• Ko’rsatkichlar tizimi Izoh
  • Toshkent moliya instituti statistika




    Download 1,13 Mb.
    bet175/206
    Sana04.01.2024
    Hajmi1,13 Mb.
    #129927
    1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   206
    Bog'liq
    4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1

    Integral ko’rsatkich - makroiqtisodiyot samaradorligini yaxlit ifodalaydi. Bu region miqyosidagi ko’rsatkich bo’lib, ayrim hududlarni samaradorlik darajasi rejasi bo’yicha ranjirlashga, ularning reytinglarni aniqlashga imkon beradi.
    Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar makroiqtisodiy samaradorlikni mavjud resurslar va yalpi sarflangan xarajatlar nuqtai nazardan ifodalaydi.
    Xususiy ko’rsatkichlar makroiqtisodiy samaradorlik darajasiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini beradi.

    15.1 jadval Makroiqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari tizimiga qo’yiladigan talablar




    Ko’rsatkichlar tizimi

    Izoh

    1.

    Ko’p bo’g’inli va serqirrali bo’lishi zarur

    * shundagina u tizim iqtisodiyotning quyi bosqichidan yuqori bosqichigacha bo’lgan voqelikni aks ettira olishi mumkin.

    2.

    Tarmoq va sektorlar samaradorligini aks ettirishi lozim

    * ayrim tarmoq doirasidagi «og’riq» joylarni aniqlashga, muhim va muhim bo’lmagan omillarni tanlab olishga, marmoq siyosatini qay tarzda olib borish lozimligini belgilab olishga imkon beradi.

    3.

    Tarmoqlararo va sektorlararo samaradorlik darajasini ifodalashi kerak.

    * o’zaro bir-biri bilan integratsiyada bo’lgan tarmoqlar munosabatlarini, ularning samaradorligini aniqlashga yordam beradi.

    4.

    Ma’muriy boshqaruv samaradorligini aks ettirishi kerak.

    *bu ko’rsatkichlar vazirlik, qo’mita, birlashma, trest, kompaniya va h.k.lar tasarrufidagi rezidentlar faoliyatining samaradorligini tahlil qilish imkonini beradi.

    5.

    Funktsional samaradorlikni ifodalishi lozim

    *bu ko’rsatkichlar moliyaviy, mehnat resurslaridan, iste’mol va chet el aloqalari sohalaridagi samaradorlikni o’rganishga imkon beradi.

    6.

    Takror ishlab chiqarishning barcha bo’g’inlaridagi samaradorlikni ifodalishi lozim

    *Ayonki, makroiqtisodiy samaraning nechog’lik samarali ekanligi uning ishlab chiarish fazasidan keyingi fazalardagi naf bilan belgilanadi.
    Aytaylik, taqsimot fazasida u yoki bu yo’nalish uchun samaraning zarur yoki zarurmasligi aniqlansa, pirovard foydalanish fazasida esa uning iste’molning naqadar samarali qondirilganligi ayon bo’ladi.

    7.

    Sotsial jarayonni aks ettirishi zarur

    * bu ko’rsatkichlar makroiqtisodiyot darajasida aholining turmush darajasini, ijtimoiy himoya siyosati qanday olib borilayotganini ifodalaydi.

    8.

    Hududlar samaradorligini ifodalashi zarur

    * bu ko’rsatkichlar ayrim xududlar, region (viloyat, tuman) larda samaradorlik darajasi va ularni qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.

    Shu tariqa tuzilgan ko’rastkichlar tizimini qo’yidagi «piramida»simon ko’rinishida tasvirlash mumkin. (15.1-sxema)
    bu erda: IK - integral ko’rsatkich; UK - umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar: Rs - resurslar samaradorligi, Xs - xarajatlar samaradorligi; IMU - ijtimoiy mehnat unumdorligi; AS - aktivlar samaradorligi; MXS - moddiy xarajatlar samaradorligi; XS - xususiy ko’rsatkichlar.
    Makroiqtisodiy samaradolik ko’rsatkichlarini integral va umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga bo’lishidan maqsad, bir tomondan samaradorlikni yaxlit ifodalash bo’lsa, ikkinchi tomondan yaxlitlik «soyasi»da mavjud tafovutlarni ilg’ay olmaslik xavfini bartaraf etish va mavjud resurslardan foydalanish darajasini aniqlashdir.
    Makroiqtisodiy samaradorlikni hisoblash uchun, eng avvalo, qo’yidagi absolyut - birlamchi ma’lumotlar bo’lishi zarur. Ularni uch guruhga bo’lish mumkin. (15.2- jadval)

    Download 1,13 Mb.
    1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   206




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti statistika

    Download 1,13 Mb.