|
Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti yashil iqtisodiyot kafedrasi
|
bet | 5/15 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #262743 |
Bog'liq Makroiqtisodiy barqarorlik inqiroz , ishsizlik va inflatsiya 2Pul-kredit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi bo‘lib, bunda tijorat va bank krediti taklifini qisqaradi. Aksiya va obligatsiyalarning kursi, bank foiz stavkasi tushib ketishi natijasida banklar sinib, bankrotlikka uchraydi.
Valyuta inqirozi. Bunda banklarda valyuta zaxirasi tugab, milliy valyuta kursi keskin tushib ketadi.
Birja inqirozi. Bu qimmatli qog‘ozlar kursining tezda keskin tushib ketishi, ularni emissiya qilishning qisqarishi natijasida fond birjalari faoliyatidagi chuqur tangligini ifodalaydi.
Ekologik inqiroz. Atrof-muhitning keskin buzilishi natijasida eng avvalo kishilar sog‘lig‘ini yo‘qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajadagi vaziyatning vujudga kelishida ifodalanadi.
Tarkibiy inqirozlar. Bu inqi-rozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o‘rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi. Tarkibiy inqirozlar milliy xo‘jalikning biron-bir tarmog‘ini qamrab olib, ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgarishni taqozo qilsada, aks holda me’yoridagi xo‘jalik aloqalarining buzilishiga sabab bo‘ladi.
Tarkibiy inqirozlar bilan zo‘rg‘a iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo‘ladi. Masalan, bayramlar arafasida ommaviy ravishda xarid qilish, iste’mol tovarlarining faollik sur’atida, asosan chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq xo‘jaligi, avtomobil sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo‘ladi.
Iqtisodiy faollik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoyillarga, ya’ni uzoq muddatli davr, masalan, 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikning o‘zgarishi (ortishi yoki pasayishi) ga bog‘liq. Bu erda shuni ta’kidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda (masalan AQSh) uzoq muddatli tamoyil sezilarli iqtisodiy o‘sish bilan tavsiflansa, boshqalarda iqtisodiy o‘sishning sekinlashuvi kuzatiladi.
Iqtisodiy faollikning tebranishini tushuntiruvchi ko‘plab qarashlar mavjud bo‘lishiga qaramasdan, ko‘pchilik iqtisodchilar ishlab chiqarish va bandlik darajasini belgilovchi asosiy omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi deb hisoblashdi.
Agrar inqirozlar. Qishloq xo‘jaligida ro‘y beradigan agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: 1) qishloq xo‘jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta zaxiralarining to‘planishi;
2) narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi; 3) fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo‘lishi, ular qarzlarining ortishi; 4) qishloq aholisi o‘rtasida ishsizlarning ko‘payishi.
Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, agrar inqirozlar o‘ziga xos tavsif kasb etadi. Agrar inqirozlar sanoat sikllariga qaraganda odatda ancha uzoq vaqt cho‘zilib ketadi. Birinchi agrar inqiroz XIX asrning 70-yillarida boshlanib, har xil shakllarda 90-yillar o‘rtasigacha davom etgan.
Birinchi jahon urushidan keyin, aholining xarid qobiliyati juda pasayib ketgan sharoitda, 1920 yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib, ikkinchi jahon urushining boshlanishga qadar, uchinchi agrar inqiroz 1948 yildan, 80-yillargacha davom etgan.
Agrar inqirozlarning cho‘zilib ketishining asosiy sabablari quyidagilar: a) erga xususiy mulk monopoliyasi qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishiga sabab bo‘ladi; b) er rentasining mavjud bo‘lishi va uning uzluksiz sur’atda o‘sib borishi. Er rentasining, avvalo absolyut rentaning o‘sib borishi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qimmatlashtirib yuboradi, buning natijasida uni sotish qiyinlashadi; v) ko‘plab mayda dehqon xo‘jaliklarining mavjud bo‘lishi. Mayda ishlab chiqaruvchilar xo‘jalikni asosan o‘zi va oilasi uchun zarur tirikchilik vositalari bilan ta’minlash maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular ishlab chiqarishni qisqartira olmaydilar. Oilasini ta’minlash va ijara haqini to‘lash uchun ishlab chiqarishni ilgarigi miqiyoslarda olib boraveradi. Bu hol qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishni yana ham ko‘paytirib yuboradi.
Agrar inqirozlar siklli tavsifga ega bo‘lmaydi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish mutloq emas, balki nisbiy tavsifga ega. Chunki inqiroz ro‘y bergan mamlakatlarda million-million kishilar doimiy suratda ochlikda yashaydi.
2. Iqtisodiyotda muvozanatlik buzilishining muntazam yoki onda sonda yuz berishiga ko‘ra davriy, oraliq, beqaror inqirozlarga ajratish mumkin.
|
| |