• Yuksalish fazasida
  • Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti yashil iqtisodiyot kafedrasi




    Download 0,85 Mb.
    bet3/15
    Sana11.06.2024
    Hajmi0,85 Mb.
    #262743
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Makroiqtisodiy barqarorlik inqiroz , ishsizlik va inflatsiya 2

    Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o‘sib boradi. Narxlar ham sekin ko‘tarilib, ssuda foiz normasi o‘sa boshlaydi.

    Iqtisodiyot bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o‘sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o‘sib o‘tishiga imkoniyat yaratadi. Yangi sikl yuksalishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.



    Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‘sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to‘lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning ortishi, o‘z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirish uchun turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to‘planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi.
    Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha keskin farqlanadi. SHunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi.
    Turg’unlik yoki inqiroz girdobida ishlab chiqarish va ish bilan ta’minlanish o’zining eng past ko’rsatkichiga yetadi. Bu davr uzoq vaqt yoki qisqa vaqt mobaynida kechishi mumkin.3
    Inqirozdan keyin odatda jonlanish yoki tiklanish alomatlari sodir bo’ladi ya’ni daromad, ish bilan ta’minlanish darajasida ko’tarilishlar seziladi. Ba’zi vaqtlarda, iqtisodiyot yana o’zini avvalgi to’liq quvvat bilan imkoniyatlarini erisha boshlaydi. Agar iqtisodiy o’sish imkoniyatlati xarajatlardan oshib ketsa, deyarli barcha mahsulot va tovarlarning narxlari ko’tarilib ketadi. Boshqaga qilib aytganda, in fl yatsiya sodir bo’ladi. Garchi ish faoliyati sikllari bir davrni o’zida o’tib ketsa, ular davomiylik va ishlab chiqarish imkoniyati jihatidan juda katta o’zgarishlarga yuz tutadi. Ba’zi iqtisodchilar bu holatni ish faoliyatidagi davrlar deyishdan ko’ra ‘pasayibtushishlar’ deb ataydilar, chunki davrlar doimiylik xarakteriga ega‘pasayibtushishlar’ esa unday xarakterga ega emas. 1930 yillardagi ulkan iqtisodiy inqiroz AQShda 3 yil vaqt mobaynida real YIMni 40 foiz pasayishiga olib keldi va o’n yilga biznes faoliyatida jiddiy zarar ko’rsatdi. Qiyosan aytganda, 7.2 jadvalda berilganidek keying paytlarda bo’lib o’tgan inqirozlar kuch va davomiylik jihatidan nisbatan zararsizroq bo’ldi. Bu kabi iqtisodiy tanazzullar boshqa mamlakatlarda ham sodir bo’lib turadi, albatta. Keyingi 10 yil ichida goh-gohida Argentina, Braziliya, Yaponiya, Meksika, Germaniya va Janubiy Koreyada ham shu kabi inqirozlar kuzatildi.

    Download 0,85 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 0,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti yashil iqtisodiyot kafedrasi

    Download 0,85 Mb.