KASBIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/78
Sana23.01.2024
Hajmi1,3 Mb.
#143970
TuriСборник
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78
Bog'liq
II-XALQARO-ILMIY-AMALIY-KONFERENSIYA-TEZISLARI-VA-MARUZALAR-TOPLAMI

KASBIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI 
TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISH 
Umarova F.A., PhD, dotsent, 
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 
(Toshkent, O'zbekiston) 
Yurtimizning mustaqillik yillarida ta’lim tarbiya tizimini isloh qilish, kadrlar 
tayyorlashni zamon talablari darajasiga ko‘tarish sohasida muhim chora-tadbirlar 
amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston hukumati ta’limga islohotlarning barcha bosqichlari 
uchun ham ustuvor soha deb qarab kelmoqda. Jumladan O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining 2021-yil 25-
yanvardagi “Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot 
faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish 
chora-
tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4963-son Qarori va Xalq ta’limi vazirligining 2021-
yil 23-
martdagi “Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirish hududiy markazlari faoliyatini takomillashtirish, kurslardagi ta’lim sifatini 
oshirish va uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy etish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 80-sonli buyrug’i ta’lim tizimini uzviylik va uzluksizlikni taminlashga, 
ijodkor, ijtimoiy faol, maʼnaviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakali 
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shartsharoitlar yaratish hamda pedagog 
kadrlarni malakasini oshirishga qaratilgan. Mazkur muammoni yechish uchun so’nggi 
yillarda xalq ta’limi va oliy o’quv yurtlarini axborot texnologiyalari bilan jihozlash, 
ta`lim tizimi mazmuni, uni tashkil etish shakllari hamda sifatini oshirish borasida katta 
ijobiy o’zgarishlar ro’y bermoqda. Ta’lim jarayoniga yangidan – yangi 
innovats
iyalarning tatbig’i kuzatilmoqda. Zamonaviy raqamli texnologiyalarning 
ta’lim sohasiga kirib kelishi ta’lim usullari va o‘qitish jarayonini yangicha yondashuv 
asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o‘zgartirish imkonini 
bermoqda. Bu borada prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltirib 
o‘tish o‘rinlidir: «Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo 
etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, innovatsion 
yondashuv asosi
da boshlashimiz kerak».[1] 
Ma`lumki, pedagoglarning an`anaviy o’qitish usullarida laboratoriya va amaliy 
ishlar o’tkazilishiga ko’p vaqt ajratiladi. Bu mutaxassis tayyorlashning juda muhim 
tarkibiy qismidir. U nafaqat o’quvchi-talabaning nazariy bilimlarini mustahkamlashga, 
o’quv materialini o’zlashtirish samarasini oshirishga, balki muayyan sohada amaliy 
ko’nikmalarni hosil qilishga ham ko’mak beradi. Biroq bunday mashg’ulotlar 
to’laqonli natija beradi, deya olmaymiz. Sababi – laboratoriya jihozlari yetarli darajada 
emasligi hamda ko’pgina laboratoriya va o’quv xonalari zamonaviy moslama va 


100
uskunalar bilan jihozlanmaganligi, mavjudlarining ham aksariyati ma`naviy eskirib 
qolganligi va bugungi kun talablariga to’liq javob bera olmasligidadir. Texnologiyalar 
tez sur`atda rivojlanayotgan hozirgi vaqtda amaliy mashg’ulotlar uchun laboratoriya 
va stendlarni har bir o’quv yilida qo’shimcha sarf-xarajatlar evaziga takomillashtirish 
talab etiladi. Bundan tashqari muhim omillardan yana biri shundan iboratki, ba`zi 
laboratoriya tadqiqotlaridagi ish yoki jarayonlarning sustligi sababli ajratilgan vaqt 
ichida ta`lim oluvchilar takror tahlil yoxud sinovlar o’tkazishga qiynalishadi, holbuki, 
ma`lum bir sohada yetarlicha ish ko’nikmalari va tajriba orttirish uchun amaliy 
ma
shg’ulotlarni qayta-qayta takrorlash zarur. Afsuski, ananaviy ish olib borish 
sharoitida laboratoriya moddiy ashyolari hamda moslamalarining tez-tez buzilishi va 
shu bilan bog’liq ashyolarga qo’shimcha sarflar qilinishi bois har doim ham bunday 
qilinavermaydi [2]. 
Yuqorida aytilganlarni hisobga olib, yangi tizim mutaxasis kadrlarini tayyorlash 
uchun muhim vazifalarni hal etishga yordam bera oladigan yangi samarali, hammabop 
pedagogik uslubni joriy etish zaruriyati tug’ildi, deb ayta olamiz. Buning uchun 
lab
oratoriya stendlari va o’quv ustaxonalaridagi mashg’ulotlar barcha talabalar uchun 
nafaqat qiziqarli, balki qulay va oson bo’lishiga erishmoq lozim. Mashg’ulotlar o’ziga 
jalb eta olishi, barcha ruhiy va didaktik omillarni hisobga olishi, jarayonlarni jo’shqin 
tarzda namoyon etishi, mashg’ulotlar o’tkazish va o’qitilayotgan fanni o’zlashtirishni, 
umuman butun o’qitish samarasini oshirishi, egallangan bilimlar xususida o’ziga-o’zi 
baho berish imkonini ta`minlamog’i zarur. Aynan shu nuqtai nazardan zamonaviy 
a
xborot texnologiyalarining tadbiq etilishi yuqorida ko’rsatilgan vazifalarni maqbul 
tarzda hal qilish va an`anaviy o’qitish usulining bir qator kamchiliklarini bartaraf 
etishga ko’mak beradi. 
Virtual stendlar har bir o’quvchi-talaba uchun texnikaga o’zining kirish 
parametrlarini «buyurishga», o’z bilimlarini nazorat qilishga imkon beradi. 
Laboratoriya ishini o’tkazish, uni zarur tartibda tushunish va hokazolar bilan bog’liq 
vaqtdan yo’qotish esa kompyuter samarasi hisobiga kamaytiriladi [3]. 
Ta`lim jarayoniga virtual stendlarning joriy qilinishi natijasida, an`anaviy 
ta`limga qiyoslaganda, mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha ta`lim jarayonining yanada 
yuqori sifati ta`minlanadi. Bunga avtomatlashtirilgan pedagog va test o’tkazuvchi, 
tizimlar, test topshiriql
ari va o’z-o’zini tekshirish uchun savollarni o’z ichiga olgan 
ixtisoslashgan o’quv-uslubiy qo’llanmalardan foydalanish, o’quv jarayonining uslubiy 
negizini tezkor yangilash hisobiga erishiladi. Biz o’qitishning tashkiliy shakllari, 
zamonaviy axborot texno
logiyalari hamda turli ta`lim maskanlarining o’quv imkoniga 
ega bo’lamiz. Bu esa ma`lum darajada turli muassasalar mutaxassislari diplomlarining 
qadri teng bo’lishini ta`minlaydi [4]. 


