17.2-sxema
Tashqi dunyo birlamchi daromadlar va joriy transfertlar schyoti (mlrd AQSh $)
-
Foydalanish turlari
|
Resurslar
|
To’lanadigan:
g’llanma mehnat haqi
Ishlab chiqarish va import uchun sof soliqlar
Mulkdan daromad (to’langani)
Joriy daromad, mulk va boshqa soliqlar
Boshqa joriy transfertlar
Saldo: joriy to’lov balansi
|
|
Tashqi savdo balansi
Olinadigan:
g’llanma xodimlar ish haqi
Ishlab chiqarish va import uchun sof soliqlar
Mulkdan daromad
Joriy daromad, mulk va boshqa soliqlar
Boshqa joriy transfertlar
|
-31
|
10
|
|
|
20
|
-
|
|
|
5
|
191
|
207
|
1
|
-
|
|
85
|
85
|
|
-1
|
|
Balans
|
286
|
Balans
|
286
|
Bu schyotning ikki tomonida tegishli tartibda xorijiy davlatlar oladigan va to’laydigan yollanma xodimlarga ish haqi, ishlab chiqarish va import uchun sof soliqlar, mulk uchun daromadlar, joriy daromad, mulk va boshqa boyliklar uchun joriy soliqlar, ijtimoiy sug’urta badallari, ijtimoiy nafaqalar va boshqa transfertlar hisobga olinadi. Bu schyotni balanslashtiruvchi saldo moddasi joriy to’lov balansidir. U tizim tuzilishida instutsional sektorlar bo’yicha jamg’armaga teng rol o’ynaydi.
Birlamchi daromadlar va joriy transfertlar tashqi schyotning har ikkala qismdagi «Mehnat haqi» qo’yidagi unsurlarni o’z ichiga oladi:
mazkur davlat va tashqi davlatlar elchixonalarida band bo’lgan xodimlarning asosiy ish haqi va natura hamda pul shaklida berilgan qo’shimcha haqlar;
chet davlatlarga gastrolga borgan san’atkorlarning ish haqi;
1 yilgacha shartnoma asosida chet davlatlarda ishlayotgan shaxslar ish haqi va boshqa.
Bundan tashqari uning tarkibiga ish kuchini yollovchilarning aholini sotsial himoya qilish fondiga ajratgan badallari, shuningdek, sug’urta va pensiya fondiga shartli ravishda hisoblangan badallar ham kiradi.
Mulkdan olgan va tashqi dunyoga berilgan (tashqi dunyodan olingan) daromadlarga quyidagilar kiradi:
mazkur davlat hukumatining boshqa davlatga bergan krediti evaziga oladigan foizi;
aktsioner kapitaliga ishtirok etganligi uchun tashqi iqtiosdiy bankning chet el banklariga, tashqi iqtisodiy birlashmalarning chet el firmalariga to’langan
dividendlar, eksport (import) evaziga to’langan foizlar va boshqa daromadlar;
er rentasi;
qazilma boyliklarni ishlanmasi uchun to’lovlar;
mualliflik huquqidan foydalangaligi uchun to’lovlar;
patent va boshqa nomoddiy aktivlardan foydalanganligi uchun to’lovlar;
investitsiya qilinmagan chet el kompaniyalari daromadlari.
Mulkdan olingan daromad tarkibiga yuqorida qayd qilinganlardan tashqari yana to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyasi hisobiga tashkil etilgan korxona va bo’limlar foydasi, sug’urta polislari egalariga beriladigan daromadlar, shuningdek, uy xo’jaligining norezidentlar sotsial fondi ishtiroki salmog’idagi sof o’zgarishlar ham kiradi.
Joriy daromad soliqlari tarkibiga quyidagilar hisobga olinadi:
elchixona xodimlarining mahalliy soliq organlariga to’laydigan soliqlari;
xalqaro amaliy operatsiyalar, masalan, chet el valyutasini sotish va sotib olish, sayohat va boshqalar uchun to’lovlar.
Sotsial sug’urta uchun to’lovlar va nafaqa quyidagilarni o’z ichiga oladi:
davlat boshqaruv organlari tomonidan sotsial himoya va sotsial ta’minot dasturi uchun ajratgan badallari;
xususiy korporatsiyalarning nafaqa va pensiya shaklidagi badallari.
Har xil joriy transfertlar mazkur mamlakatning boshqa tashqi dunyo mamlakatlari bilan bo’lgan turli iqtisodiy munosabatlarini ifodalaydi.
«Joriy balans» mazkur mamlakatning boshqa tashqi dunyo mamlakatlari bilan qilgan tashqi iqtisodiy aloqalarini umumashtirib xarakterlaydi. Unga asoslanib turib mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga baho beriladi.
Joriy balans (JB) qo’yidagicha aniqlanadi:
|