|
Toshkent moliya instituti statistika
|
bet | 75/206 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 1,13 Mb. | | #129927 |
Bog'liq 4-Statistika-2004-darslik-X.Shodiev-1 9.2-jadval
-
Y bo’yicha guruh-
X lar bo’yicha guruhlar
|
1536
(1440-
1632)
|
1728
(1632-
1824)
|
1920
(1824-
2016)
|
2112
(2016-
2208)
|
2304
(2208-
2400)
|
fx
|
yi
|
16
|
2
|
1
|
|
|
|
3
|
1600
|
18
|
1
|
3
|
1
|
|
|
5
|
1730
|
20
|
|
1
|
3
|
1
|
|
5
|
1924
|
22
|
|
1
|
1
|
|
2
|
4
|
2070
|
24
|
|
|
1
|
1
|
1
|
3
|
2118
|
fy
|
3
|
6
|
6
|
2
|
3
|
20
|
-
|
Tuzilgan korrelyatsion jadvaldan ko’rinib turibdiki, omil belgi bilan natijaviy belgi o’rtasida bog’liqlik mavjud. Korrelyatsion jadvalda chastotalar jadvalning chap yuqori burchagidan o’ng quyi burchagiga qarab diagonalda joylashgan. Bu omil belgi bilan natijaviy belgi o’rtasida to’g’ri chiziqli bog’lanish mavjud ekanligini bildiradi. Aksincha bo’lganda egri chiziqli bog’lanish mavjud bo’lar edi.
Shu erda bir narsani ta’kidlash joizki, korrelyatsion jadvalning kataklarini to’ldirilishiga doimo e’tibor berishimiz kerak. Shunday sharoit bo’lishi mumkinki, jadval kataklarini barchasi to’lishi mumkin. Bu bog’lanish yo’q ekan degani emas. Bunday paytda chastotalarning joylanish zichligiga, yana ham aniqrog’i chastotalarning asosiy qismi jadvalning qaerida joylashganligiga qarash kerak. Bu ham etmasa yoki tushunarsiz bo’lsa, jadvalning har bir qatori uchun natijaviy belgining o’rtacha darajasi aniqlanadi. Masalan, birinchi qator uchun
Y 1536 * 2 1728 *1 1600
1 3
va h.k.
Shunday qilib, omil belgi qiymatining o’zgarishi bilan natijaviy belgi o’rtacha qiymatining o’zgarishi (bizni misolimizda ortib borishi) supermarketlarning reklamaga qilgan xarajatlari va ulardan savdo qilgan mijozlar soni o’rtasida to’g’ri chiziqli bog’lanish mavjud ekanligini korrelyatsion jadval yaqqol ko’rsatib turibdi.
Omil belgi bilan natijaviy belgi o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganishdagi muhim usullardan biri guruhli jadvallarni tuzishdir. Bunday jadvalni biz 3-mavzuda (3.3.1 Statistika jadvallari) tovar oborotining xajmi va muomala xarajatlarining nisbiy darajasi o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganish uchun tuzganmiz (3.2-jadval) va ular o’rtasida teskari bog’lanish mavjud ekanligini aniqlaganmiz.
Iqtisodiy hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni aniqlashda va o’rganishda statistikaning grafik usulidan ham keng foydalaniladi. Boshlang’ich ma’lumotlardan foydalanib grafiklarni turli ko’rinishidan foydalanish mumkin. Bu erda omil belgining individual qiymatlariga mos keluvchi natijaviy belgi qiymatlarini nuqtalarda joylashtirib chiqsak va keyin u nuqtalarni birini ikkinchisiga ulasak, bog’lanish yo’nalishi aniq bo’ladi. (9.1 rasm)
B x
– rasm. Miqdoriy belgilar o’rtasidagi bog’lanishlar.
9.1 – rasmdan ko’rinib turibdiki omil belgi bilan natijaviy belgi o’rtasida «A varianti» to’g’ri, «B» variantda esa – teskari bog’lanish mavjud.
Balans metodi. Hodisalar o’rtasidagi bog’liqlikni o’rganishning muhim metodlaridan biri balans metodidir. Bu metodning ahamiyati bozor iqtisodiyoti sharoitida yana ham ortadi. Chunki moliya va kredit-pul munosabatlarini boshqarish uchun iqtisodiyotdagi moliyaviy oqimlar haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lish juda ham zarur. Moliyaviy resurslarning miqdori ma’lum bir davrdagi takror ishlab chiqarish jarayoni moliyaviy natijasining miqdoriy xarakteristikasidir. Moliyaviy resurslar pul mablag’larining bir qismini qamrab oladi. Unga doimiy asosda markazlashgan va markazlashmagan fondlarga ajratiladigan mablag’lar kiradi. Ular keyinchalik oborotdan chiqqan asosiy fondlarni, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish jamg’armalarini, joriy ishlab chiqarish iste’moli va aholini sotsial to’lovlarini qoplashga sarf kilinadi. Moliyaviy resurslarga joriy ishlab chiqarish iste’moli va aholining shaxsiy iste’moliga ishlatiladigan pul mablag’lari kirmaydi. Moliyaviy resurslar soliqlar, yig’imlar, ixtiyoriy badallar, xayriyalar shaklida paydo bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, ular yuridik va jismoniy shaxslarga qonunchilik bilan biriktirilgan va ixtiyoriy moliyaviy majburiyatlardir.
Moliyaviy resurslar xaqidagi ma’lumotlarni moliyaviy balansdan olish mumkin. Moliyaviy balans moliyaviy resurslarning hajmi, tarkibi va holati, ularning tashkil etilishi va ishlatilishi hamda iqtisodiyotning turli sektorlarining o’zaro munosabatlarini xarakterlaydi. Bunday ma’lumotlar qonunchilik va boshqaruv hokimiyatlariga hamda moliya va statistika organlariga juda zarur. Moliyaviy oqimlar yordamida mamlakat ichidagi pul-kredit va moliyaviy tendentsiyalar va qonuniyatlarni aniqlash, davlatning kredit va soliq siyosatining samaradorligini baholash mumkin. Bundan tashqari moliyaviy balans xalq xo’jaligida pul oborotini tashkil qilishda, mablag’larni taqsimlashda va sarflashda, ularni optimal munosabatlikni aniqlashga, moliyaviy resurslar va xarajatlarni muvofiqlashtirishga imkon yaratadi.
Statistikada nafaqat moliyaviy resurslar balansi, balki moddiy resurslar balansi, ishchi kuchi balansi, pul mablag’lari balansi, asosiy fondlar balansi, tarmoqlararo balans, xalq ho’jaligi balansi tuziladi va ular har tomonlama iqtisodiy statistik tahlil qilinadi.
Bu balanslarni tuzish va statistik tahlili bilan keyingi bo’limlarda batafsil tanishamiz.
|
| |