• Kurs ishining vazifalari.
  • Kurs ishining tarkibiy tuzilishi.
  • Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti yashil iqtisodiyot kafedrasi




    Download 0,85 Mb.
    bet2/15
    Sana11.06.2024
    Hajmi0,85 Mb.
    #262743
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    Makroiqtisodiy barqarorlik inqiroz , ishsizlik va inflatsiya 2

    Kurs ishining maqsadi: Kurs ishining asosiy maqsadi makro iqtisodiyot tushunchasi, ishsizlik, infiltsiyani iqtisodiy jihatdan yoritib berish, hamda uni bartaraf qilish yuzasidan amaliy takliflar va tavsiyalarni berishdan iborat.
    Kurs ishi bir qator xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar hamda mutaxassislarning marketing, kichik va xususiy biznesni rivojlantirishga bag‘ishlangan asarlari va ilmiy ishlaridan foydalanilgan holda amalga oshirilgan.
    Kurs ishining vazifalari. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni hal qilish koʻzda tutilgan:
    -Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning o’zgaruvchanlik tushunchasi.
    -Inqirozlarning mazmuni va turlari
    -Ishsizlik va uning turlari
    -Inflyasiya, uning kelib chiqish sabablari va turlari o’rganishdan iborat.
    Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa foydalanilgan adabiyotlar roʻyxatidan iborat.


    1.Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning o’zgaruvchanlik tushunchasi.
    Har qanday mamlakat iqtisodiy o‘sishga, iqtisodiy resurslarning to‘la bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy rivojlanish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib turadi. Vaqti-vaqti bilan ob’ektiv qonunlarning o‘zgartirib bo‘lmaydigan ta’siri ostida milliy ishlab chiqarish va uning ayrim bo‘g‘inlarda uzilishlar paydo bo‘ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo‘lishi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sish milliy xo‘jalikda hal qiluvchi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni tavsiflovchi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar – YAIM, milliy daromad, bandlik va narx darajasidagi iqtisodiy tebranishlar bilan birga ro‘y beradi.
    Iqtisodiy tebranishlar – bu muhim makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘zlarining barqaror holatidan farqlanishidir. Davriy o‘sish ishlab chiqarishdagi tanazzullik bilan almashinadi va iqtisodiy sikllar vujudga keladi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning siklli rivojlanishi deb ataladi.
    Ko‘plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib berishga harakat qilib, talabning ko‘payishi va kamayishi, ishlab chiqarish hajmining o‘sishi yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga e’tibor qaratdilar. Bu hodisalarning ro‘y berish ketma-ketligidagi ma’lum izchillik ham aniqlandi. Siklli rivojlanishning ob’ektivligi va realligi, uning iqtisodiy jarayonlar tavsifiga ta’siri nuqtai nazaridan ahamiyatliligi to‘g‘risida bir qator taniqli iqtisodchilar, (A.Shpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks, J.M.Keyns, Y.SHumpeter va boshqalar) qayd qilib o‘tishgan.
    Ko‘pchilik iqtisodchilar iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o‘sish nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl tabiatining o‘zi esa munozarali va kam o‘rganilgan muammolardan biri ekanligini ta’kidlaydi.1 Shuningdek, ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor etuvchi ikki yo‘nalishdagi qarashlar mavjud. Ba’zan siklning mohiyatini ochib berishda dastlab unga jismlar o‘zaro ta’sir jarayonining natijasi sifatida qaralib, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilinadi. Ko‘pincha sikl fazalarini ajratib ko‘rsatishda klassiklarning sanoat sikli nazariyasiga keng o‘rin berilgan.
    Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi.2 Iqtisodiy sikl milliy iqtisodiyotning bir inqiroz boshlangandan keyingi inqiroz boshlanguncha davrdagi harakat shaklidir.

    Inqirozning turli xil oqibatlari faqatgina uning xarakterini emas, balki inqirozni yumshatishi yoki qattiqlab yuborishi mumkin bo‘lgan inqirozga qarshi boshqaruvning tavsifini ham aniqlaydi.
    I qtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat sifatida davom etadi. Siklli harakat milliy xo‘jalik turli tarkibiy qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bosqichlarni iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi chuqur o‘zgarishlarni aks ettiradi.

    I qtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan davrni ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib ko‘rsatiladi (30-rasm). Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi.


    Iqtisodiy siklning bir qator fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi.
    Inqirozdan keyin turg‘unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning o‘sishi to‘xtab, ssuda foiz normalari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi.
    Ko’rib chiqdikki, AQSh iqtisodiyotining uzoq muddatli tendensiyasi iqtisodiy o’sishning bir omili. Ammo, iqtisodiy o’sish odatda iqtisodiy sikl deb nomlanadigan iqtisodiy noturg’unlik davri tufayli to’xtab qoladi. Bir necha yillar mobaynida iqtisodiy sikl iqtisodiy faoliyat darajasini pasayib, ko’tarilish tendemsiyasini o’zgartirmoqda. Yakka tartibdagi ko’tarilib, pasayishlar davomiy va yuqori darajada o’zgarib bormoqda.
    • Retsessiya yoki inqiroz umumiy ishlab chiqarish, daromad va ish bilan ta’minlanishdagi pasayish davri hisoblanadi. 6 oy yoki undan ham ko’proq vaqt mobaynida davom etadigan bunday davr iqtisodiyotning ko’p sektorlarida ish faoliyatining keng tarzda qiaqarishi bilan baholanadi. YIMdagi pasayishlar bilan bir qatorda, ishsizlikda sezilarli darajada ko’tarilshlar
    Biroq ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga etadi.



    Download 0,85 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 0,85 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti yashil iqtisodiyot kafedrasi

    Download 0,85 Mb.