Nemis modeli - mamlakatning tarixiy rivojlanishi mahsulidir.
Ushbu mamlakat o'tgan asm ing o ‘rtalariga qadar feodal tarqoqlikni
boshdan kechirgan va sanoati rivojlangan AQSh, Buyuk Britaniya,
Fransiya, Niderlandiya mamlakatlaridan deyarli yarim asr ortda qolgan
edi. Ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, rno'ljallangan maqsadlarga
erishish uchun sarmoya yig‘ish qiyin masala edi. Yevropada yetakchi
mavqega ega bo'lishdek maqsadni amalga oshirish kuchli davlat
investitsiyalari va xorij kapitaliga muhtojlikni keltirib chiqardi. Natijada
xorij kapitali ishtirokidagi banklar, sanoat kartellari va davlat o'ziga xos
uchburchak hosil qildi va investitsiya yo‘nalishlari bo'yicha qarorlami
qabul qildi. Shunday qilib, Germaniya muvofiqlashtirilgan sanoat
siyosati yuritilgan birinchi jahon davlatlaridan bo‘ldi. Mutaxassislaming
fikricha Germaniya «tashkil etilgan kapitalizm»ning yaqqol namunasidir
va unda davlatdan ham k o 'ra bank va yirik kompaniyalaming o‘mi
yuqori bo'ldi.
Geosiyosiy nuqtayi nazardan bugun Germaniya Sharqiy Yevropa
mamlakatlari
uchun
urush
davridan
keyin
G ‘arbiy
Yevropa
mamlakatlari uchun AQSh o'ynagan rolni o'ynashi mumkin. Madaniy
nuqtayi nazardan sobiq sotsialistik davlatlarga aynan Germaniya
yaqinroq. Nemis modeliga qurilgan ijtimoiy-iqtisodiy g'oyalar yanada
joziba
bag'ishlaydi.
Ayniqsa,
davlat va banklaming biznesni
boshqarishdagi rolining yuqoriligi bunga taalluqlidir.
Bu modelni jahon tajribasida qo'llanilishi xususiyadari mazmunan
quyidagi belgilarda namoyon bo'ladi.
1.
Liberal iqtisodiyot modeliga asoslanganligi belgisi bo'yicha.
Bu belgiga ko'ra ikki b o 'g 'in li korporativ siyosat modeli liberal
iqtisodiyot sharoitiga mansub bo'lib, uning faoliyat mexanizmi
mamlakatning bozori va kompaniyalari ochiqiigi, ulaming yuqori
darajada rivojlanganligi, globalligi bilan belgilanadi.