|
Yillik Vaqtli qatorlarini silliqlash (tekislash)
|
bet | 5/11 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 0,79 Mb. | | #112232 |
Bog'liq 12- Mavzu. Dinamika qatorlarini qayta ishlashning statistik usullari3.Yillik Vaqtli qatorlarini silliqlash (tekislash). 5.1.Sirg’aluvchi o’rtachalar. Sirg’aluvchi o’rtacha usuli subektivlikka ega bo’lib, u L davrining uzunligiga bog’liqdir. U o’rtachalar mohiyatini aniqlash uchun tanlangan. Tsiklli tebranishlarni oldini olish uchun davr uzunligi butun son bo’lishi kerak. Tanlangan davr uchun Sirg’aluvchi o’rtacha (moving averages) - o’rtachalar davomiyligini keltirib chiqaradi. Sirg’aluvchi o’rtacha MA (L) belgisi bilan belgilanadi. Faraz qilaylik, bizda mavjud bo’lgan malumotlar asosida 5 yillik sirg’aluvchi o’rtachani aniqlaymiz. Yillarning umuimy soni 11 ta, L esa 5 ga teng. Besh yillik sirg’aluvchi o’rtachalar-o’rtachalar davomiyligini keltirib chiqaradi. Bunda ular Vaqtli qatorlarning 5 yillik davomiyligi asosida aniqlanadi. Besh yillik sirg’aluvchi o’rtachalardan birinchisi quyidagicha aniqlanadi: Besh yillik sirg’aluvchi o’rtachalardan birinchisi quyidagicha aniqlanadi: MA (5)=Y1+Y2+Y3+Y4+Y5 Birinchi o’rtacha 5 Bunda 5 had qo’shilib, 5ga bo’linadi, 2-chi o’rtachani aniqlashda 1-chi o’rtachaning 1-chi hadi tushurib qoldiriladi va uning o’rniga navbatdagi 5-chi had qo’shilib, olingan natija yana 5ga bo’linadi: MA (5)=Y2+Y3+Y4+Y5+ Y6 Ikkinchi o’rtacha 5 Bunday jarayon oxirgi 5 yil uchun o’rtachani aniqlaguncha davom etadi. Aniqlanayotgan yil uchun sirg’aluvchi o’rtacha-davr oralig’ining o’rtasida joylashishi lozim. Agar yillarning umumiy soni 11 ga teng bo’lsa L = 5 ga teng 3.2. Eksponentsial silliqlash Malumotlarning o’zgarishini xarakterlovchi uzoq Vaqtli tendentsiyalarni aniqlashda sirg’aluvchi o’rtachalardan tashqari, eksponentsial silliqlash (exponential smoothing) usulidan ham kent foydalaniladi. Shuningdek , bu usul yordamida qisqa prognozlarni amalga oshirish mumikin. Shu jihati bilan bu usul sirg’aluvchi o’rtachalardan ustun turadi. Eksponental silliqlash usuli o’z nomini sirg’aluvchi o’rtachalarni eksponental vaznlash (o’lchash) oqibatida olgan. ko’rsatkich Bu davomiylikdagi har bir ko’rsatkich yani kuzativ mohiyati oldingi kuzatilgan mohiyatlardan (ko’rsakichlardan) kelib chiqadi. Eksponental silliqlash usulining yana bir ustunlik jihati shundaki, oxirgi kuzatuv natijalaridan foydalanilganda, bazi mohiyatlar yani ko’rsatkichlar tushirib qoldiriladi. Vaznni (hajm-ves) eksponental silliqlashda orttirilgan kuzatuv mohiyati (ko’rsatkichi) vaqt o’tishi bilan yo’qoladi, shuning uchun aniqlash davrida eng ko’p uchraydigan ko’rsatkich- katta vaznga ega, kam uchraydiganlar esa kichik vaznga ega bo’ladi.
|
| |