|
Toshkent moliya instituti iqtisodiyot fakulteti yashil iqtisodiyot kafedrasi
|
bet | 6/15 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 0,85 Mb. | | #262743 |
Bog'liq Makroiqtisodiy barqarorlik inqiroz , ishsizlik va inflatsiya 2Davriy inqirozlar ma’lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi.
Oraliq inqirozlar to‘liq sikl bo‘yicha yuz bermaydi. Siklning biron-bir fazasida to‘xtatiladi. Ular nisbatan uncha shiddatli bo‘lmay, qisqa davr davom etadi.
Beqaror inqirozlar biron-bir alohida sabablarga ko‘ra yuz beradi. Masalan, tabiiy ofat, sel, to‘fon, qurg‘oqchilik tufayli iqtisodiyot tang ahvolga tushib qolishi mumkin.
3. Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko‘ra: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga bo‘linadi.
Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf keltiradigan ne’matlarning ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi, lekin ularning to‘liq sotilmasligida namoyon bo‘ladi.
Taqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida iqtisodiyotda muvozanat buzilib, tovarlar etishmasligi natijasida tang ahvol kelib chiqadi. SHunday ekan, iqtisodiyotning tang ahvolga tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo‘ladi.
Ayrim sohalardagi inqirozlar orasida moliyaviy inqiroz muhim o’rin tutib, u o’z ichiga pul-kredit sohasidagi inqiroz, valyuta inqirozi, birja inqirozi va boshqalarni oladi. Hozirgi vaqtda AQSH va Yevropaning aksariyat mamlakatlarida ro’y berayotgan inqiroz ham dastlab moliya sohasida boshlanib, keyinchalik ishlab chiqarish sohasiga ham tutashib ketdi.
Pul-kredit sohasidagi inqiroz. Mamlakatda pul-kredit tizimining tang ahvolga tushishi bo’lib, bunda tijorat bank krediti qisqaradi. Aksiya va obligatsiyalarning kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka ucharaydilar.
Valyuta inqirozi. Bunda milliy valyutaning obro’si tushib ketadi. Bankda valyuta zaxirasi tugab, milliy valyuta kursi tushib ketadi.
Birja inqirozi. Bu tanglik birjadagi qimmatli qog’ozlar kursining tezda tushib ketishi, ularni emissiya qillishning qisqarishi fond birjalari faoliyatidagi chuqur tushkunlikda ifodalanadi.
Ekologik inqiroz. Atrof-muhitni, eng avvalo inson sog’ligini yo’qotish, umrini qisqartirishga olib keladigan darajada vaziyatning vujudga kelishida ifodalanadi. U sanoatning shiddatli tarzda o’sishiga yo’l qo’ymaydi.
Tarmoqlar inqirozi. Bu milliy xo’jalikning biron bir tarmog’ini qamrab, ishlab chiqarishning tarkibiy o’zgarishi yoki normal xo’jalik aloqalarining buzilishi tufayli yuz beradi.
Tarkibiy inqirozlar. Iqtissodiyotdagi inqirozlardan bir ko’rinishi yoki uning bir turi tarkibiy inqirozlardir. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi. Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faollikning mavsumiy tebranishlari ham mavjud bo’ladi. Masalan, bayramlar arafasidagi xarid qilish, asosan, chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi.
Agrar inqirozlar. Qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:
Qishloq xo’jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda zaxiralarining to’planishi;
Narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning kamayishi;
Fermerlarning ommaviy tarzda xonavayron bo’lishi, ular qarzlarining ortishi;
Qishloq aholisi o’rtasida ishsizlarning ko’payishi;
Birinchi agrar inqiroz XIX asrning 70-yillarida boshlanib, har xil shakllarda 90-yillar o’rtasigacha davom etgan edi.
1920-yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va 2-jahon urushining boshlanishiga qadar davom etdi. Uchinchi agrar inqiroz 1948-yildan boshlanib, 80-yillargacha davom etdi.
Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga ko’ra davriy, oraliq va nomuntazam inqirozlarga ajratish mumkin:
Davriy inqirozlar ma’lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi.
Oraliq inqirozlar to’liq sikl bo’yicha yuz bermaydi. Siklning biron bir fazasida to’xtatiladi. Ular nisbatan ancha chuqur bo’lmay, qisqa muddat davom etadi.
Nomuntazam inqirozlar biron-bir alohida sabablarga ko’ra yuz beradi. Masalan, tabiiy ofat, sel, to’fon, qurg’oqchilik tufayli iqtisodiyot tang ahvolga tushib qolishi mumkin.
Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko’ra inqirozlar 2 ga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga bo’linadi. Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf keltiradigan ne’matlarni ko’p ishlab chiqarish, lekin ularni to’la sota olmaslikda namoyon bo’ladi. Taqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida muvozanat buzilib, yetishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday qilib iqtisodiyotning tang ahvolga tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo’ladi.
|
| |