TOSHKENT SHAHAR YAKKASAROY TUMANI
160-SONLI IXTISOSLASHTIRILGAN DAVLAT UMUMTA`LIM MAKTABI
mehnat ta`limi fani o`qituvchisi
Bekmurodova Sojida O`ralovnaning
Kasblar tasnifi, kasblarda mehnat
turlarining ta`rifi.
mavzusi bo`yicha bir soatlik
dars ishlanmasi
Mavzu:Kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining ta`rifi.
Texnologik xarita
Mavzu
|
Kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining ta`rifi.
|
Maqsad va vazifalari
|
Maqsad: O’quvchilarga kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgi tizimi, odam-badiiy obraz) ta'rifini o’rgatish.
Vazifalar: O`quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish, o`zlashtirtishlarini nazorat qilish hamda bilim, ko`nikma, malakasini tekshirib baholash.
|
O`quv jarayoninig mazmuni
|
O’quvchilarga kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgi tizimi, odam-badiiy obraz) ta'rifini o’rgatish guruhlar bilan ishlash. O`quvchilarning to`g`ri kasb va hunar tanlashlariga to`g`ri yo`llanma berish.
|
O`quv jarayoning bajarilishining mazmuni
|
Uslub: og`zaki bayon, interfaol usulidan, yangi ped texnologiyalardan foydalanish, klaster,kim yepchilu kim chaqqon, insert metodlari
Shakli: suhbat , bahs munozara olib borish, yakka tartibda, guruhlarda, ishlash
Vosita: tarqatma materiallar, multemediya, rangli rasmlarlardan foydalanish,mavzu uchun kerakli buyumlar jihozlar.
Nazorat:Og`zaki savol javob tarqatma testlar
Baholash:Rag`batlantirish, baholash 5 ballik tizim asosida
|
Kutiladigan natija
|
O`qituvchi: Mavzuni qisqa vaqt ichida o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishiga erishiladi, o`quvchilarning turli texnoligiyalar asosida yangi bilimlarga qiziqishini oshiradi.
O`quvchi: yangi bilim ko`nikma ,malakaga ega bo`ladi guruhlar bilan ishlashni o`zgalar fikrini hurmat qilishni urganadi
|
Kelgusi rejalar tahlili
|
O`qituvchi: O`z ustida ishlaydi, pedagogik mahoratini yanada oshirish uchun izlanadi.
O`quvchi: O`z fikrini guruhlar o`rtasida to`liq bayon qilishni hamda yangi mavzu qiziqishlari bo`yicha izlanish olib boradi. Amaliy mashg`ulotni hayotda qo`llay oladi
|
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: O’quvchilarga kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam-tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgi tizimi, odam-badiiy obraz) ta'rifini o’rgatish.Xarita (yun. chartes - varaq yoki xat yoziladigan papirus), karta - Yer yuzasi, boshqa osmon jismlari yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri. Qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obʼyektlar koʻrsatiladi (q. Geografik xaritalar, Xaritagrafiya) Qiziqishlariga oydinlik kiritish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarga har qanday kasb egasi bo’lganda ham odamiylik sifatlari yo’qolmasligiga o’rgatish..
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda kasblar tasnifini, kasblarda mehnat turlarining (odam- tabiat, odam-texnika, odam-odam, odam-belgi tizimi, odam-badiiy obraz) ta'rifi va kasblarning o’zini nomlarini bila olish ko’nikmalarini rivojlantirish. Har bir to`g’ri tanlangan kasb sohasi jamiyat uchun o`ta dolzarb ekanligini o`quvchilar ongiga singdirish.
Dars tipi:Yangi bilim berish, bilimlarni mustahkamlovchi.
Dars turi: nazariy,
Dars uslubi: guruhlarda ishlashda, klaster,“aqliy hujum”,”kasbiy so`rovnoma”, metodlaridan turli qiziqarli o`yinlardan foydalanish.
Dars jihozi va ko`rgazmasi: mavzuga oid buklet, slaydlar, kompyuter, mavzuga oid videolavhalar
Fanlararo bog`liqligi: iqtisod, chizmachilik, matematika,va boshqa fanlar.Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
№
|
Dars bosqichlari
|
vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
4
|
2
|
O`tilgan mavzuni so`rash
|
5
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
15
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlash
|
4
|
6
|
Uyga vazifa
|
2
|
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
-
Salomlashish.
-
Davomatni aniqlash.
-
Darsga tayyorgarlikni tekshirish.
-
O`quvchilar diqqatini darsga qaratish.
II.Uyga vazifani so`rash.
-
Savol –javob o`tkazish.
Topshiriqlarni tekshirish.
Ma`naviy daqiqa olib boriladi.
III.O`tilgan mavzuni takrorlash.
O`tilgan mavzu savol javob orqali takrorlab olinadi.
O`qituvchi o`tilgan mavzuni aqliy hujum metodi yordamida savol javob bilan baholaydi.
Ishlab chiqarish mahsulotlari, ularning dizaynlari, hozirgi kunda ishlab chiqarishga qo`yilayotgan talablar haqida savollar beriladi. Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
Bugungi darsimiz noan`anaviy bo`lib birinchi yangi mavzu bo`yicha tushuncha olinadi. Mana shu mavzu bo`yicha o`quvchilarni guruhlarga ajratib musobaqa shaklida olib boriladi.
Uyga vazifa musobaqa vaqtida tekshiriladi. Ya`ni musobaqaning 4 turiga shart sifatida kiritilgan.
Yurtboshimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Agar biz o`z vaqtida uzoqni ko`zlab, ertaga hayotga kirib kelayotgan yoshlarimizning chuqur bilim va kasb-hunar egallashi uchun zamin yaratmasak, ularni zamon talab qiladigan mutaxasis kadrlar etib tayyorlamasak, inqiroz davrida yurtimizda tinchlikni saqlab, iqtisodiyotimizning barqaror o`sish sur’atlarini ta’minlashga, ayni shunday og’ir sharoitda xalqimiz hayotining tobora yuksalishiga erisha olarmidik? Yo`q, albatta”.
Shunday ekan bizning kelajagimiz avvalom bor yoshlarimiz qo`lida ularning chuqurroq bilim olishlari uchun qo`limizdan kelgan barcha ishlarni qilishimiz ularga to`g`ri yullanma berishimiz, jamiyatimizga foydasi tegadigan yetuk kadrlar tayyorlashimiz lozim
IV.Yangi mavzu yuzasidan nazariy ma’lumotlar
Kasbni to’g’ri tanlash - inson turmushida muhim qadamdir, yosh avlodning butun hayotidagi muvaffaqiyat ko’p jihatdan kasbning qanchalik to’g’ri tanlanishiga bog’liq.
Kasbni to’g’ri tanlash har bir maktab o’quvchisining qiziqishiga, mayliga, qobiliyatiga va imkoniyatlariga mos bo’lishi uchun uning sog’lig’ini, o’zlashtirishini va hissiyotlarini hisobga olish lozim, bular ijtimoiy foydali va unumli mehnatda hammadan ko’ra ko’proq qaror topadi va namoyon bo’ladi.
Odam bajarayotgan ishlariga ijodiy munosabatda bo’lib, mehnat unumdorligini doimo oshirib borsa, tanlagan kasbiga zo’r qiziqish bilan qarasa, o’z ishining ijtimoiy ahamiyatini tushunsa, uning qobiliyatlari mehnatda takomillashib borsa, o’shandagina u mehnatdan qoniqish hosil qiladi va xursand bo’ladi, bunday holda har bir shaxs jamiyatga eng ko’p naf keltiradi. Bu fikrlardan kasb tanlashning g’oyat muhim ijtimoiy ahamiyati kelib chiqadi. Kasb-korni erkin tanlash juda katta ahamiyatga ega. Odam shug’ullanayotgan ishini yaxshi ko’rsa, bundan u xursand bo’ladi, qoniqish hosil qiladi, zo’r tashabbus ko’rsatadi, toliqmay mehnat unumini oshiradi.
Maktab o’quvchilarining kasb tanlashi ongli zaruriyat bo’lishi va ayni vaqtda jamiyat manfaatlariga mos bo’lib tushishi, yigit va qizlarning kamolot yo’lida shaxsiy muddaolarini qondirishi lozim. Buning uchun yuksak darajada ma’lumotli bo’lish zarur, hozirgi asrimizda bunday ma’lumotsiz fan-texnika ildam taraqqiy etishi mumkin emas.
Dunyoda minglab kasblar bor. Mana shu rangbarang kasblar olamida qanday qilib mo’ljal olish kerak? Hayot yo’lini mehnat faoliyatini to’g’ri boshlash uchun qaysi kasbni tanlagan ma'qul? Bu kabi savollarga javob topish uchun avval kasblar haqida ma’lumotga ega bo’lish kerak.
Mehnat predmetiga qarab barcha kasblar beshta tipga bo’linadi.
-
“Odam — tabiat” . Bu erda mehnatning asosiy, etakchi predmeti jonli tabiatdir. Bu tipga quyidagi kasblar kiradi: urug’shunos, meva-sabzavotshunos, davlat urug’chilik inspektsiyasining laboranti, chorvador-usta, ximik-bakteriologik analiz laboranti, zootexnik, agronom. Bu kasb kishilari kuzatuvchanlik, sabr-toqatlilik, jismoniy chidamlilik, g’amxo’rlik, tartiblilik xislatlariga ega bo’lishlari kerak.
-
“Odam-texnika”. Bunday kasblar tipida mehnatning asosiy etakchi predmeti texnika ob'ektlari (mashinalar, mexanizmlar va boshqalar), materiallar, energiya manbalari hisoblanib, unga quyidagi kasblarni misol qilish mumkin: tokar, frezerchi, slesar, yig’uvchi-slesar, elektromontajchi, tikuvchi-motorist va hokazo. Bunday kasb egalaridan ko’z bilan chamalash, kuzatuvchanlik, fazoviy tasavvur, qo’llar harakatining chaqqonligi, texnikaviy zehn, idrokning o’tkirligi, diqqatning to’planganligi, hamma narsaga diqqat-e’tiborli bo’lishlik talab etiladi.Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui. Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
-
“Odam-odam”. Bunday kasb tipida asosiy mehnat predmeti odamlardir. Mazkur mehnat sohasida mayllar, qiziqishlar qay darajada ekanini aniqlashda o’quv predmetlaridan tashqari, jamoa bo’lib o’tkaziladigan tadbirlarni tashkil etishda orttirgan tajribalar yordam beradi.
Makzur tipga kiradigan quyidagi kasblarni ajratib ko’rsatish mumkin: tibbiy xizmat ko’rsatish xodimlari, maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachisi, ta’lim muassasasi o’qituvchilari, savdo xizmati xodimlari, oziq-ovqat mahsulotlari sotuvchisi, qandolatpaz, pazanda va hokazo.Tibbiyot, meditsina, tabobat - kishilar sogʻligʻini saqlash va mustahkamlash, umrni uzaytirish, kasalliklarning oldini olish, davolash haqidagi bilimlar va shu sohadagi amaliy tadbirlar majmui. Bunday kasb egalarida quyidagi xislatlar jamlangan bo’lishi talab etiladi: xushmuomalalik, yaxshi axloqiy sifatlar, odamlar bilan tezda til topa bilishlik, tartiblilik, mehr- oqibatlilik, odamlarga g’amxo’rlik qilish, bolalarni sevish, ehtiroslarni boshqarish, kommunikativlik va tashkilotchilik qobiliyatlari, barmoqlar sezgirligi, va hokazo.
-
“Odam-belgi tizimi”. Kasblarning bu tipida shartli belgilar, raqamlar, kodlar, tabiiy yoki sun'iy tillar asosiy etakchi mehnat predmeti hisoblanadi. Hozirgi zamon kishisi belgilar va belgi tizimlari dunyosida tekstlar, chizmalar, sxemalar, kartalar, jadvallar, formulalar, yo’l belgilari ichida yashaydi. Binobarin, bularning hammasini biladigan tegishli mutaxassislar ham zarur.
«Odam-belgi tizimi» tipidagi kasblarga quyidagilar kiradi: axborot va kommunikasion texnologiyalari tizimini ishlatish texnigi, axborot va kommunikasiya tizimlari bo’yicha dasturlashga yo’naltirilgan texnik, kompyuter grafikasi dizayneri, mulbtimediya tizimlari texnigi, hujjatlarni (ona tilida yoki chet tilida) rasmiylashtirish, ish yuritish, qayta kodlashtirilishi bilan bog’liq bo’lgan kasblar: tarjimon, sekretar-mashinistka, telegrafchi, texnik redaktor va boshqalar.Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni oʻrganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Tilni oʻrganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq oʻrnatish zarur. Bu kasb egalarida mantiqiy tafakkur, diqqatning turg’unligi, yaxshi xotira, tasavvur, fikrini bir joyga to’play olishlik va boshqa qobiliyatlar rivojlangan bo’lishi kerak.
Bunday kasb egalarida quyidagi xislatlar jamlangan bo’lishi talab etiladi: ko’z bilan chamalay bilishlik, badiiy did, badiiy va musiqiy qobiliyat, yaxshi tasavvur qilish, fazoviy tafakkur, ko’rgan va eshitganlarni xotirada yaxshi saqlab qola bilish va boshqalar.
Mehnat vositalarigan foydalanishga qarab kasblar bo’limlarga bo’linadi.
-
Qo’l mehnatidan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan kasblar. Mazkur kasbda ishlovchi kishilar qo’l mehnatidan va mexanizatsiyalashtirilgan mehnat qurollaridan foydalanadilar. Masalan, otvyortka, skalpel (jarrohlik pichog’i), shtixel (yog’ochga yoki metallga o’yib gul solish asbobi), reysfeder, tortsovka (bo’yoqchilar cho’tkasining bir xili), elektr drel, bo’yoq purkagich, turli o’lchamdagi qo’l ignalari, angishvona va qaychilar va hokazolar ana shunday ish quroli hisoblanadi.
-
Qo’lda boshqariladigan mashinalardan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan kasblar. Boshqacha qilib aytganda, ularni ham mashinada, ham qo’lda ish bajariladigan kasblar deyish mumkin — tokar, frezerchi, kran mashinisti, keng profildagi traktorchi-mashinist, elektrovoz mashinisti, tikuvchi-motorist va boshqalar. Bunday kasblarda ishlaydigan kishilardan fa-qat texnologik bilimlarni bilish talab qilinmasdan, shu bilan birga ulardan qo’l mehnati malakasiga ega bo’lish ham talab qilinadi.
-
Avtomatlashtirilgan va avtomatik sistemalardan, apparatlardan foydalanish bilan borliq bo’lgan kasblar. Avtomatlashtirish darajasiga qarab ishlayotgan kishining zimmasiga har xil vazifa tushishi mumkin. Bu vazifa umuman agregatni va uning ta'miri bilan bog’liq bo’lgan ishlarni boshqarishdan tortib o’sha agregat ishini kuzatib turish va agar zarurat tug’ilsa, kerakli mutaxassisni chaqirishgacha bo’lgan ishlarni o’z ichiga oladi. Mazkur kasb bo’limining vakillari prokat stanining operatori, energosistema dispetcheri, ximiya ishlab chiqarishi apparatchisi, avtomatik liniyalar operatori, po’lat quyuvchi va boshqalardir.
-
Funktsional vositalar, mehnat qurollari ko’proq talab qilinadigan kasblar. Bu erda odam xulq-atvoridagi funktsional vositalar va uning nutqidagi ana shunday vositalar, ya'ni imo- ishoralar, tovushlar, so’zlar, jumlalarning talaffuz qilinishi, ma'no tashuvchi va emotsional intonatsiyalar, pauzalar, yuz mimikasi mehnat quroli rolini bajaradi. Bu bo’limga: o’qituvchi, tarbiyachi, san'atkor, aktyor, xor yoki orkestr dirijyori singari kasblar kiradi.Aktor (erkak) yoki aktrisa (ayol) (lotincha act - „ijro“) drama, opera, balet, qo‘g‘irchoq teatri, estrada, sirk, kino, radio va televideniyeda rollar ijro etuvchi shaxs. Aktor o‘z tanasi, ovozi, aqli, his-tuyg‘ulari, qobiliyati vositasida jonli badiiy obraz yaratadi.
Har bir inson uchun yoshligida to`g`ri va foydali kasbni tanlashning ahamiyati kattaligi;
V.O`tilgan mavzuni mustahkamlash bo`yicha musobaqa tashkillashtiriladi.
I.TUR:
Bu turda barcha o`quvchilar mustaqil holda Kasbiy deagnostika so`rovnomasini to`ldirishi va o`zining qaysi kasb tipiga moilligi kuchli ekanligini aniqlab olishadi.Bu metodda qaysi kasb tipida yig`ilgan bali ko`proq to`plagan bo`lsa o`quvchining usha tipga moilligi ko`chliroq hisoblanadi. Kasbiy so`rovnomaning bir necha turlari bo`lib o`quvchi agar javobga ekkilansa boshqa variantlarni ham psixolog yardamida yechib ko`rishi mumkin
Kasbiy – diagnostik so`rovnoma
|
Odam-tabiat
|
Odam- texnika
|
Odam-odam
|
Odam-belgi tizimi
|
Odam-badiiy obraz
|
|
|
1a
|
1b
|
2a
|
2b
|
3a
|
|
|
3b
|
4a
|
4b
|
5a
|
5b
|
|
|
6a
|
|
6b
|
|
7a
|
|
|
|
7b
|
8a
|
|
8b
|
|
|
10a
|
9a
|
|
9b
|
|
|
|
11a
|
|
|
10b
|
|
|
|
13b
|
11b
|
12a
|
12b
|
13a
|
|
|
16a
|
14a
|
14b
|
15a
|
15b
|
|
|
|
|
16b
|
|
17a
|
|
|
20a
|
17b
|
18a
|
|
18b
|
|
|
|
19a
|
|
19b
|
|
|
|
|
|
|
20b
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
1a. Hayvonlarga qarash (ularni boqish, parvarish qilish).
|
yoki
|
1b. Mashina va uning qismlariga xizmat ko`rsatish (ularni kuzatib turish, boshqarish).
|
2a. Bemor kishilarga yordam berish ularni davolash.
|
yoki
|
2b. Jadvallar, sxemalar, hisoblash mashinalari uchun dasturlar tuzish.
|
3a. Kitob bezaklari, plakatlar, badiiy otkritkalar, audiodisklar sifatini kuzatib borish.
|
yoki
|
3b. O`simliklar holati o`sishini kuzatish.
|
4a. Materiallarni (yog’och, gazlama, metal, plastmassa va h.k) qayta ishlash.
|
yoki
|
4b. Mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazish (reklama qilish, sotish).
|
5a. Ilmiy-ommabop kitob, maqolalarni muhokama qilish.
|
yoki
|
5b. Badiiy kitoblarni (yoki pyesa, konsertlarni) muhokama qilish.
|
6a. Biron-bir zotli (porodali) hayvonni boqish, parvarish qilish.
|
yoki
|
6b. O`rtoqlaringiz yoki o`zingizdan kichik bolalarni biron-bir faoliyat (mehnat, o`qish, sport) bilan shug’ullantirish.
|
7a. Rasm, tasvirlardan nusxalar ko`cherish yoki musiqa asboblarini sozlash, tuzatish.
|
yoki
|
7b. Biron-bir yuk tashuvchi (ko`taruvchi) vositalarni (kran, traktor, teplovoz va boshqa) boshqarish.
|
8a. Odamlarga (ma’lumot byurolarida, sayohatlarida va b.q) kerakli ma’lumotlarni berish, tushuntirish.
|
yoki
|
8b. Ko`rgazmalarni peshtaxtalarni bezashda (yoki pyesa, konsertlarni tayyorlashda) ishtirok etish.
|
9a. Buyumlar, narsalar (kiyim, texnika)ni uy-joyni ta’mirlash, tuzatish.
|
yoki
|
9b. Jadvallar, tekstlar, rasmlardan xatolarni qidirib topish va tuzatish.
|
10a. Hayvonlarni davolash.
|
yoki
|
10b. Hisob-kitob ishlarini bajarish.
|
11a. O`simliklarning yangi navlarini yaratish
|
yoki
|
11b. Sanoat mahsulotlari (mashinalar, kiyimlar, bino, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa) ning yangi turlarini loyihalashtirish, yaratish.
|
12a. Odamlar o`rtasidagi nizo, janjallarni hal qilish (ishontirish, tushuntirish, rag’batlantirish)
|
yoki
|
12b. Chizmalar, sxemalar, jadvallarni o`rganish (tekshirish, aniqlash, tartibga keltirish).
|
13a. Badiiy havaskorlik to`garaklari ishlarini o`rganish, kuzatish.
|
yoki
|
13b. Mikroblar hayotini o`rganish.
|
14a. Tibbiyot asbob-uskunalarini ishlatish, ularga xizmat ko`rsatish.
|
yoki
|
14b. Odamlarga yaralganda shikastlanganda, kuyganda va shu kabilarda tibbiyot yordam ko`rsatish.
|
15a. Kuzatilayotgan voqealar, hodisalar, o`lchanayotgan obyektlar va boshqalar haqida aniq hisobotlar yozib borish.
|
yoki
|
15b. Voqealar (kuzatilayotgan yoki tasavvur qilingan)ni badiiy ifodalash.
|
16a. Kasalxonada laboratoriya analizlarini qilish.
|
yoki
|
16b. Be`morlarni qabul qilish, ularni tekshirish, ular bilan suhbatlashish va ularni davolashga yo`llash.
|
17a. Xona devorlarini, narsalar sirtini bo`yash va bezash.
|
yoki
|
17b. Binolarni ta`mirlash yoki mashina qismlarini yig`ish.
|
18a. Tengdoshlaringiz yoki kichik yoshdagi bolalarning (teatr, muzeylarga madaniy sayohatlarini, ekskursiyalarini va boshqa) tashkil etish.
|
yoki
|
18b. Sahnada o`ynash, konsertlarda ishtirok etish.
|
19a. Chizmalar bo`yicha detallarni buyumlar (mashina kiyimlar) ni tayyorlash, binolarni qurish.
|
yoki
|
19b. Chizmachilik bilan shug`ullanish, chizmalar, kartalardan nusxalar ko`chirish.
|
20a. O`simliklar kasalliklari va bog` o`rmon zararkunandalariga qarshi kurashish.
|
yoki
|
20b. Klavishli mashinalarda (yozuv mashinkasi, teletayp va boshqalar)da ishlash.
|
II. TUR.
Qiziqarli savollar:
1.O`zingiz tanlagan bitta kasb misolida salomatlikka qo`yiladigan talablarni izohlab bering.
2.Qiziqqan kasbingizga sizning sog`lig`ingiz mos kelmasa qanday yo`l tutasiz?
III. TUR.
Kasb-hunarga doir mantiqiy fikrlash.
Rasmlarni tegishli katakchalarga joylashtiring.
kasblar nomi
|
sohaga tegishli belgilar
|
Programma
lashtiruvchi
|
|
|
|
|
|
|
Auditor
|
|
|
|
|
|
|
Shifokor
|
|
|
|
|
|
|
Arxeolog
|
|
|
|
|
|
|
Tikuvchi
|
|
|
|
|
|
|
O`qituvchi
|
|
|
|
|
|
|
Quruvchi
|
|
|
|
|
|
|
IV-TUR.
Har bir guruh kasb va hunar haqida maqollar so`ng hikmatli so`zlar aytish. Ma`lum vaqt ichida tuxtab qolgan guruh o`yindan chiqadi.
VI.Rag`batlantirish. Darsga faol qatnashgan o`quvchilarni baholash va rag`batlantirish.
“5” ”4” “3”
VII.Uyga vazifa: Kasb va hunari bilan tanilgan hozirgi sulolalar haqida ma`lumot yeg`ish.
|