bu erda:NI- nominal investitsiyaning mutlaq o’simi; NI
0 va NI
1 - bazis va joriy davrlardagi nominal investitsiya; J
ni- nominal investitsiya indeksi.
Investitsiya
uchun ajratilgan pulga mashina, uskuna, yoqilg’i, material, xom ashyo sotib olinadi va ishlab chiqarishga jalb qilinadi. Ammo NI investitsiyaning haqiqiy darajasini ifoda etaolmaydi. Chunki bu erda inflyatsiya darajasi inobatga olinmaydi. Shu sababli investitsiyani inflyatsiyadan xoli etib hisoblash kerak. Buning uchun real investitsiyani hisoblash lozim.
Real investitsiya moddiy shakldagi investitsiya bo’lib, nominal investitsiyani moddiy resurslarga aylantirishda bahoning o’zgarishini inobatga olgan holda hisoblangan investitsiyadir. U quyidagicha hisoblanadi:
RI = NI : Jr
bu erda, RI- real investitsiya,
J = q1p1 - bahoning umumiy indeksi.
p
q1p0
Investitsiya ikki qismdan iborat bo’ladi:
qoplash fondi, ya’ni amartizatsiya fondi; sof investitsiya yoki jamg’arish fondi.
Sof investitsiyaning mutlaq va nisbiy me’yori mavjud. Investitsiyaning umumiy miqdori uning mutlaq me’yori deyiladi va pul shaklida belgilanadi.
Sof investitsiyaning sof milliy daromaddagi salmog’i uning normasini yoki darajasini bildiradi. Bu nisbiy me’yordir. Uni jamg’arma normasi deb ham yuritiladi:
bu erda: JN - jamg’arma normasi
yoki investitsiya normasi; SI - sof investitsiya; SMD - sof milliy daromad.
Real investitsiyaning natijasi - bu erishilgan samara (natija) yoki iqtisodiy o’sishdir. Uning samaradorligi (Ris)ni aniqlash uchun sof milliy daromad o’simi (SMD)ni sof investitsiya o’simi (SI)ga bo’lish kerak:
СМД
Masalan, investitsiya o’simi 10 milliard so’m bo’lib, u 5 milliard so’mga teng qo’shimcha
sof milliy daromad bersa, investitsiya samarasi quyidagicha hisoblanadi: