TIBBIYOT TALABALARIGA KASBIY KOMPETENSIYANI INTEGRATIV




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/78
Sana23.01.2024
Hajmi1,3 Mb.
#143970
TuriСборник
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78
Bog'liq
II-XALQARO-ILMIY-AMALIY-KONFERENSIYA-TEZISLARI-VA-MARUZALAR-TOPLAMI

TIBBIYOT TALABALARIGA KASBIY KOMPETENSIYANI INTEGRATIV 
YONDASHUV ORQALI O’RGATISH(INGLIZ TILI MISOLIDA) 
Tashxodjayeva P.B. 
Tosh
kent tibbiyot akademiyasi,O’zbekiston 
(Toshkent, O'zbekiston) 
Mamlakatimizda so'nggi yillarda tibbiy ta'limga va kadrlarning ilmiy 
salohiyatiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Tibbiyot xodimlari va talabalarning ingliz 
tilini mukammal bilish masalasi ham dolzarb tus olmoqda. Shu o'rinda ushbu maqola
tibbiyot oliygohlari talabalariga ingliz tilidagi o'qish, yozish, gapirish, tinglab 
tushunish ko'nikmalarini integral holatda o'rgatish metodikalarini takomillashtirishga 
qaratilgan.Kuzatishlardan ma'lum bo'lishicha, xalqaro ingliz til o'qitish metodikasida 
nutqiy ko'nikmalarni rivojlantirish asosiy masalalardan bo'lib, uni amalga oshirish 
o'quv topshiriqlari sifatiga ko'proq bog'liq bo'lmoqda. 
O'zbekistonda ham ingliz tili o'qitish metodikasi kompetensiyaviy 
yondashuvga 
asoslanmoqda, 
dars 
jarayonida 
lingvistik 
kompetensiyalarni 
shakllantirish nutqiy kompetensiyalarning rivojlanishiga olib kelish ko'zda tutilmoqda. 
Xalqaro tajribalar asosida til o'rganishga qo'yilgan aniq talablar orqali (listening - 
tinglab tushunish), (speaking - gapirish), (reading - o'qish) va (writing - yozish) 
malakalari shakllantiriladi. Ingliz tili o'qitishda mazkur yondashuvdan biroz ijodiyroq 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki tibbiy OTM talabalari tilning tashuvchilari 
sifatida muayyan nutqiy qo'nikma va malakalarga ega bo'lgan holda maktabdan 
keladilar. 
Talabalarda ingliz tilidan (ular tilning tashuvchilari bo'lgani uchun) ba'zi 
ko'nikmalargina shakllantiriladi, asosan, ulardagi mavjud ko'nikmalar rivojlantiriladi. 
Ayniqsa, bo'lajak ingliz tili va adabiyoti o'qituvchilari ingliz tilda matn yoki suhbatni 
tinglab tushunadi, o'qiy oladi, gapira oladi va yoza oladi. Bunday vaziyatda ingliz tili 
o'qitish metodikasining asosiy vazifasi talabalarda eshitganlarini to'g'ri tushuna olish, 
adabiy tilda ravon va mantiqan izchil gapira olish, matnni o'qib tushuna olish hamda 
to'g'ri va mazmunli yoza olish ko'nikmalarini rivojlantirish lozim. Bu mas'uliyatli 
vazifani,albatta, takomillashtirilgan o'quv topshiriqlari orqali amalga oshirish mumkin. 
Shu ma'noda ingliz filologik ta'limida ingliz tilidan o'quv topshiriqlarini ishlab 
chiqishning lingvodidaktik asoslarini takomillashtirish masalasi nihoyatda dolzarb 
hisoblanadi. 
Tibbiyotda professionallik 
– bu xizmat ko'rsatilayotgan shaxs va jamiyat 
manfaati uchun kundalik amaliyotda muloqot, bilim, texnik ko'nikmalar, klinik 
fikrlash, his-tuyg'ular, qadriyatlar va aks ettirishdan odatiy va oqilona 


85
foydalanishdir.Tibbiyot ta'limida professional va shaxsiy kompetensiyalarni 
rivojlantirishga hamda tibbiy bilim va malakalarni egallashga qiziqish tobora ortib 
bormoqda. Lachman va Pawlina ilmiy tadqiqotlariga ko’ra an'anaviy tartibga 
asoslangan tibbiy o'quv dasturlarida talabalar odatda uch yil asosiy fanlarni o'rganishga 
va yana uch-to'rt yil klinik ta'limni egallashga sarflaydilar. Kompetensiyalar asosan 
tibbiy o'quv dasturlarining keyingi bosqichlarida amalga oshiriladi [1].Ushbu tadqiqot 
eng muhim kasbiy kompetensiyalarni aniqlashga qaratilgan bo’lib, talabalarning 
kasbiy kompetentsiyalari tibbiy dastur jarayoni orqali, xususan erta bosqichda, 
kelajakdagi kasbiy amaliyotga tayyorgarlikda rivojlanishi kerak. 
Kasbiy kompetentsiyalar bo'yicha qilingan juda keng ko’lamdagi tadqiqotlar ish 
yurituvchilar, stajyorlar, rezidentlar va shifokorlarga qaratilgan; Bakalavriat 
talabalarida ushbu kompetensiyalarni qanday osonlashtirish va baholash bo'yicha 
tadqiqotlar olib borilmoqda..Professionallik tibbiy malakaning yana bir muhim jihati 
bo'lib, ko'pincha shunday bo'ladi insoniylik va axloq kabi shaxsiy xususiyatlar bilan 
bog'liq deb baholaydilar [2].
Ushbu maqsadda Toshkent tibbiyot akademiyasi, o’zbek va xorijiy tillar 
kafedrasida barcha fakultetlarning talabarida hamda magistratura bo’limi 
rezidentlariga ham amaliy xorijiy til o’qitiladi.Amaliy mashg’ulotlarda zamonaviy
darsliklarining har bir bosqich talabalarga mos variantlari amalda qo’llanib 
kelinmoqda. Ushbu darsliklarning afzallik jixatlariga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, 
ularda har bir dars uchun til o’ganishning o’ziga xos integtativ yodashuvlar,xususan
listening, reading, speaking,writing bo’limlari mujassamlashgan. Darsliklar o’z ichiga 
student’s book, teacher’s book va audio-listening qismlari alohida taqdim 
etilgan.Talaba birinchi darsdayoq tibbiyot soha vakillarining mutaxassisliklari nomini 
o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladilar. 


86

Download 1,3 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



TIBBIYOT TALABALARIGA KASBIY KOMPETENSIYANI INTEGRATIV

Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish