|
Toshkent moliya instituti statistika
|
bet | 172/206 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #129927 |
Bog'liq 4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1 14.3-jadval
Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi
-
№
|
Daromadlar
|
so’m
|
№
|
Xarajatlar
|
so’ m
|
1.
|
Ish xaqi.
|
|
1.
|
Tovarlar va xizmatlarni sotib olish, sh.j.
turli shoxobchalardan sotib olingan tovarlar
xizmatlarni to’lash va boshqa xarajatlar, sh.j.
uy-joy va maishiy xizmatlar to’lovi.
kommunal xizmatlar uchun to’lovlar.
maorif xizmatlari uchun to’lovlar.
dam olish, sanatoriya yo’llanmalari uchun to’lovlar.
medetsina va turizm uchun to’lovlar.
kino, teatr, turli tamoshalar uchun to’lovlar
transport to’lovlari
aloqa uchun to’lovlar
boshqa xarajatlar
Majburiy va ko’ngilli to’lovlar, sh.j.
soliq va yig’imlar
sug’urta uchun to’lovlar
g) qarzlarni to’lash
lotoreya biletlarini sotib olish
tovar krediti uchun foiz to’lovlari
j) pensiya fondi uchun to’lovlar
Omonatga qo’yilgan va qimmatli qog’ozlarga qilingan sarflarning o’simi, sh.j.
xalq bankiga qo’yilgan omonatlar o’simi
ichki zayomlarni sotib olish
v) sertifikatlarni sotib olish
g) bank bilan hisob-kitob qilish maqsadida plastik kartochkalarni sotib olish
d) korxonalar aktsiyalarini sotib olish Uy-joy sotib olish
Chet el valyutalarini sotib olish. O’tkazmalar bo’yicha yuborilgan pullar Ja’mi xarajatlar va omonatlar Daromadlarning xarajatlardan oshgan qismi BALANS
|
|
2.
|
Dividendlar.
|
|
3.
|
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini
|
|
|
sotishdan olingan daromad.
|
|
|
Pensiya va nafaqalar.
|
|
4.
|
Stipendiya
|
|
5.
|
Moliya tashkilotlaridan tushumlar.
|
|
6.
|
a) sug’urta to’lovlari
|
|
|
b) shaxsiy qurilish va boshqa
|
|
|
maqsadlar uchun olingan qarzlar.
|
|
|
v) omonatdan tushumlar
|
|
|
g) zayyom yutug’lari
|
|
|
d) lotoreya yutuqlari
|
|
|
e) nogironlarga ajra-tilgan yordam
|
|
|
(yonilg’i, avtomashnani tamirlash
|
|
|
uchun) pullar
|
|
|
Chet el valyutasini sotishdan
|
|
|
tushgan daromad
|
|
|
Boshqa tushumlar:
|
|
|
a) shaxsiy buyumlarini sotishdan
|
|
|
tushgan mablag’lar.
|
2.
|
7.
|
b) boshqa daromadlar
|
|
|
Uzatmalar evaziga tushgan
|
|
|
tushumlar (+,-)
|
|
|
Ja’mi pul daromadlari
|
|
8.
|
Xarajatlarning daromaddan oshgan
|
|
|
qismi
|
|
|
BALANS
|
|
|
|
3.
|
9.
|
|
|
|
|
4.
|
|
|
5.
|
|
|
6.
| Aholining moddiy, ma’naviy darajasini va sotsial sharoitini tavsiflovchi ko’rsatkichlar
Inson tirik ekan uning ehtiyoji ham bo’ladi. Ehtiyojlar xilma-xildir. Shu nuqtai nazardan ular quyidagi turlarga bo’linadi: moddiy ehtiyojlar; ma’rifiy va ma’naviy ehtiyojlar; sotsial ehtiyojlar.
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan. Ular eng zarur va hayotiy ehtiyojlar bo’lib: oziq-ovqat; kiyim-kechak; turar-joy; transport; aloqa; gigiena; elektroenergiya; gaz; barcha maishiy xizmatlar kabi ehtiyojlardan iborat bo’ladi.
Aholi jon boshiga necha kg go’sht, non, un, guruch, shakar, meva, sabzavot, poliz mahsuloti, sariyog’, o’simlik moyi, necha litr sut, spirtli yoki spirtsiz ichimlik iste’mol etilishi, har kishiga necha juft poyafzal, necha metr gazlama, bitta oilaga o’rtacha nechta avtomashina, televizor, magnitafon, muzlatgich, gilam, videapparatura kabilarning to’g’ri kelishini ifodalovchi ko’rsatkichlar aholining moddiy ehtiyojlarini qondirish darajasini ifodalovchi miqdoriy ko’rsatkichlardir.
Jon boshiga hisoblangan mahsulot turi quyidagicha aniqlanadi:
bu erda,
jon boshiga hisoblangan i mahsulot
- bir yil davomida iste’mol qilingan i mahsulot, jami.
aholining yoki ayrim olingan ijtimoiy guruhlarning o’rtacha soni.
