• 17.1-jadval
  • Tashqi iqtisodiy aloqalarni tavsiflovchi ko’rsatkichlar




    Download 1,13 Mb.
    bet200/206
    Sana04.01.2024
    Hajmi1,13 Mb.
    #129927
    1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   206
    Bog'liq
    4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1

    Tashqi iqtisodiy aloqalarni tavsiflovchi ko’rsatkichlar


    Tashqi iqtisodiy aloqalarni tahlil qilishda makroiqtisodiy statistika quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblaydi.



      • xalqaro savdo-sotiqni tavsiflovchi ko’rsatkichlar;

      • xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasini tavsiflochi ko’rsatkichlar;

      • xalqaro kapital migratsiyasini ifodalovchi ko’rsatkichlar;

      • xalqaro ishchi kuchi migratsiyasini tavsiflovchi ko’rsatkichlar;

      • o’zaro to’lovlar va hisob valyutalari operatsiyalarini ifodalovchi ko’rsatkichlar.

    Ґar bir guruh ko’rsatkichlari mutlaq va nisbiy miqdorlarda hisoblaniladi. Bunda qiyosiy yondashish va uning shartlariga qat’iy rioya qilish o’ta zarurdir.
    Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda savdo-sotiq etakchi o’rin tutadi va bu jahon bozorida quyidagi ko’rsatkichlarda o’z ifodasini topadi (17.1-jadval).

    17.1-jadval


    Tashqi savdo-sotiqni tavsiflovchi ko’rsatkichlar



    T/r

    Ko’rsatkichlar

    Hisoblash tartibi

    I z o h

    1

    2

    3

    4

    1.

    Regionning eksport kvotasi (KE)

    К Э 100
    Э ЯИМ
    JЭ К Э : К Э
    1 0

    E - eksport hajmi
    YaIM - yalpi ichki mahsulot JE – eksport indeksi
    KEo va KE1 – bazis va joriy davrlarda eksport kvota darajalari

    1a.

    Regionning real eksport kvotasi (KRE)

    К Э 100
    РЭ СМ
    JРЭ К РЭ : К РЭ
    1 0

    SM – regionning sof mahsuloti
    JRE - real eksport indeksi
    KREo va KRE1- bazis va joriy davrlarda import darajalari

    2.

    Regionning import kvotasi (KI)



    К И 100
    И ЯИМ
    JИ К И : К И
    1 0

    E - eksport hajmi
    YaIM - yalpi ichki mahsulot JE – eksport indeksi
    KEO va KE1- bazis va joriy davrlarda import darajalari

    2a.

    Importning mamlakat iste’molidagi salmog’i (KDI)



    К И i 100
    ИС
    i

    Ii – i mahsulot importi
    ИСi - mazkur i
    mahsulotning
    mamlakatdagi jami istemoli

    3.

    Regionning tashqi savdo

    К 0,5( Э И ) 100
    ТС ЯИМ

    Bu ko’rsatkich E va I hajmining yarmisining YaIM




    kvotasi (KTS)




    da bo’lgan nisbatini
    ifodalaydi

    4.

    Xalqaro raqobatbardoshlik koeffitsienti (KRB)

    К Э И
    РБ ТСО
    JРБ К РБ : К РБ
    1 0

    TSO – tashqi savdo oboroti JRB – xalqaro raqobat-
    bardoshlik indeksi KRB0 va KRB1- bazis va joriy
    davrlardagi raqobatbardoshlik darajalari

    5.

    Import koeffitsienti (KI)

    К И i
    И ИЧ Э
    i i
    JИ К И : К И
    1 0

    Ii – mazkur i mahsulot importi
    Ei - mazkur i mahsulot eksporti
    IChi - mazkur i mahsulotni ishlab chiqarish
    JIimport indeksi
    KI0 va KI1- bazis va joriy davrlarda import darajalari

    6.

    Jon boshiga to’g’ri kelgan savdo oboroti
    (KA)

    К ТСО
    А А

    А - aholining o’rtacha soni

    7.

    Regionning xalqaro savdo-sotiqdagi salmog’i (KTSO)

    К РТСО 100
    ТСО Ж
    ТСО
    J К ТСО : К ТСО
    1 0

    RTSO – regionning tashqi savdo oboroti
    JTSO – jahonning tashqi savdo oborotiJdP – regionning tashqi savdo oborotdagi salmog’ining indeksi

    Bu ko’rsatkichlar yordamida tashqi savdo dinamikasi, eksport va import tovarlariga bo’lgan bahoning o’zgarishi, tovarlar tarkibidagi siljishlar, tovaroborotning hududiy taqsimoti, tashqi savdo tashkilotlari faoliyatining samaradorligi, ularning xalqaro mehnat taqsimotidagi o’rni, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotida xalqaro savdo-sotiqning ahamiyati kabi muhim jihatlar o’rganiladi.


    Eksport (ing. export, lot. exportare - chetga chiqarish) deganda tovarlar, xizmatlar va kapitalni tashqi bozorga chiqarish tushuniladi. Ya’ni:

      • tovar eksporti - moddiy ne’matlarni chetga chiqarish;

      • xizmatlar eksporti – bu xorijdagi sheriklarga ishlab chiqarish yoki iste’molga oid to’lovli xizmat ko’rsatish;

      • kapital eksporti – bu mamlakat tashqarisida kapital qo’yish (korxona va ob’ektlar qurish va ishga tushirish) va boshqalar.

    Eksport kvota deganda muayyan tovar (xizmat, kapital)ni eksportga belgilangan hajm (hissa)da ishlab chiqarish va etkazib berish tushuniladi. Bu kvota



    • Kvota - bu umumiy ishlab chiqarish, sotish, import, eksport va boshqa ijtimoiy faoliyat sohalarida kelishuv asosida har bir ishtirokchi uchun joriy qilinadigan hissa. U xalqaro bitimlarga binoan amalga oshiriladi.

    (KE) eng avvalo eksportning (E) yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbati bilan belgilanadi. Ushbu koeffitsient (KE) qancha yuqori bo’lsa, shu qadar davlat xalqaro iqtisodiy munosabatlarga yuqori darajada jalb etilgan bo’ladi.
    Masalan, AQShning eksport kvotasi 10-15 foizga, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Angliyaniki 25-30, Yaponiyaniki 18 foizga yaqin, Belgiya, Vengriya, Singapurniki 11-13 foizga teng. O’zbekistoning YaIMda eksportning ulushi keyingi yillarda 10-12 foiz atrofida, sobiq ittifoqda u 10 foizga teng edi.
    Biroq bu ko’rsatkich xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sifat tuzilishini to’liq aks ettirmaydi. Shu sababli uni ifodalovchi yana bir ko’rsatkichdan foydalaniladi. Bu real eksport kvotasi (KRE) bo’lib, eksportning mamlakat sof mahsulotiga nisbati bilan o’lchanadi.
    Rivojlangan mamlakatlar uchun u taxminan 40-50 foiziga teng. Bu esa ishlab chiqarilgan barcha mahsulotning yarmi tashqi bozorga olib chiqib ketilishini anglatadi.
    Import (lot. importo – olib kelish) – deganda ichki bozorda sotish uchun mamlakatga xorijiy tovarlar, texnologiya, kapital kiritish va xizmatlar keltirish tushuniladi. Import miqdori va tarkibi mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o’rniga bog’liq.

    Download 1,13 Mb.
    1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   206




    Download 1,13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tashqi iqtisodiy aloqalarni tavsiflovchi ko’rsatkichlar

    Download 1,13 Mb.