|
Toshkent moliya instituti statistika
|
bet | 201/206 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #129927 |
Bog'liq 4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1Import kvota - bu har yili mamlakatga keltirishga ruxsat berilgan xorijiy mahsulot hajmini miqdor jihatdan cheklab qo’yishdir. Davlat mamlakatga mahsulot keltirishga ijozat beruvchi litsenziyani cheklangan miqdorda beradi va litsenziyasiz importni taqiqlaydi.
Litsenziyali import hajmi ichki bozordagi talabdan kam bo’lsa, kvota faqat import hajmini kamaytirib qolmaydi, shu bilan birga ichki bozordagi narxlarning litsenziya egalari xorijda tovar sotib olgan jahon bozoridagi narxlardan oshib ketishiga olib boradi. Shu jihatdan qaraganda import kvotalari tarif cheklashlariga o’xshashdir.
Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash:
to’lov balanslarini muvofiqlashtirish;
ichki bozorda talab va taklifni balanslashtirish;
xalqaro muzokaralarda o’zaro kelishuvga erishish uchun qo’llaniladi.
O’zbekistonda kvotalash xalq ite’mol mollarini va strategik xom ashyoning muhim turlarini olib chiqishni chegaralash usuli sifatida qo’llanilmoqda.
Import kvota mahsulotlarning ta’rif stavkasini oshirishga qaraganda jozibaliroqdir, chunki ta’rif stavkani ko’tarish faqat xalqaro savdo bitimlarini tuzish yo’li bilan amalga oshiriladi. Davlatning o’zi buni bajarish uchun har doim vakoltga ega emas. Kvota malakat ichki bozoridagi muayyan tarmoq mahsulotiga bo’lgan raqobatni susaytiradi.
Kvotalash faqat mahsulot oqimlarini emas, balki ishchi kuchi oqimlarini ham tartibga solishda qo’llaniladi. Ko’pgina rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi importiga kvotalar o’rnatadi. Bu jarayonni baholash import kvotaning darajasi (KI) va indeksini (Ji) hisoblash yordamida amalga oshiriladi.
Tashqi savdo oboroti (TSO) eksport (E) va import (I) yig’indisidan tashkil topadi:
ТСО Э И
Uning hajmi oldi-sotdi bo’ladigan tovarlar va xizmatlarning umumiy miqdori va ularning narxiga bog’liq. Oborot ikki usulda hisoblanadi: 1) absolyut miqdorda, masalan, shuncha milliard dollarga teng deb olinadi; 2) nisbiy miqdorda, ya’ni u yaratilgan va ishlatiladigan mahsulotlarning shuncha foizini tashkil qiladi deb qaraladi. Mamlakat jahon bozorida qanchalik faol qatnashsa, uning tashqi savdo oboroti shunchalik katta bo’ladi.
ТСО Э И
Eksport bilan import o’rtasidagi tafovut savdo qoldig’ini ( ТСО ) beradi:
Agar eksport importdan ko’p bo’lsa, u holda tashqi savdo qoldig’i musbat, aksincha, ya’ni eksport importdan kam bo’lsa, u holda savdo qoldig’i manfiy bo’ladi. Keyingi holat tashqi balansining defitsitli, ya’ni taqchilli balans ekanligidan dalolat beradi.
Eksportning oshishi sotuvchi mamlakat YaIMning ko’payishiga, importning ko’payishi esa YaIMning kamayishiga olib keladi. Umuman tovarlar eksporti ularni ishlab chiqarishga nisbatan, tovarlar importi esa ularni iste’mol etishga nisbatan tezroq o’sib borishi lozim. Iqtisodiyotda ana shunday qoida bor.
Eksport va import o’rtasidagi nisbatlarni turli yondashuvlarda statistik tahlil qilish maqsadida quyidagi ko’rsatkichlar hisoblanadi (17.2-jadval).
|
| |