Intensiv usulga o’tish uchun mehnat unumdorligini oshirishga va sifatli mahsulot yaratishga qodir bo’lgan yuksak texnologiya ham malakali ish kuchi talab qilinadi. Bu usul tabiatan tejamkorlik usuli bo’lib: fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga keng qo’llashni; ishlovchilarning bilim saviyasi va mehnat
malakasini oshirib borishni; menejmentning samarali usullarini ishlatishni talab qiladi.
Muayyan iqtisodiy o’sish
sharoitida ham ekstensiv,
ham intensiv usul birgalikda, bir vaqtning o’zida harakatda bo’ladi. Ammo ulardan qaysi birining makroiqtisodiy samaradorlikni oshirishda ahamiyati kuchli bo’lsa, shunga qarab ekstensiv yoki intensiv usul ustun deb aytish mumkin.
Makroiqtisodiy samaradorlik darajasiga ta’sir qiluvchi omillarni quyidagicha tartiblash mumkin. (15.8-jadval).