• 5-BOB. ELEKTRON TIJORATDA MA’LUMOTLAR HAVFSIZLIGINI TA’MINLASH 5.1. Elektron tijorat havfsizligini ta’minlashda kriptografiya
  • D -printerning xomashyolari tasviri esa quyidagucha




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet137/442
    Sana19.06.2024
    Hajmi5,43 Mb.
    #264348
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   442
    Bog'liq
    Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik. Toshkent-2020

    3D
    -printerning xomashyolari tasviri esa quyidagucha: 
     
    3D
    -faylning ekrandagi ko’rinishiga misol: 
    3D
    -printerlarning ishlashi uchun kerakli bo’lgan ob’ektlarning 
    3D
    -
    modellarini tezda xosil qilish uchun turli xildagi va modellardagi 
    3D
    -skanerlardan 
    foydalanish mumkin. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan xolda shuni ta’kidlash 
    mumkinki, O’zbekiston respublikasinig raqamli innovatsion rivojlanishida 
    3D
    -
    texnologiyalarning ahamiyati juda ham salmoqli bo’lib, bu amal juda katta 
    iqtisodiy samara keltirishi mumkin. Bu esa kasb-xunar kollejlari va texnika oliy 
    o’quv yurtlari hamda universitetlarida 
    3D
    -texnologiyalarga bag’ishlangan fanlar 
    kiritish va bu yo’nalishda kadrlar tayyorlashni jadallashtirish zarurligini taqozo 
    qiladi. Bu yo’nalish bo’yicha ilmiy-amaliy ishlarni kengaytirishni va 
    ommalashtirishni esa yangi tashkil etilgan innovatsion rivojlanish vazirligi, 


    Toshkent Moliya instituti 
    R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
    loyihalarni boshqarish milliy agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta mahsus 
    ta’lim vazirligi hamda oily ta’lim muassasalari zimmasiga yuklash talab etiladi. 
    5-BOB. ELEKTRON TIJORATDA MA’LUMOTLAR HAVFSIZLIGINI 
    TA’MINLASH 
    5.1.
     
    Elektron tijorat havfsizligini ta’minlashda kriptografiya 
    Grek tilidan tarjima qilganda, kriptografiya so’zi “
    mahfiy yozuv
    ” ma’nosini 
    anglatadi. Kriptografiyaning klassik masalasi qandaydir boshlang’ich matnni 
    (
    ochiq matnni
    ) qandaydir qoidalar yordamida shifrlangan ko’rinishga o’tkazishdir. 
    Bunda qandaydir belgilarning tasodifiyga o’xshagan ketma-ketligi shifromatn yoki 
    kriptogramma deb ataladi.Ochiq matnni oddiy inson tomonidan tushunarsiz 
    xolatga o’tkazish jarayoni fan tili bilan 
    shifrlash
    yoki 
    deshifrlash
    atamalari bilan 
    ham nomlangan. Shifrlash deganda barcha tomonidan tushuniladigan va ochiq 
    ma’lumotlarni shifrlangan ma’lumotlarga (
    shifrlangan matnga
    ) o’zgartirishga 
    aytilsa, deshifrlash deganda shifrlangan ma’lumotlarni ochiq ma’lumotlarga 
    o’zgartiruvchi teskari jarayonga aytiladi. Shifrlash usuli 
    (shifr
    ) deb, shifrlash 
    algoritmiga binoan ochiq informatsiyani berkitilgan (
    tushunarsiz
    ) informatsiyaga 
    o’zgartiruvchi amallar majmuasiga aytiladi. Ko’pchilik shifrlash tizimlari vaqtning 
    beshavqat sinovlariga dosh bera olmadi, boshqalaridan esa xozirgi davrgacha 
    foydalaniladi. Hisoblash mashinalari, komp’yuter tarmoqlari va internetning paydo 
    bo’lishi ma’lumotlarni shifrlash-deshifrlashning ko’pgina yangi usullarining 


    Toshkent Moliya instituti 
    R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva 
    yaratilishiga turtki bo’ldi. Shifrga xujum (
    yoki kriptoanaliz
    ) kalitni bilmasdan 
    turib, shifrlash algoritmini aniqlashga va berk bo’lgan imformatsiyani beruxsat 
    o’qishga (
    rasshifrovka qilishga
    ) bo’lgan urinishdir.
    Shifrlashning zamonaviy usullari quyidagi talablarga javob berishi lozim:

    Shifrning kriptoanalizga (
    deshifrovkaga
    ) bo’lgan turg’unligi (
    chidamliligi –
    kriptoturg’unlik)
    shunday bo’lishi lozimki, uning fosh etilishi faqatgina 
    kalitlarning to’liq saralash masalasini yechish orqaligina amalga oshirilishi 
    mumkin bo’lsin; 

    Kriptoturg’unlik shifrlash algoritmining mahfiyligi orqali emas, balki 
    kalitning mahfiyligi orqali ta’minlanadi; 

    Shifromatn hajmi bo’yicha dastlabki informatsiyadan ortiq bo’lmasligi 
    lozim; 

    Shifrlashdagi xatoliklar informatsiyaning buzilishiga va yo’qolishiga olib 
    kelmasligi kerak; 

    Shifrlash vaqti juda ham katta bo’lmasligi zarur; 
    Shifrlashning keng miqyosda ishlatiluvchi algoritmini amalda mahfiy saqlash 
    mumkin emas. Shu sababli, algoritmning kriptoanalitik foydalanishi mumkin 
    bo’lgan zaif tomonlari bo’lmasligi lozim. Agar bu shart bajarilsa, shifrning 
    kriptoturg’unligi kalit uzunligi orqali aniqlanadi, chunki shifrlangan informatsiyani 
    fosh etishning yagona yo’li – kalit kombinatsiyalarini saqlovchi algoritmni 
    rasshifrovka qilishdir. Shunday qilib, kriptoanaliz uchun sarf qilinadigan vaqt va 
    vositalar kalit uzunligiga hamda shifrlash algoritmining murakkabligiga bog’liqdir. 
    Shifrlash usullari turli alomatlari bo’yicha quyidagi chizmada keltirilgandek 
    tasniflanishi mumkin: 

    Download 5,43 Mb.
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   442




    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    D -printerning xomashyolari tasviri esa quyidagucha

    Download 5,43 Mb.
    Pdf ko'rish