|
Har bir hujayra hujayra qobig'i (sitolemma) sitoplazma va yadrodan tashkil topgan
|
bet | 2/11 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 476,2 Kb. | | #240686 |
Bog'liq 1-mavzuHar bir hujayra hujayra qobig'i (sitolemma) sitoplazma va yadrodan tashkil topgan. Himyoviy analiz orqali hujayra takibida atmosfera va yer qobig'ida keng tarqalgan moddalar borligi aniqlangan. Odam organizmining 96%- 4 xil elementlardan: uglerod, vodorod, kislorod va azotdan tashkil topgandir. Kalsiy, fosfor, kaliy va oltingugurt esa odam tanasining-3%ni tashkil qiladi. Oz miqdorda natriy, xlor, yod, temir, magniy, mis, marganes, kobalt, ruh va boshqa mikroelementlar ham bo'ladi. Hujayralarning hayotiy hususiyatlari, ularning tarkibidagi oqsilga bog'liqdir. Hujayra qo'yidagi ximiyoviy komponentlardan tuzilgan. Oddiy va murakkab oqsillar, fermentlar, ёg'lar, uglevodlar (karbon suvlar, suv va neorganik tuzlar). Shunday qilib, hujayra murakkab ximiyoviy tuzilishga ega bo'lib, uning tarkibidagi moddalar doimiy harakatda bo'ladi va bu harakat uning modda almashinuvi bilan ifodalanadi Hujayraning assoy tarkibiy qismiga hujayra qobig'i, sitoplazma va yadro kiradi Hujayra tashqi muhitdan sitoplazmatik membrana- parda (hujayra qobig'i) bilan ajralgan bo'lib, yadrodan tashqari hujayra ichidagi tuzilmalarning hammasi sitoplazma deb nomlanadi. Eukariotik hujayralar sitoplazmasining tuzilishi va tarkibi turlicha bo'lib, hujayra organellari kiritmalar va gialoplazmalardan tashkil topgan. Hujayra qobig'i hujayrani atrofidan o'rab turuvchi biologik membranadir. Bu hujayra qobig'i murakkab tuzilishga ega bo'lgan 3 zonadan (qavat): tashqi, o'rta va ichki zonalardan tashkil topgan. Sitolemmaning tashqi zonasi glikokaliks deb nomlanib, oqsil va karbon suvlardan; o'rta zonasi lipoproteidlardan; ichki zonasi esa o'rta zonaga tegib turuvchi sitoplazmaning yupqa qavatidan iboratdir. Elektron mikroskopik tekshirishlar plazmatik membrananing nafaqat har xil hujayralarda, balki bir hujayraning o'zida ham murakkab tuzilishga ega ekanligini ko'rsatib berdi. Hujayra qobig'ining maxsus stukturalarini har xil bo'lganligi uchun, hujayraning qaysi qismida joylashganligiga qarab ular uchta asosiy turga bo'linadilar:
|
| |