Iste’molga shunday qonuniyat xoski, dastlab unda miqdoriy, so’ngra esa sifat o’zgarishlari yuz beradi. Avval, umuman, tovarlar va xizmatlar iste’moli o’sgani holda, so’ngra ularning sifatlisini tanlab iste’mol etilishiga kirishiladi. Bu bozorning to’yinishiga bog’liq. Ishlab chiqarish qanchalik rivojlangan bo’lsa, shunchalik sifatli iste’mol katta o’rin oladi.
Oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabning qondirilish darajasi quyidagicha aniqlanadi:
bu erda,
Ktq - i mahsulotga bo’lgan talabning qondirilish darajasi.
jon boshiga haqiqiy iste’mol qilingan i mahsulot.
jon boshiga norma bo’yicha ist’mol qilinishi lozim bo’lgan i mahsulot.
Agar, bo’lsa, u holda aholining mazkur turdagi mahsulotga bo’lgan talabi to’liq qondirilgan, bo’lsa - oshirilib qondirilgan, bo’lsa - u holda bu talab etarli darajada qondirilmagan bo’ladi.
Ma’rifiy-ma’naviy ehtiyojlar moddiy ehtiyojlar kabi insonning yuksalishi va
jamiyatning rivojlanishi uchun tabiiy zaruriyatdir. Bu ehtiyojlar tarkiban bilim olish, madaniy saviyani oshirish, malaka-mahoratga ega bo’lishi kabilardan iborat. Ular quyidagi ko’rsatkichlarda o’zining mutlaq aksini topdi: maktabgacha ta’lim
muassasalaridagi bolalar soni; umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qiyotganlar soni; o’rta-muxsus, kasb-hunar ta’limi bilim yurtlarida o’qiyotganlar soni; oliy ta’lim yurtlarida o’qiyotganlar soni; oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim muassasalarida o’qiyotganlar soni; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash yurtlarida o’qiyotganlar soni; maktabdan tashqari sharoitda bilim olayotganlar soni.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va etuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi.
Boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan sovodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, ya’ni akademik litseylar bo’yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta’limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo’ladigan o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi beradi.
Oliy ta’lim, ya’ni universitetlar, akademiyalar, institutlar va oliy maktabning boshqa ta’lim muassasalari, yuqori malakali oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi.
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim (aspirantura, ad’yunktura, doktorantura) jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorash kasb bilimlari va ko’nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi.
Bu ko’rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi (har 1000 kishi aholiga to’g’ri kelgan): o’rta-maxsus, kasb-hunar o’quv yurtini bitirganlar va band bo’lganlar soni (Ko’m); oliy ma’lumotlilar soni (Ko); fan nomzodlari soni (Kfn); fan doktorlari soni (Kfd); fanlar akademiyasining muxbir a’zolari soni (Kma); akademiklar soni (Ka); aspirantlar soni (Kasp); doktorantlar soni (Kd); ommalashgan kutubxonalardagi kitoblar son (Kks); kitob, jurnal va gazetalarning yillik tirajlar soni (Kkjg); kinoseanslar va teatrlarga qatnovchilar soni (Kkt); radio eshittirish va teleko’rsatular ko’lami (sutkasiga soatda) va boshq.
Bu ko’rsatkichlarni regionlar va taraqqiy etgan mamlakatlar, shuningdek, jahon standartlari bilan taqqoslash, mazkur mamlakat aholisining ma’rifiy va ma’naviy darajasini qiyosiy tahlil qilish imkonini beradi.
Aholining sotsial sharoitini umumlashtirib ifodalovchi ko’rsatkichlar jumlasiga quyidagilar kiradi: ishsizlik koeffitsenti; ish haftasi va ish kunining o’rtacha uzunligi; mehnat ta’tillari muddati; mehnat sharoiti; har 10000 kishiga to’g’ri kelgan: kasalxonalardagi o’rinlar soni, vrachlar soni, sanatoriya va dam olish uylaridagi o’rinlar soni; aholining o’rtacha yashash umri; bir yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi (har 1000 aholiga); onalar o’limi (har 100 000 onaga nisbatan); sotsial himoya darajasi va h.k.
Bu ko’rsatkichlar aholi barcha tabaqalarining sotsial sharoitini yaxshilash maqsadida qator tadbirlar tizimining amalga oshirilishini, mehnat resurslaridan qay darajada foydalanish, mehnat sharoitining yaxshilanish jarayonini, qishloq bilan shahar aholisi turmush darajasining yaqinlashishi kabi tadbirlarning amalga oshirilishini bevosita ifoda qiluvchi ko’rsatkichlardir.
Asosiy tayanch iboralar
Turmush tarzi
Turmush darajasi
Aholi turmush darajasi indeksi
Nominal daromad
Real daromad
Transfert
Real daromad indeksi
Funktsional daromadlar
Ishsizlik darajasi
Indeksatsiya
Lorents egri chizig’i
Djini koeffitsienti
Kambag’allik indeksi
Turmush qiymati indeksi
Insonning barkamollashuvi indeksi
Yashash minimumi
Mahsulotga bo’lgan talabning qondirilish darajasi
|
| |