|
Jahon moliyaviy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga
|
bet | 8/15 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #262743 |
Bog'liq Makroiqtisodiy barqarorlik inqiroz , ishsizlik va inflatsiya 2Jahon moliyaviy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga
ta’siri hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos bo’lgan omillar
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri borasida O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida quyidagicha ta’kidlanadi: “…tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko’rsatmaydi, bizni chetlab o’tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o’ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo’lmas xato bo’lur edi. Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim – O’zbekiston bugun xalqaro jamiyatining va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkkibiy qismi hisoblanadi. Buning tasdig’ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko’magida iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish texnik va texnologik qayta jihozlash bo’yicha dasturlarning amalga oshirilayotganligida, O’zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida, mahsulot va tovarlar importi va eksportining o’sib borishida va boshqa misollarda yaqqol ko’rishimiz mumkin. Shu bois global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etayotganidan ko’z yumib bo’lmaydi”.
Biroq bu o’rinda ta’kidlash lozimki, moliyaviy inqirozning respublikamiz iqtisodiyotiga ta’siri boshqa rivojlangan va ayrim qo’shni davlatlardagiga qaraganda mazmunan farq qiladi. Agar boshqa mamlakatlarda bu jarayonlar bevosita mmoliya tizimining izdan chiqishi va ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarib ketishi, ko’plab yirik korxonalarning yopilishi orqali namoyon bo’lsa, O’zbekistonda inqirozning iqtisodiyotga ta’siri jahon xomashyo bozorlarida eksport mahsulotlariga talabning susayishi tufayli narxlarning keskin pasayishi hamda buning oqibatida eksport daromadlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo hamkorlar xarid qobiliyatining pasayishi natijasida tashqi savdo aylanmasining qisqarishi orqali namoyon bo’ladi.
Shuningdek, jahon moliyaviy inqirozining O’zbekistonga ta’sirining jiddiy bo’lmaganligini quyidagi omillar bilan izohlash mumkin:
--- ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’lining tanlanganligi;
--- davlat bosh islohotchi sifatida ma’suliyatni o’z zimmasiga olishi zarurligining aniq belgilab olinganligi;
--- O’zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, banak-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining mavjudligi;
--- oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi;
--- aholining ish haqi va daromadlarining izchil va oldindan oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o’sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi;
--- davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog’liq barqaror va ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchliligi bilan izohlanadi.
Shunga asoslangan holda, hukumatimiz tomonidan inqirozga qarshi choralar dasturi ishlab chiqilgan bo’lib, mazkur daasturda talabni rag’batlantirishga yo’naltirilgan bir qator moliyaviy imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlovchi chora tadbirlar majmuyi o’z aksini topdi.
|
| |