiyada fond bozorining yuqori darajada
rivojlanganligiga
qaramasdan, uning likvidligi yuqori emas. Mavjud
an’ana va qadriyatlar aksiyalar qiymatining o'zgarishi yoki ulaming
mulkdori o'zgarishiga nisbatan ham muhimroq rol o'ynaydi.
Yaponiya kompaniyalarida hanuz ichki dunyo, tabaqa va toifa
munosabatlarining o'm i yuqori. «Keyresu» rahbarlarining o'zaro
aloqalarini yaqinlashuvi uchun ko'plab klublar yo'naltirilgan bo'lib,
ulaming umumiy siyosati, qadriyatlar, ish yuzasidan tortishuvlar,
tayinlash va boshqa ishga o'qitish masalalari hal etiladi.
«Keyresu» ning ichida sezilarli mablag' jam lash imkoniga ega. Bir-
birini kreditlash keng tarqalgan. Biroq bu
kreditlash kredit berilgan
kompaniyaning butun ahvoiidan boxabar bo'lishni ta’minlovchi nazorat
mexanizmiga aylangan. O 'z navbatida ushbu moliyaviy tizim «tizim
tashkil etuvchi» bank tomonidan nazoratga olingan.
Shunga o'xshash qattiq nazorat tizimi ishlab chiqarish sohasida
ham
mavjud.
Asosiy
«keyresu»lar
muayyan
aloqadorlikdagi
texnologiyalar atrofida qurilgan. Yetakchi kompaniyalar ayrim yig'm a
mahsulotlami ishlab chiqarishni
ichidagi korxonalarga yuklaydilar.
Ishlab chiqarish munosabatlarining qattiq ierarxiyasi vujudga keladi.
xuddi shunday tamoyillar asosida «keyresu»ning sotish kompaniyalarida
ham ierarxiya vujudga keladi. Yaponiyada ishlab chiqarish sotuvga
nisbatan yuqori mavqega ega. Ishlab chiqarish fan va farovoniikni
rivojlantirishga savdo esa shaxsiy boyishga xizmat qiladi, deb qaraladi.
Yapon sanoatining aksariyat yetakchilari samuraylaming vakillaridir.
Yaponiyaning urushdan keyingi tajribasi korporativ siyosatni
shakllantirish faqat qonunchilikni joriy etish
bilan erishilmasligini
ko'rsatdi. Huquqiy jihatdan bu yerda kompaniya ishtirokchilarini faqat
63
aksiyadorlar bilan cheklovchi amerikacha model joriy etilgan. Lekin
yapon tadbirkorlari ushbu modelning shunday tarzda o'zlariga
moslashtirdilarki, natijada mutlaqo yangi model shakllandi.