Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/78
Sana23.01.2024
Hajmi1,3 Mb.
#143970
TuriСборник
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
Bog'liq
II-XALQARO-ILMIY-AMALIY-KONFERENSIYA-TEZISLARI-VA-MARUZALAR-TOPLAMI

Multmediani ta’limda qo‘llash. “Biz farzandlarimizning nafaqat jismoniy va 
ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intelektual bilimlarga ega 
bo’lgan, uyg’un rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan 
barkamol avlod bo’lib voyaga yetkazish uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni 
yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz” deydi yurtboshimiz Islom 
Abdug’aniyevich Karimov. Shunday ekan hozirda samarali ta’limning zamonaviy 
usullarini yaratish yetakchi masalalardan biriga aylangan. Bunda multimedia va 
multimedia mahsul
otlarining o’rni beqiyosdir. 
Multimedia 
– bu bir necha ma’lumot taqdim etish vositalarining bir tizimga 
birlashishi, matn, sxema, jadval, diagramma, fotografiyalar, video va audio fragmentlar 
va boshqa har xil ma’lumotlarni raqam ko’rinishida ishlab chiqish, yaratishning 
dasturiy-
apparat vositasidir. Multimediadan foydalanish ma’lumot qabul qilishning 
yangi va sifatli darajasini ta’minlaydi. 
Multimedia va grafikadan foydalangan holdagi ta’lim faqatgina matndan 
foydalangan holdagi ta’limdan yahshi va samaralidir. Multimedia materiallari talab 
darajasida to’g’ri ishlab chiqilgan bo’lsa, ta’lim oluvchilarda aniq va samarali mental 
model(tasavvur) shakllanishiga yordam beradi. O’tkazilgan kompleks tadqiqot 
natijalariga ko’ra to’g’ri ishlab chiqilgan multimedia materiallarining afzalliklari 
quyidagilardan iborat: 
1. Muqobil istiqbollar.
2. Faol ishtirok.
3. Tezkor ta’lim olish.
4. Bilimlarni xotirada saqlash va qo’llay olish.
5. Tizimli ravishda tushuna borish.
6. Mustaqillik va e’tiborlilik.
7. Axborotlar ketma-ketligi va tezligini boshqarish.
Multimedia materiallarining potensial afzalliklari to’g’risida Mayer ham aytib 
o’tgan bo’lib, tinglovchiga video va audio axborotlarni qabul qilish imkoniyatini 
yaratgan holda, alohida olingan ushbu imkoniyatlarning h
ar biridan ham ko’ra 
multimedianing ma’lum ustunligi mavjuddir. 


90
Multimedia dasturlari orqali o’qitish o’quv materialining mazmuniy 
komponentlarini keng ko’lamda tizimga keltirishga ko’maklashadi, ta’lim oluvchilarga 
ma’lumotning to’liq yoki qisqartirilgan variantlarini erkin tanlash va o’tish imkonini 
beradi.
Ta’lim vositalarining yangi shakli nafaqat muloqot, axborotlarni uzatish uchun 
yangi imkoniyatlarning vujudga kelishiga, balki an’anaviy ta’lim va ma’lum ommaviy 
axborot vositalari bilan taqqoslaganda 
zamonaviy madaniyatda o’zgacha o’rin olgan 
yangi muammolarning, yechimlarning, yangi kesishish nuqtalarining vujudga kelishi 
uchun ham imkoniyatlar yaratadi.
Multimedia vositalarini ta’limda qo’llash quyidagilarga imkoniyat yaratadi:
1. Ta’limning gumanizatsiyalashuvini ta’minlash.
2. O’quv jarayonining samaradorligini oshirish.
3. Ta’lim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini rivojlantirish.
4. Kompyuter vositalari va axborot elektron ta’lim resurslari yordamida har bir 
shaxsning indivi
dual ta’lim olishi hisobiga ochiq va masofaviy ta’limni 
individuallashtirish.
5. Ta’lim oluvchilarda o’zlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish 
uchun hozirgi tez o’zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuvga yordam beradigan 
zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko’nikmalarini hosil qilish. 


91

Download 1,3 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish