|
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 105-a guruh 1-bosqich talabasi Xurramova Dilafruzning Gistologiya fanidan tayyorlagan taqdimoti
|
bet | 1/11 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 476,2 Kb. | | #240686 |
Bog'liq 1-mavzu Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 105-A guruh 1-bosqich talabasi Xurramova Dilafruzning Gistologiya fanidan tayyorlagan taqdimoti. Mavzu: Hujayra sitoskletini strukturaviy va funksional tashkil etish. - Reja:
Hujayra sitoskleti haqida ma’lumot Xulosa Hujayralarning tuzilishi, takomillashuvi va funksiyasini o'rgatadigan fanni-Sitologiya deyiladi. Hujayra (lotincha cellula, yunoncha-cytos) deb, odam, hayvon va o'simlik organizmlarining tuzilishlarini, funksiyalari va rivojlanishlarini negizini tashkil qilgan, sitoplazma va yadrodan tashkil topgan tirik sistemaga aytiladi. Hujayralarning o'ziga xos xususiyatlari butun tirik organizmlarning hayoti davomida moddalar almashinuvida ishtirok etib, yangi hujayra hosil qilib uzluksiz yangilanib turishidir. Hayvon va odam organizmida hujayralardan tashqari hujayra oraliq modda va simplast mavjud bo'lib, simplast - hujayrasiz strukturadir. Uning tarkibida bir necha o'nlab yadrolar bo'lib, hujayraning qo'shilishidan hosil bo'lgan. Bunga ko'ndalang-targ'il mushak tolalari, yo'ldosh epiteliysining sinsitotrofoblast qavati va boshqalar kiradi. Hujayralararo modda hujayralar orasida joylashgan bo'lib, suyuq holda yoki dirildoq yoxud zich konsistensiyaga ega bo'lgan asosiy modda va turli tolalardan tashkil topgan. Odam va hayvon organizmidagi hujayralarning razmerlari va shakllari, tuzilishlari turli tuman bo'lib, ularning funksiyalariga bog'liqdir. Masalan: Epiteliy hujayralari bir-biriga yaqin plast hosil qilib joylashganligi sababli ma'lum shaklga ega, mushak hujayralari esa uzun duksimon shaklda bo'ladilar. Impuls o'tkazuvchi nerv hujayralari esa uzun-uzun o'simtalarga ega bo'ladilar. Odam va sut emizuvchi hayvonlarning hujayralari 7 mkm (mikrometr)dan 200 mkmgacha bo'ladi. Odam organizmida o'rtacha 1014 hujayralar mavjuddir. Barcha tirik organizmlar bir hujayrali va ko'p hujayralilarga bo'linadilar.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 105-a guruh 1-bosqich talabasi Xurramova Dilafruzning Gistologiya fanidan tayyorlagan taqdimoti
|