Birinchi ko’rsatkich ko’zlangan xarajatlar sarfi bo’yicha rejaning qay darajada
bajarilganligini ifodalasa, ikkinchi ko’rsatkich XSDning vaqt ichida qanday o’zgarganligini ifodalaydi. XSD
Q - bu mazkur ko’rsatkichning boshqa region darajasiga nisbatan bo’lgan qiyosiy darajadir.
Integral ko’rsatkich mamlakat miqyosidagi sotsial-iqtisodiy
samaradorlik darajasini, aniqrog’i, jon boshiga to’g’ri
kelgan SMDni xarakterlasa, makroiqtisodiy samaradorlikning umumlashtiruvchi ko’rsatkichlari yaxlit holda mavjud resurslar va xarajatlar sarfi darajasini ifodalaydi. Ularga asoslanib u yoki bu region to’g’risida umumiy xulosalarni qilishimiz mumkin.
Biroq, bu ko’rsatkichlar iqtisodiy o’sishning qaysi omillar ta’sirida bevosita ta’minlanayotganini ifoda etolmaydi. Buning uchun samaradorlikka ta’sir qiluvchi xususiy ko’rsatkichlarni takror ishlab chiqarishning barcha fazalari
miqyosida hisoblash zarur, ya’ni: ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish fazasi samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar; taqsimot fazasi samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar; almashuv fazasi samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar; iste’mol fazasi samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar;
Bu ko’rsatkichlarni regionlar bo’yicha hisoblash statistik tahlilni yanada chuqurroq bo’lishi imkonini beradi.