|
A). Hujayra ustki yuzasining maxsus strukturalariga mikrovorsinkalar, kipriklar misol bo'ladi
|
bet | 3/11 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 476,2 Kb. | | #240686 |
Bog'liq 1-mavzuA). Hujayra ustki yuzasining maxsus strukturalariga mikrovorsinkalar, kipriklar misol bo'ladi. B). Qo'shni hujayralar yon yuzasidan maxsus tuzilmalar, oddiy va zich birikishlar, desmosomalar tirqishli tutatishlar, sinapslar va sinaptik birikishlar, interdegitasiyalar kiradilar. V). Bazal plazmatik membrananing maxsus tuzilmalari: burmalar, gemidesmasomalar va boshqalar. Hujayra organellalari ikki xil bo'lib, bularga doimiy va maxsus organellalar kiradi. Hujayraning doimiy organellalar maxsus tuzilishga ega bo'lib, ma'lum bir vazifalarni bajaradilar. Bularga mitoxondriyalar, endoplazmatik to'r, ribosoma, polisoma, Goldjining kopleksi, lizasoma, mikronaycha, sentrasoma, peroksisoma va fibrillyar tuzilmalar kiradi. Organellalar tuzilishiga qarab membranali va membranasiz hujayra organellalariga bo'linadi. Membranali hujayra organellalariga mitoxondriya, endoplazmatik to'r, plastinkasimon kompleks (Goldji kompleksi) lizasoma va peroksisomalar kiradi, chunki, ularning tuzilishida elementar biologik membrana ishtirok etadi. Membranalar asosan oqsil, lipid va suvdan tashkil topgan bo'lib, bu hujayraning ichki tuzilmalarining membranalari oqsil va lipid tarkibining o'zgarishi bilangina farqlanmasdan, ularning tarkibiga kiruvchi molekulalarning joylashishi va ultrastrukturasi bilan ham farqlanadi. Membrananing bunday o'ziga xos tuzilishi ularning funksiyasi bilan bog'liqdir. Membranasi bo'lmagan hujayra organellalariga ribosoma, polisoma, mikronaycha, senrosoma, kiprikchalar, xivchin va fibrillyar tuzilmalar kirib, turli xil tuzilishga ega va spesifik funksialarni bajaradilar. Ribosomalar alohida tuzilmalar bo'lib, ular ko'pincha endoplazmatik to'r bilan kompleks hosil qiladilar. Mitoxondriyalar barcha hayvon va odam hujayralarida bo'lib, uni birinchi marta 1898 yilda Benda tomonidan berilgan bo'lsada, Fleming (1882) va Altman (1890) boshqa nom bilan bu organellani undan ilgariroq ta'riflab berganlar.
|
| |