• Mikronaychalar – sentriola, bazal tanacha hivchin va kiprikchalarning asosiy struktur birligi hisoblanadi.
  • Bularga: 1. Yassi sisternalar sistemasi – silliq membranalar bilan chegaralangan. Yassi sisternalar ko'pincha 5-8 ta bo'lib bir-biriga yaqin yotadilar




    Download 476,2 Kb.
    bet5/11
    Sana17.05.2024
    Hajmi476,2 Kb.
    #240686
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    1-mavzu

    Bularga: 1. Yassi sisternalar sistemasi – silliq membranalar bilan chegaralangan. Yassi sisternalar ko'pincha 5-8 ta bo'lib bir-biriga yaqin yotadilar.

    2. Mayda mikropufakchalar – sisternalar oxirida joylashib, diametri 30-50 nmgacha bo'ladi.

    3. Yirik vakuolalar – ko'pincha yassi sisterna bog'lamalarining o'rta qismida joylashib 0, 2-0, 8 mkm bo'ladilar.

    Goldji kompleksi faoliyati sekresiya jarayoni bilan bog'liq bo'lib, bez hujayralarida (me'da osti bezi) zimogen granulalarini hosil qilishda va tezlashtirishda muhim rol o'ynaydi.

    Oxirgi paytlarda Goldji kompleksining glikoproteidlar sintezida, ёg'larni so'rilishida ishtirok etishi ham aniqlangan.

    Lizosomalar. Lizosoma birinchi marta belgiyalik bioximikDe Dyuv tomonidan kashf qilingan bo'lib (lisis – eritish, soma – tana) – gidrolitik fermentlarga boydir. Lizosomaning asosiy vazifasi, uning xujayra ichida moddalarni hazm qilishdir.

    Peroksisoma (mikrotanacha) – bir qavatli membrana bilan o'ralgan strukturalar bo'lib, kattaligi 0, 3-1, 5 mkmdir. Bu organellalar amyobada, tuban zamburug'larda (achitqida), ayrim o'simliklarda, umurtqali hayvonlarda esa faqat jigar va buyrakda topilgan bo'lib himoya vazifasini o'taydi.

    Mikronaychalar – sentriola, bazal tanacha hivchin va kiprikchalarning asosiy struktur birligi hisoblanadi.

    K.A.Zufarov, A.Yuldoshevlar mikronaychalarni hujayrada tayanch funksiyani bajarishi yoki hujayra ichida moddalar almashishida ishtirok etishini e'tirof etganlar.

    Sentrosoma. Hujayra markazi 1875 yili Gerting tomonidan kashf qilingan. Sentrosoma barcha hayvon hujayralarida topilgan bo'lib, faqat tuxum xujayraning yetilish davrida yo'qoladi va hujaralarning bo'linib ko'payishida muhim rol o'ynaydi.

    Maxsus organellalar - faqat ayrim hujayralarga xos bo'lib, tonofibrillalar, miofibrillalar, neyrofirillalar kiradilar.


    Download 476,2 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 476,2 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bularga: 1. Yassi sisternalar sistemasi – silliq membranalar bilan chegaralangan. Yassi sisternalar ko'pincha 5-8 ta bo'lib bir-biriga yaqin yotadilar

    Download 476,2 Kb.