|
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 105-a guruh 1-bosqich talabasi Xurramova Dilafruzning Gistologiya fanidan tayyorlagan taqdimoti
|
bet | 6/11 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 476,2 Kb. | | #240686 |
Bog'liq 1-mavzuSitoplazma kiritmalari – hujayra sitoplazmalarining doimiy bo'lmagan tarkibiy qismlari hisoblanadilar. Ular hujayra ichidagi modda almashinuvi, sekresiya va pigment hosil qtltsh jarayonlari davomida va fagositoz yo'li bilan tashqi muhitdan hujayraga moddalar kirishidan hosil bo'ladi. 1. Trofik kiritmalar. 2. Sekretor kirtmalar. 3. Ekskretor kirtmalar. 4. Pigment kiritmalir. Trofik kiritmalarga ёg' tomchilari, oqsil granulalari, glikogen to'plamlari, vitaminlar va b.q. lar kiradi. Pigment kiritmalariga gemoglabin, melanin, lipofussin va b.q.lar. Ekskretor kiritmalarga hujayradan tashqariga chiqishi kerak bo'lgan moddalar kiradi. Sekretor kirtmalarga zimogen donalari va b.q.lar kiradi. Gialoplazma (lot. hyaloplasma – tiniq) asosiy plazma – hujayraning ichki muhiti bo'lib, sitoplazmaning organella va kiritmalarsiz qismidir. Gioplazma hujayraning turli tuzilmalarini o'zaro bog'laydi. Hujayra yadrosi. Yadro (yunon. karyon, lot. nucleus) termini 1833 yilda Broun tomonidan fanga kiritilgan bo'lib, u o'simlik hujayralarida doimiy sharsimon tuzilmalarni shu nom bilan atagan. Yadro barcha eukariot (yuqori o'simlik va hayvon) hujayralarida (faqat eritrositlardan tashqari) bo'ladi. Eritrositlar yuqori darajada diffurensiyalashgan hujayralar hisoblanib, rivojlanish jarayonida o'z yadrosini yo'qotadi. Yadroning shakli har xil bo'lib, hujayra shaklini qaytaradi, ba'zan noto'g'ri bo'lishi ham mumkin. Yadro hujayralarda ko'pincha bitta yoki ikkita bo'lib, ko'p hujayrali hujayralar va simplastlar ham mavjuddir. Ko'p yadroli hujayralarga osteoklast va megakariositlar kirib, ularda bir necha o'nlab yadrolar bo'lishi mumkin. Yadroning kattaligi turlicha 4 mkm.dan 40 mkm.gacha bo'lib, uning hujayralarda joylanishi, shu hujayraning shakli va funksional holatiga bog'liqdir.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 105-a guruh 1-bosqich talabasi Xurramova Dilafruzning Gistologiya fanidan tayyorlagan taqdimoti
|