• Milliy hisoblar tizimida tashqi iqtisodiy aloqalar statistikasi
  • 17.1-sxema
  • Toshkent moliya instituti statistika




    Download 1,13 Mb.
    bet202/206
    Sana04.01.2024
    Hajmi1,13 Mb.
    #129927
    1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   206
    Bog'liq
    4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1

    17.2-jadval


    Tashqi savdo oboroti elastikligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar





    Ko’rsatkichlar

    Hisoblash tartibi

    Izoh

    1.

    Eksport elastikligi(EE)

    Э Э : ЯИМ
    Э Э ЯИМ

    E - eksport o’simi E - eksport hajmi
    YaIM - yalpi ichki mahsulot o’simi

    2.

    Eksportning ilgarilash koeffitsienti (KE)

    К Э JЭ : JЯИМ

    JE - eksport indeksi Jyaim - YaIM indeksi

    3.

    Import elastikligi(EI)

    Э И : ЯИМ
    И И ЯИМ

    I - import o’simi I - import hajmi

    4.

    Importning ilgarilash koeffitsienti (KI)

    К И JИ : JЯИМ

    JI - import indeksi

    5.

    Koordinatsiya indeksi (JK)

    JК JЭ : JИ
    К НМ Э : И

    KNM - koordinatsiya nisbiy miqdori



    EE>1 va JE >JYaIM bo’lishi mazkur mamlakatda tovarlar eksportining ularni ishlab chiqarishga nisbatan tezroq o’sganligidan dalolat beradi. Bu albatta ijobiy hol.
    EI>1 va JI>JYaIM bo’lishini esa har doim ham ma’qul deb bo’lmaydi. Chunki mamlakat o’z ehtiyojini qondirish uchun o’zida ishlab chiqarishdan ko’ra tovarlarni chetdan olib kelishiga harakat qilgan bo’ladi.
    Mamlakat tashqi savdo oboroti balansining ijobiy bo’lishi uchun:

      • E>I

      • JK=JE>JI ya’ni JK>1

    bo’lishi kerak. Mamlakatning jahon bozoridagi ishtiroki va uning samaradorligini eksport va importning nisbati, ularning tarkibi belgilaydi.
    Iqtisodi rivojlangan mamlakatlarning eksporti ko’p va u asosan tayyor sanoat mahsulotlaridan iborat. Kam rivojlangan mamlakatlarda eksportning o’zi oz, agar katta bo’lsa ham baribir xom ashyodan iborat bo’ladi. Ular importida tayyor mahsulot, hatto oziq-ovqatning hissasi katta bo’ladi. Iqtisodyoti kuchli rivojlangan davlatlar importida xom ashyo, yoqilg’i va butlovchi qismlar katta salmoqqa ega bo’ladi.
        1. Milliy hisoblar tizimida tashqi iqtisodiy aloqalar statistikasi


    Milliy hisoblar tizimida rezident va norezident institutsion birliklar o’rtasidagi iqtisodiy operatsiyalar «tashqi dunyo» sektori schyotlarida qayd etiladi. Rezidentlar o’rtasidagi joriy operatsiyalar «tovarlar va xizmatlar», «birlamchi daromadlar va joriy transfertlar» schyotlarida qayd etiladi (sxemalarga qarang).




    17.1-sxema


    Tashqi dunyo tovarlar va xizmatlar schyoti (mlrd. AQSh $)

    Foydalanish turlari

    Resurslar

    1. Tovarlar va xizmatlar eksporti, sh.j.

      • tovarlar

      • xizmatlar

    2. Saldo: tashqi savdo balansi

    1124

    1. Tovar va xizmatlar importi

    1093

    -31








    Balans

    1093

    Balans

    1093

    Xorijiy daromadlar uchun resurs bo’lib ularning manfaati uchun mazkur mamlakat tovarlari va xizmatlari eksportidan foydalanish xizmat qiladi va aksincha, mazkur mamlakat manfaati xorijiy davlatlar resurslaridan foydalanish esa bu davlatlar uchun foydalanish turlari hisoblanadi. Bu ikki tomon saldosi ijobiy qiymatga ega bo’lsa, xorijiy davlatlar uchun u faol (aktiv) saldo, mazkur mamlakatlar uchun esa – taqchillikni anglatadi va aksincha bo’lsa, teskari talqinga ega bo’ladi.


    Tashqi dunyo tovarlar va xizmatlar schyotida resurslar sifatida – tovar va xizmatlar importi, foydalanish turi sifatida esa – ularning eksporti qaraladi. Bu schyot saldosi ijobiy qiymat bilan ifodalansa, xorijiy davlatlar tashqi savdoda aktiv balansga ega bo’ladi, mazkur mamlakat uchun esa tashqi savdo taqchillik bilan yakunlanganligini anglatadi.
    Tovarlar eksport «Fob» bahoda hisobga olinadi, ya’ni tovar qiymatiga eksport qilinuvchi mamlakat chegarasigacha olib borish xarajati ham qo’shiladi. Bunda sotuvchi o’z hisobidan xaridor ijaraga olgan kema bortiga mahsulotni etkazib berishi lozim. Kemani xaridor yollaydi, sotuvchi tovar uchun kemaga yuklash davrigacha javobgar bo’lib, sotish narxi (FOB)ga tovar narxi (TN), tashib keltirish xarajatlari (TKX) ishlab chiqarish xarajati unsuri sifatida qo’shiladi:
    FOB=TN+TKX
    Yukni kemaga joylashtirish sotuvchi majburiyatiga kirmaydi va qabul qilingan me’yorlarga ko’ra kema egasi hisobiga bajariladi hamda xaridor tomonidan ijara haqiga kiritiladi.
    Ayrim hollarda bojxona hujjatlarida tovarlar importi bo’yicha ularning SIF bahosi qayd qilingan bo’ladi. Bu baho tarkibiga FOB narxidan tashqari sug’urta qiymati (SQ) ham kiradi:
    SIF=FOB+SQ
    Bunda sotuvchi kemani ijaraga olishi, ijara haqini to’lashi, mahsulotni jo’natuvchi portga etkazishi, belgilangan muddatda uni o’z hisobidan kema bortiga yuklashi va xaridorga konosament (ya’ni, yukni tashishga qabul qilinganligi va tashuvchining oluvchiga etkazish majburiyatini tasdiqlovchi hujjat)ni topshirishi lozim.
    Sotuvchi majburiyatiga, shuningdek, transportda yuz beriladigan xavf-xatarlardan yukni sug’urta qilish ham kiradi. Shuning uchun ham sotuvchi xaridorga xaridor nomiga sug’urta polisini topshirishi lozim.
    Xizmatlar tarkibiga quyidagilar kiradi:

      • barcha turdagi tarnsport xizmatlari;

      • shaxsiy va amaliy safarlar;

      • pochta, telekommunikatsiya va boshqa ovoz etkazish xizmatlari;

      • sug’urta va moliyaviy xizmatlar;

      • kompyuter va axborot yig’ish, berish xizmatlari;

      • mualliflik huquqi, patent, loyiha, yuridik maslahatlar berish, kon’yukturani o’rganish, boshqarish va buxgalteriya maslahatlarini berish kabilar.

    Eksport va import tarkibida tarnsport xizmatlari eng yuqori salmoqni tashkil
    qiladi.
    Eksport va importni baholash tovar va xizmatlar bo’yicha tashqi balans
    ko’rsatkichini hisoblash yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun eksport bilan import taqqoslanadi.
    Agar tovar va xizmatlar importi ularning eksportidan ko’p bo’lsa, u holda balans mazkur mamlakat uchun noxush bo’lib, minus «-» bilan xarakterlanadi.
    Agar tovar va xizmatlar importi ularning eksportidan kam bo’lsa, u holda balans mazkur mamlakat uchun qulay, maqbul bo’lib, plyus «+» bilan xarakterlanadi. Birlamchi daromadlar va joriy transfertlarning tashqi dunyo mamlakatlari bilan munosabat jarayonida shakllanadigan birlamchi daromadlar va joriy transfertlar,
    ularning taqsimoti aks ettiriladi. U quyidagi shaklga ega.

    Download 1,13 Mb.
    1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   206




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent moliya instituti statistika

    Download 1,13 Mb.