|
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 105-a guruh 1-bosqich talabasi Xurramova Dilafruzning Gistologiya fanidan tayyorlagan taqdimoti
|
bet | 8/11 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 476,2 Kb. | | #240686 |
Bog'liq 1-mavzuMeyoz. Meyozda ketma-ket ikki marta bo'linish natijasida xromosomalarni soni ikki baravar kamayadi. Birinchi mitotik bo'linishda gomologik xromosomalar yaqinlashadi va qutblarga har bir gomologik juftdan butun xromosomalar utadi. Ikkinchi bo'linishda xuddi mitozdagi singari qutbga har bir xromosomadan xromatidlar ketadi. Meyoz yo'li bilan jinsiy hujayralar paydo bo'ladi. Poliploidiya hujayra yadrosida DNKni ikki va undan ko'p marta ortishidir. Bu xolat mitoz bo'linish etaplarini buzilishi natijasida yuzaga keladi. Poliploid hujayralarni jigarda, siydik pufagida uchratish mumkin. Poliploid hujayralar aktiv funksiya qilayotgan differensiyalangan hujayradir. DNK miqdorini bir necha marta ko'p saqlovchi hujayralar poliploid hujayra deb yuritiladi. Hujayra fiziologiyasi. Hujayra biologik sistema bo'lib, tashqi muhit bilan uning o'rtasida uzluksiz moddalar va energiya almashinib turadi. Ko'p hujayrali organizimlarda hujayra uchun tashqi muhit bo'lib, hujayra tashqarisidagi suyuqlik hisoblanadi. Moddalarning hujayra ichiga kirishida hujayra ornanellalari, xususan, endoplazmatik to'r, Goldji kompleksi ham ishtirok etadi. Hujayralarning muhim fiziologik hususiyatlariga fatositoz, pinositoz, ta'sirlanuvchanlagi, hujayraning o'sishi, hayot sikli, differensiallanishi kiradi. Hujayra nazariyasi. Hujayra termini 1665 yilda R.Guk tomonidan fanga kiritilgan bo'lib, XIX asr boshlarida keng ko'lamda olib borilgan mikroskopik tadqiqot usullari natijasida o'simlik va hayvon organizmlari hujayraviy tuzilishga ega ekanligi to'la isbotlandi. Hujayra tuzilishini o'rganishga YA.Purkinye, I.Myuller maktablari katta hissa qo'shdilar. Hujayra nazariyasining ochilishiga nemis olimlari T.Shvann, M.Shleyden katta hissa qo'shdilar. 1939 yilda I.Myullerning shogirdi nemis zooligi T.Shvanning ‘‘Hayvon va o'simliklarning o'sishi va tuzilishining munosibligiga doir mikroskopik tadqiqot’’ chiqdi. Bu kitobda hujayra nazariyasining asoslari, to'qimani hujayralardan tashkil topganligi, hujayralar umumiy rivojlanishi prinsipiga ega ekanligini, har bir hujayra mustaqil rivojlanishi mumkinligini ko'rsatib o'tdi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 105-a guruh 1-bosqich talabasi Xurramova Dilafruzning Gistologiya fanidan tayyorlagan taqdimoti
|