101
Demak, ta`lim jarayonida virtual stendlardan samarali foydalanish ta`lim sifatini 
oshiribgina qolmay, balki ulkan moliya zaxiralarini tejashga imkon beradi hamda 
xavfsiz, ekologik toza muhitni yaratadi. Virtual stendlar joriy etilishi ta`lim, ishlab 
chiqarish, boshqa davlat muassasalarining umumiy yondashuvini talab qiladi. Virtual 
o’qitish stendlarini, ayniqsa, qimmatbaho jihozni xarid qilishdan oldin diqqat bilan 
o’rganib chiqish zarur. Bu xodimlarni mahalliy sharoitda o’qitishga, ta`lim 
oluvchilarni xorij mamlakatlariga guruh-
guruh bo’lib jo’nashining oldini olishga 
imkon yaratadi. 
Xulosa qilib shuni aytamizki, ta`lim jarayoniga zamonaviy axborot 
texnologiyalarining joriy etilishi quyidagilarga olib keladi: 

ta`lim jarayonini, o’quvchi-talabalarning aniq tayyorgarlik darajasini, 
qobiliyatlarini, yangi materialni o’zlashtirish sur`atini, qiziqish va mayllarini hisobga 
olib ko’proq individual ravishda yordam berish; 

o’quvchi-talabalarning bilish faoliyatlarini kuchaytirish, ularning o’z- o’zini
takomillashtirish, ta`lim va kasbga qiziqishlari hamda intilishlarini qo’llab-quvvatlash 
va rivojlantirish; 
- ta`lim jarayonida fanlararo aloqalarni kuchaytirish, borliq hodisalarini 
kompleks o’rganish; 
- ta`lim jarayonining moslashuvchanligi, omilkorligi, tashkil topish shakllari va 
usullarini takomillashtirish hisobiga uni doimiy va dinamik yangilash; 

barcha ta`lim muassasalarida o’qitishning muammoli va kompyuter 
vositalaridan hamda virtual stendlardan foydalanish; 
- ta`lim jarayonining texnologik bazasini hozirgi zamon texnik vositalarini joriy 
etish yo’li bilan takomillashtirish. 
Adabiyotlar ro’yxati: 
1. 
O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga 
murojaatnomasi. - 
«Xalq so’zi» 23 dekabr 2017 yil. 
2. 
В.Г.Маняхина Южнокорейский подход к обучению информатике в 
младшей и средней школе. Проблемы современного образования №6, 2015г. 
3. 
К.В. Демушкина Электронные учебники – анализ внедрения 
электронных учебников в зарубежных странах (на примере США и Южной 
Кореи)
4. 
М.А.Жирнова Исследование средств геймификации в изучении 
программирования // Образование и наука в современных реалиях: материалы IV 
Междунар. науч.–практ. конф. / редкол.: О.Н. Широков [и др.] – Чебоксары: ЦНС 
«Интерактив плюс», 2018. – С. 191-192. 


102

Download 1,3 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



KASBIY BILIMLARNI SHAKLLANTIRISHDA RAQAMLI

Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish