• Orta guruhda olib borilayotgan talim tarbiya jarayoni, talim faoliyatida ilg’or pedagogik texnologiyalar va talimiy oyinlardan foydalanish va ularni yaxshilash boyicha tavsiyalar
  • 3. Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari.
  • Toshkent viloyati bo’ka tumani dmmtt tashkiloti o’rta guruh tarbiyachilari shotemirova dilbar va mansurova maftunalarning o'rta guruhda olib borilayotgan ta'lim tarbiya jarayoni




    Download 12,41 Mb.
    Sana25.01.2024
    Hajmi12,41 Mb.
    #145374
    Bog'liq
    talimiy o\'yin


    TOSHKENT VILOYATI BO’KA TUMANI DMMTT TASHKILOTI O’RTA GURUH TARBIYACHILARI SHOTEMIROVA DILBAR VA MANSUROVA MAFTUNALARNING O'RTA GURUHDA OLIB BORILAYOTGAN TA'LIM TARBIYA JARAYONI, TA'LIM FAOLIYATIDA ILG’OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR VA TA'LIMIY O'YINLARDAN FOYDALANISH VA ULARNI YAXSHILASH BO'YICHA TAVSIYALAR TO’G’RISIDA MUSTAQIL ISHI



    O'rta guruhda olib borilayotgan ta'lim tarbiya jarayoni, ta'lim faoliyatida ilg’or pedagogik texnologiyalar va ta'limiy o'yinlardan foydalanish va ularni yaxshilash bo'yicha tavsiyalar
    1. Maktabgacha pedagogikaning predmeti va uning vazifalari.
    2. Maktabgacha tarbiya pedagogikasining boshqa fanlar bilan bog’liqligi.
    3. Pedagogik ilmiy tadqiqot metodlari.
    Maktabgacha pedagogikaning predmeti va uning vazifalari Insonni har tamonlama barkamol etib tarbiyalash, xalqimizning azaliy orzusi bo’lib, ajdodlarimiz ma'rifat, ma'naviyat va madaniyat qanday qilib yosh aviodga o’rgatish - ularni komillikka etaklash yo’llari, qonun-qqidalarini muttasil izlaganlar. Bu esa pedagogika fanini maydonga kelishiga sabab bo’lgan. CHunki insonni ma'rifatli va ma'naviy komillikka erishishi pedagogika fanining etakchiligida amalga oshiriladi. Pedagogika - grekcha so’z bo’lib, «bola etaklovchi» - ma'nosini bildiradi. Insonlarni ma'rifiy va ma'naviy barkamollikka munosabatlarni o’zgartirib borishi natijasida pedagogika fani xalq orasida o’z mavqeiga ega bo’Idi. SHu tariqa insonni tarbiyalovchi fan sifatida pedagogika dunyoviy fanlar tizimi qatoridan alohida o’rin egallagan. Uning bosh masalasi tarbiyadir. Bundan uch ming yillar ilgari Zardushtiyiik dinining muqaddas kitobi «Avesto»da ta’Iim-tarbiya masalalariga katta ahamiyat berilgani holda, uning ibodatxonalari qoshida maktablar tashkil etilib,

    kohinlar tomonidan bolalarning ta'Iim-larbiya tizimi ishlab chiqilgan. Bu ta'limlarbiya tizimi quyidagi tarlibda amalga oshirilgan: diniy va axloqiy tarbiya, jismoniy tarbiya, o'qish va yozishga o'rgatish. Ota-bobolarimiz azal-azaldan bola tarbiyasiga alohida e'libor qaratganlar. Imom al-Buxoriy, Iso at-Termiziy. Abu Rayhon Beruniy, Az-Zamaxshariy. Abdurauf Fitral. Abdulhamid - Cho’Ipon, Abu Ali Ibn Sino. Alisher Navoiy singari ulug' olimu adiblar, fozilu-fuzalolar ta'lim-tarbiya borasida ko’p asarlar bitganlar. SHarq pedagogikasining asoschilari Abu Nasr Farobiyning «Fozil odamlar shahri», Yusuf Xos Xojibning «Qutadg’u bilig» asari, Alisher Navoiyning «Maxbub ul-qulub»i. Kaykovusning «Qobusnoma»si kabi asarlar bunga dalildir. Mazkur ta'limiy asarlarda inson shaxsini ma'naviy kamolga etkazish yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash asosidagina amalga oshirish mumkin, degan g’oya ilgari surilgan. Haqiqiy bilimga asoslangan ta'limiy uslub shakllanadi. natijada ta'lim-tarbiya olimlar diqqat markazida bo’ldi. Farobiy ta'lim-tarbiyaga bag'ishlangan asarlarida inson takomilida ta'limtarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e'tibor berish zarurligi. ta'lim-tarbiya usul va usiublari haqida fikr yuritilgan. «Fozil odamlar shahri», «Baxt saodatga erishuv to’g’risida», «Ilmlarning kelib chiqishi» kabi maorifiy asarlarida olimning tarbiyaviy qarashlari o'z ifodasini topgan. Abu Rayhon Beruniyning bilimlarni egallash yo’llari haqidagi fikrlari hozirgi davr»uchun ham dolzarbdir. O’quvchiga bilim berishda ularni zeriktirmaslik, uzvtiylik, izchillik va hokazolarni e'tiborga olish kerakligini uqtiradi. Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta'kidlaydi. Bu hozirgi zamon pedagogikasida e'tirof etiluvchi irsiyat, muhit va tarbiyadir. Ibn Sino insonlarni kamolotga erishishining birinchi mezoni sanalgan bilim egallashga da'vat etadi. Bilimsiz kishilar johil bo’Iadi, ular haqiqatni bila olmaydilar, ular etuk bo’lmagan kishilar deydi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni engildan og'irga borish orqali bilim berish, olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi, bilim berishda bolani qiziqishi va qobiliyatlarini hisobga olish, o'qitishni jismoniy mashqlar bilan olib borish kerakligini uqtiradi. Pedagogik fikrni rivojianishida rus pedagogi K.D.Ushinskiyning pedagogik. nazariy qarashlari «Inson tarbiya predmeti si&tida» degan mukammal asarida bayon qilib berilgan. «Ona tili», «Bolalar dunyosi» kitoblari barchaga yaxshi ma lum bo’lib. u ta'limning ko’rgazmaliligi, ongli va uzviy olib borish masalalarini ishlab chiqdi. Pedagogika fan sifatida rivojianishida chex pedagogi, olimi YAn Amos Komenskiy (1592-l670)ning hissasi katta bo’ldi. Lining «Buyuk didaktika» asari haqii ravishda pedagogika sohasida yaratilgan birinchi ilmiy asar hisoblanadi. Undan tashqari «Onalar maktabi» degan maktabgacha tarbiya qo’llanmasi va bir qancha kitoblari diqqatga sazovordir. Komenskiy o’zining pedagogik nazariyasida tarbiyaning tabiatga uyg’un boTishi to’g’risidagi tushunchani ilgari suradi. Pedagog bolani tarbiyalaganda, bog’bon daraxtning biologik o’sish qonuniyatini hisobga olgani kabi, undagi tabiiy bilish xususiyatlarini hisobga olishi shart, deydi. Komenskiy o’qishga hammaning tortilishini, hamma umumta'lim olishi kerakligini uqtiradi.

    «Ta'lim to’g'risida»gi Qonun, «Kadriar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilinganiga qadar ham biz maktabgacha tarbiya to'g’risida fikr yuritib kelganmiz. Bugun esa bu masalaga yangicha yondashmoqdamiz. Zero dasturimiz talablariga asosan maktabgacha ta'lim turi - bolani maktabga tayyorlash bilan birga, uni sog’lom bo'lib o'sishini ta'minlaydi, muntazam ta'lim olishga tayyorlaydi, unda o'qishga intilish hissini uyg’otadi. Keyingi yillarda maktabgacha ta'lim muassasalarining yangi tarmog’i shakllanib bormoqda. Misol tariqasida oilaviy ta'Iimning ko'rinishlaridan biri «Xonadon bog'chasi», «Bolalar bog’chasi, boshlangMch maktab» majmualarini keltirish mumkin. Bolalarga xoreografiya, tasviriy va musiqa s3n'ati, kompyuter savodxonligini o’rgatuvchi guruhlar soni kundan-kunga ko'payib bormoqda. Bularning hammasi maktabgacha yoshdagi farzandlarimizni «Kadriar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tarbiyalash uchun shart-sharoit yaratmoqda. «Ta'lim to’g'risida»gi Qonunning 11-moddasi maktabgacha ta'Iimga bag'ishlanadi. Maktabgacha ta'lim shaxsni sog'lom va etuk qilib tarbiyalab, maktab ta'Iimiga tayyorlaydi. Bu ta'lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog'chasida olib boriladi. «Kadriar tayyorlash milliy dasturi» hamda «Sog’lom avlod» davlat dasturini hayotga tatbiq etishga yo’naltirish maqsadida «Uchinchi ming yilikning bolasi» tayanch dasturi yaratildi. «Uchinchi ming yilikning bolasi» tayanch dasturida bolalarni rivojiantirish va maktabga tayyorlash jarayonini quyidagi uch yo’nalishda amalga oshirilishi lozim: 1. Bolalarni jismoniy rivojiantirish. , 2. Bolalarni nutqi va tafakkurini rivojiantirish. ^ 3. Bolalarni ma'nan rivojiantirish. 2008 yil 28-sentyabrda XTB xay'at yigilishining 10/4 qarori bilan takomillashtirilgan maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari tasdiqiandi.

    Bu Davlat talablarini amaliyotga joriy etish zarurati “Bolajon” tayanch dasturini ishlab chiqishga sabab bo'ldi. YAngi takomillashtirilgan tayanch dasturi maktabgacha yoshdagi bolalarga 4 yonalishda ta'lim tarbiya berish maqsadini ko'zda tutgan: TJismoniy rivojiantirish, o'z-o'ziga xizmat va gigiena. 2.Ijtimoiy xissiy rivojiantirish. 3. Nutq, o'qish va savodga tayyorlash. 4. Bilish jaiayoni, atrof-olam to'grisidagi tasawurlaiga ega bo'lisli va anglash Maktabgacha ta'lim pedagogikasi ijtimoiy tarbiya tajribasini sinchkovlik bilan o’rgandi. Bu esa maktabgacha ta'lim muassasalari ishini takomillashtirishga yordam beradi. Quyidagi sxemada maktabgacha ta'lim pedagogikasining predmeti ko’rsatib o’tilgan:
    Bola tugMIgan kundan boshlab, uni maktabga borgunga qadar bo’lgan davrda bar tomonlama etuk barkamol etib tarbiyalash qonuniyatlarini o’rganish maktabgacha ta'Iim pedagogikasining muvzuidir. U maktabgacha ta'lim muassasalari va oilaning tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishi birligini. maktabgacha ta'lim muassasasi va maktab ishid^gi aloqadorlikni, bolalami maktabda o’qishga tayyorlashni ta'minlab, ijtimoiy malftabgacha tarbiya sharoitida tarbiya va ta'lim berish ishlarining vazifalarini, tamoyillarini, mazmunini, metodlarini, shakllarini va uni tashkil etishni ishlab chikdi. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi pedagogika fanlar tizimida uning ajralmas qismi boMib shakllandi.

    Maktabgacha ta'lim pedagogikasining nazariyasi va amaliyoti maktabgacha yoshdagi bolalarga har tomonlama tarbiya berishning maqsadi, bolaning imko«iyatlari va uni ilk yoshdan boshlab tarbiyalashning roll, maktabgacha tarbiyani hayot. zamon bilan bogMab olib borishning zarurligi, bola shaxsining shakllanishida ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ahamiyatiga asoslanadi. Pedagogika fani tarbiyani pedagogik xodisa sifatida o’rganib, bir qator tushunchalarni o'z ichiga oladi. Pedagogikada tarbiya, la'lim, ma’Iumot asosiy tushunchalar hisoblanadi.

    «SHaxs» - Icadrlar tayyorlash tizirpining bosh sub'ekti va ob'ekti. ta'Iim sohasidagi xizmatlaming iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchidir. SHaxs - muayyan jamiyatning a'zosidir. SHaxsning kamol topishida va uning xulqida ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha ham bir xil boMavermaydi. CHunki uning xulqiga, munosabatlariga vaziyat ham ta'sir etadi. SHaxsning kamolga etishida nasl-irsiyat, ijtimoiy muhit, ta'lim-tarbiya muhim ahamiyatga ega. SHaxs qaysi jamiyatda yashasa, o’sha jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga asoslanib kamol topadi. Har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo’ladi.


    v
    U o'zining .xarakteri, qiziqishi, qobiliyati, aqliy rivojianganlik darajasi, ehtiyoj va mehnat faoliyatiga munosabati bilan farqianadi. Rivojianish kishidagi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo’lib, u barcha tug’ma va ^allangan miqdor va sifat o’zgarishlarini o’z ichiga oladi. Jismoniy rivojianish bo’yicha o’sishi, vazinning ortishi, sezgi a'zolarini mukammallashuvi, harakatlarni to’g’ri boshqara bilish bilan bog’likdir. Ruhiy rivojianishda esa kishi shaxsidagi psixologik sifatlar va belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish Jarayonida muhim o'zgarishlar ro'y beradi. Bolaning ijtimoiy rivojianishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning xulqida, tevarak-atrofga bo’lgan munosabetida namoyon bo’ladi. SHaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirish, ta'lim-tarbiya berish orqali amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga keladi. Bolalar egallashlari lozim bo’lgan mazmunni tanlash, uning egallab olishiga rahbarlik qilish kattalar tomonidan ta'lim-tarbiya jarayonda amalga oshiriladi. Tarbiya va ta'limning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning rivojianish jarayoni ularning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi. Keyingi yosh guruhlarda maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi, moslashishi ancha oshib boradi. SHunga muvofiq tarzda ta'lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari o’zgaradi. Bolalarning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojianish darajasi ular bilan olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi. Ijtimoiy-tarixiy tajribani o’zlashtirish faol ish jarayonida yuz beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Tarbiya jarayonidagi faollik asosida faoliyatning har xir turlari shakllanadi. Ta lim-larbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar birdaniga o'zlashlirib olmaydilar. iilarni bolalar tarbiyachi rahbarligida sckinasta cgallab boradilar. Bolalar hayotining birinchi yilidanoq I'aoliyatning eng oddly turlari undagi shaxsiy qobiliyallar. xususiyallar, tevarak-atrofga ma'lum bir munosabatning shakllanida asos bo'lib xizmat kiladi. Masalan, kattalarning bolalar bilan bo’ladigan hissiy. hissiy-predmetli munosabatlaridanoq bolada dastlabki ijlimoiy talabni vujudga kcitiradi, dastlabki harakat va tasavvurlar, ta'surotlar shakllana boshlaydi. Harakat usullarini cgallab borish orqali bolada t'aollik rivojianadi. Ammo I'aollikning qay darajada rivojianib borishi irsiyalga hamda taqlidchanlik qobiliyatiga bog'liq. Bola hayotining dastlabki yillarida kattalar bilan bo’ladigan munosabati Va narsu-buyumlar bilan bajargan harakati asosiy Faoiiyat turi hisoblanadi. Bola bilan muomala kilish orkali kattalar ularni asta-sekin buyumlar olamiga olib kiradilar. Mana shu yul bilan bola buyumlar bilan bo’ladigan Taoliyatning o'ziga xos tomonlarini cgallab boradi. 2.5 yoshdan key in buyumlar bilan bo’ladigan laoliyatda bolalar ancha yuqori ko’rsatkichlarga erishadilar va ularning o'yin hamda tasviriy faoliyatga o’tishlari uchun asos varatiladi. Kattalar tomonidan tashkil etilgan muomala munosabatlarida. t'aoliyatlarda o’z4)'zini anglab olishning dastlabki shakllari shakllanadi. Mashg'ulotlardagi o'quv faoliyati orqali bolalar tevarak atrofidagi tabiat to'g'risidagi. ijtimoiy hayot, kishilar to'g’risidagi bilimlarni o'zlashlirib oladilar. SHuningdek ularning aqliy va amaliy bilimlliri kengayib boradi. Agar ta'lim jarayonida 3-4 yoshli bolalar diqqati tabiat, kishilar to’g’risidagi konkrcl faktlarga qaratilsa, 5-6 yoshli bolalarga ta'lim berishda a.sosiy e'libor muhim bog’likliklar va munosaballarga, ulardagi oddiy tushunchalarni shakllantirishga qaratiladi. Bular orqali bolalarda tushunarli tafakkur rivojiantiriladi. Kichik maktab yoshidagi bolalar uchun o’qish asosiy faoiiyat bti'lib qoladi va bu faoliyalni bolalar ijtimoiy ahamiyalli Faoiiyat deb anglay boshlaydilar.

    Bola o’zini maktab o'quvchisi deb tushuna boshlaydi. Demak, bolani tarbiyalashda, uning rivojianishida faoiiyat etakchi rol o’ynaydi. Slluning uchun ta'Iim-tarbiya muassasalarida va oilada bolaning hayotini u turli tuman f'aoliyatlar bilan shug'ullana oladigan qilib tashkil ctish kerak. Bunga albatta. bolalar faoliyalining mazmunini boyitib borish, yangi bilim malakalarni singclirish mustaqilligini rivojlantirish bilan erishiladi. Odam shaxsini shakllantirish bu tevarak-atrofdagi dunyoga. tabiatga, mchnatga, boshqa odamlarga va o’ziga munosabat sislemasini izchil o'zgartirish va murakkablashtirishdir. Bu uning butun hayoti davomida ro'y beradi. Bunda boialik va o’smirlik yoshi ayniqsa miihimdir. Odamning shaxs sifatida rivojlanishi uning jismoniy va ma'naviy kuchlari birligida bar tomonlama va yaxlit amalga oshiriladi. Dunyoqarash, e'tikod, ma'naviy sifatlar, his-tuyg’ular (burch. vijdon, mas'uliyat, muhabbat) madaniyati aniq tarixiy ijtimoiy sharoitda yaratiladi va shaxsning shakllanishiga ta'sir. etadi. SHaxs faoliyati muomalada shakllanadi hamda rivojlanadi. Agar odam ijtimoiy laoliyatning lurli xillarida: o’quv, ishlab chiqarish faoliyati va hokazolarda ishtirok etsa, bu faoliyat shaxsni rivojianliradi. lekin faoliyat odamni u yoki bu ijtimoiy munosabatlardan chegaralab qo’ysa, u yo shaxsning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, yoki uning rivojlanishini buzadi. SHaxsning etakchi xususiyatlari shaxsga, uning ichki dunyosiga tashqi ta'sir natijasida rivojlanadi. SHaxsning ma'naviy hayot mazmuni - bu shaxsning o’z ichki ishining yakuni bo’lib, bu Jarayonda tashqi ta'sirlar qayta ishlanadi va o’zlashliriladi. Odamning rivojlanishi - bu miqdor va sifat o’zgarishi, eskining yo’q bo’lishi va yangifting vujudga kelishi Jarayoni bo’lib, uning manbai va harakatlantiruvchi kucPtlari shaxsning ham tabiiy, ham ijtimoiy tomonlarining ziddiyatli o'zaro aloqasida yashiringandir. Odamning tabiiy tomoni uning butun umri davomida rivojlanadi va o’zgaradi. Bu rivojlanish va o’zgarishlar yosh xususiyatiga ega bo’ladi. SHaxsning ijtimoiy rivojlanish manbai shaxs bilan Jamiyatning ziddiyatli o’zaro aloqasida yashiringandir. Maktabgacha pedagogika fani bu ziddiyatli o’zaro aloqani ochib tashlaydi va ulardan shaxsni shakllantirish uchun foydalanadi. Jumladan, bolaning odamlar hayotida ishtirok etish ehtiyoji bilan u intilishni amalga oshirish imkoniyatlari o’rtasidagi ziddiyat faoliyat sifatida o’yinning vujudga kelishi va rivojlanishiga hamda bolalardagi o’yin faoliyatida ijtimoiy xulq-atvor shakllari, ijtimoiy munosabatlar va hokazolarning shakllanishiga olib keladi. SHaxsni shakllantirish tarbiya Jarayonida ro’y beradi, inson tarbiyasi uning xalq baxt-saodati yo’lidagi bunyodkorlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, sotsial-iqtisodiy vazifalarini hal etishda namoyon bo’ladi. Maktabgacha pedagogika tarbiyani ctakchi omit deb qaraydi. chunki bu to'pJangan ijtimoiy tajribani etkazish uchun yosh aviodga ta'sir ko'rsatishning maxsus uyushtirilgan sistemasidir. U oilada, bolalar bog’chasida, maktabda, mehnat Jamoalarida amalga oshirilib, turmushni, faoliyatni, muomalani tashkil etishga qaratilgandir. SHaxsni shakllantirishga m uhit- ijtimoiy va tabiiy muhit katta ta'sir ko'rsatadi. Ijtimoiy muxit shaxsni rivojlantirishda ustun ahamiyatga ega: ishlab chiqarishnmg taraqqiyut darajasi va ijtimoiy munosabatlar xususiyati kishilar faoliyati va dunyoqarashi xususiyatini belgilab beradi. Tabiiy muhit (iqlim sharoitlari, o'simliklar, hayvonot dunyosining ahvoli) ham shaxsning shakllanishiga ta'sir ko’rsatadi. Jamiyat tabiiy boyliklami muhofaza Icilib va ko’paytirib, kishilarini xayvontami, o’simliklami, suv havzalarini va bokazolami muxofaza etishga jalb kiladi, tabiat bilan faol muloqatda bo lish uchun keng imkoniyatlar yaratadi, bu esa o’z navbatida odamga har tomonlama ta'sir ko’rsatadi. Irsiyat nishonalari shaxsni shakllantirishning ob'ektiv omillariga kiradi. Odamlar organizmdagi anatomik tuzilishni, flzioiogik harakatni, nwdda almashinuvi tipini. asab sistemasi tipi va qayishqoqligini (bula^ uning atrof-muhit ta'siriga beriluvchan qilib qo’yadit, asab reaktsiyalari jo’shqinligi va tezligini meros qilib oladilar. Asosiy shartsiz reflekslar ham, xilma-xil faoliyat turlariga qobiliyatning alohida anatomikfiziologik asoslari - qobiliyat nishonalari ham meros bo’ladi. Irsiyat qonunlari to’g’risidagi fan - genetika odamlarda yuziab turli kobiliyat nishonalari - mutlaq cshitish, favquiodda ko’rish xotirasi, g’oyat tez ta'sirlanishdan tortib nodir matematik va badiiy iste'dodgacha mavjud bo’lishini nazarda tutadi. « 2. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning roli * Tarbiya - inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi omillardan hisoblanadi. Tarbiya - aniq maqsadlarga ko’zlab sistemali ravishda, insonda ijobiy fazilatlami tarkib toptirishi yo’lida tarbiyachi rahbarligida amalga oshirib boriladi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va uni natijasi irsiyat va muhit kabi omillaming hamkorligi bilan belgilanadi. 1. Tarbiya ta'sirida muhit ta'siri bera olmagan fazilatlar o’zlashtiriladi, ya'ni bilim, ma'Iumot egallanadi. 2. Tarbiya tufayli tug’ma kamchiliklar ham o’zgartirilib, shaxsni kamolga etkazish mumkin. Masalan, ko’rlar, gunglar ham o’qitilib, sog’lom kishilar qatori hayotga tayyorlanadi. 3. Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini bartaraf etish mumkin. 4. Tarbiya doimo kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta'Iim sharoitida insoniyatning ijtimoiy-tarixii tajribasini o’zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat turlarida ro’y beradi. Natijada bola o’zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy munosabatlari sistemasiga kiradi. Bolaning ijtimoiy tajribani o’zlashtirish tajribasi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir tomondan, mazmun, hajm va umumlashtirish darajasi jihatidan murakkab bo’lgan insoniy tajribani o’zlashtirishi кегак, ikkinchi lomondan, u тагкиг tajribani o'zlashtirish usullarini hali egallamagan bo'ladi. Tarbiya va ta'Iim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushunarli bo'lgan mazmunni tanlaydi, uning o’zlashtirishiga rahbarlik qiladi. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning etakchilik roli shu bilan belgilanadi. Bunda bolaning ruhiy-fiziologik imkoniyatlari, ularning jo’shqinligi hisobga olinadi. SHu munosabat bilan tarbiya jarayonining o'zi doimiy bo'lib qolmaydi. U o'zgarib boradi; uning mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari o'zgaradi, o’sayotgan odam shaxsiga ta'sir ko’rsatish usullari tobora xilma-xil bo’lib boradi. Tarbiyaning o’zgarishi. bolaning «eng yaqin rivojianish zonalari» (L. S. Vigotskiy) bilan bog’lik bo’lib, ular ancha murakkab mazmundagi bilimlar, ko’nikmalar, faoliyat turlari va hokazolarni o’zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoniyatlar paydo bo’lishi bilan ajralib turadi (masalan, emaklashdan keyin yurish; bijir-bijirdan keyin faol nutqni o’zlashtirish; ancha miqdordagi tasavvurlarga ega bo’lgandan keyin tushunchalar darajasidagi bilimlarni o’zlashtirish; buyum asosidagi o’yin, mehnat faoliyatining vujudga kelishi va hokazo). Tarbiya va ta'Iim «eng yaqin rivojianish zonasi»ga asoslanib. bugungi rivojianish darajasidan oldinda boradi va bolaning rivojlanishini olg’a harakatlantiradi. Odam shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichdan o'tadi. Har bir navbatdagi bosqich avvalgisi bilan mustahkam bog’liq bo’ladi, awal erishilgan bosqieh yanada yuqoaroq, bosqichning tuzilishiga uzviy tarzda qo’shiladi. Ilk yosh bosqichida shakllanadigan rivojianish odam uchun vaqtincha emas, doimiy ahamiyatga ega bo’ladi. Mazmun, metodlar, tashkil etish shakllari aloqadorligi birinchi bosqichdan oxirigacha tarbiyaning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli ko’zi ojiz va kar bolalar uchun mo’ljallangan jamoat muassasalarida ayniqsa aniq namoyon buladi. Bunday bolalar uchun ishlab chiqilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat faoliyatiga tayyorlashni ta'minlaydi.

    O ’yinning bola faoliyati sifatidagi mohiyati va о ’ziga xosligi
    O’yin inson o’zligining namoyon bo’lishi, uning takomillashuv usulidir. O’yin kattalar hayotida muayyan o’rin tutar ekan, u bolalar uchun alohida ahamiyatga egadir. Uni «bolalikning hamrohi» deb atash qabul qilingan. U maklabgacha yoshdagi bolalar hayotining asosiy mazmunini tashkil etadi. Mehnat va ta’Iim bilan uzviy aloqada bo’lgan holda etakchi faoliyat sifatida namoyon bo’ladi. Bola shug’ulanadigan ko’pchilik jiddiy ishlar o’yin shaklida bo’ladi. O’yinda shaxsdagi barcha mavjud Jihallar ishga tushadi; bola harakat qiladi, gapiradi. idrok etadi, o'ylaydi. O’yin tarbiyaning muhim vositasi sifatida namoyon bo’ladi. O’yin qadim zamonlardan beri pedagog, psixolog, faylasuf, etnograf. san'atshunos olimlar diqqatini o’ziga tortib kelgan bo’lib, jamiyat hayotida mehnatdan keyin turadi va uning mazmunini belgilaydi. Ibtidoiy jamoa qabilalari o’z o'yinlarida ovchilik, urush, dexqonchilik ishlarini aks ettirganlar. Masalan, o’sha davrdagi ba'zi qabilalarning sholi sepish jarayoni o’yinlar bilan juda katta tantana qilib amalga oshirilar edi.
    YA.A.Komenskiy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko, P.F.Lestgaflarning g’oyalari hozirgi zamon bolalar o’yinlari nazariyasi uchun ham ahamiyatlidir. «Bolalar o’yini ko’p asriik tarixga ega- deb yozgan edi K.D.Ushinskiy, - insonning o’zi tomonidan ishlab chiqilgan qudratli tarbiyaviy vosita va shuning uchun ham unda inson tabiatining haqiqiy ehtiyoji ifodalangan». YAn Amos Komenskiy o’yinni bola faoliyatining, uning tabiati va mayllariga to’g’ri keladigan zarur shakli deb hisoblardi. Uning fikricha o’yin - bolaning barcha qobiliyat ko’rinishlari rivojlanadigan jiddiy aqliy faoliyatdir, o’yinda borliq, dunyo haqidagi tasavvurlar doirasi kengayadi va boyidi, nutq rivojianadi. Bola o’vin davomida tengqurlari bilan do'stlashadi. YA.A.Komenskiy o'yinga quvnoq bolalik va bolani uyg un rivojianish sharti sifatida qarar ekan. kattalarga bolalar o’yinlariga e tiborli munosabatda boMishni, ularga oqilona rahbarlik qilishni masalahat bergan edi. P.F.Lestgaft bolalar o’z o'yinlarida tevarak-atrofdan olgan lasurotlar'mi aks eltiradilar. deydi. Sunday faoliyat bolaning rivojlanishida katta ahamiyatga egadir. SHunday qilib o’yinning ijtimoiy voqea ekanligini, o'yinda tevarak-atrofdagi borliq aks ettirilishini ilg’or olim va pedagoglar o’zlarining kuzatish va ilmiy tadqiqollari orqali isbotlab berdilar.
    Tarbiyachilar bolalar o’yiniga rahbarlik qilishda quyidagilarga rioya qilishi lozim. 1. o'yin bilan mehnat o'rtasida to'g’ri munosabat o'rnatish 2. o’yinda bolalarning bo’lajak mehnal axiiga xos bo'lgan jismoniy va ruhiy sifatlarini tarbiyalash. SHu tariqa o’yin tarixiy taraqqiyot jarayonida mehnat faoliyati natijasida paydo bo'lgan ijtimoiy faoliyatdir; o’yin doimo haqiqiy hayotni aks ettiradi. Demak. ijtimoiy hayot o’zgarishi bilan uning mazmuni ham o’zgaradi; o’yin ma'lum maqsadga yo’naltirilgan ongli faoliyat bo’lib, uning mehnat bilan ko’p umumiyligi bor va yoshlarni mehnatga tayyorlashga hizmat qiladi. O'yin faoliyati asosida bolad^i o’quv faoliyati rivojianadi, bola qanchalik yaxshi o’ynasa, u maktabda shuncnalik yaxshi o’qiydi. ^Ik yoshli bolalar o’yin faoliyatining birinchi bosqichi tanishtiruvchi o’yin bo’lib, u narsa-buyum-o’yin faoliyatidir. Uning mazmuni qo’l ishidagi murakkab va nozik harakatlardir. Keying! bosqich aks ettirish o’yini hisoblanadi. Bu ilk yoshli bolalar o’yini psixologik mazmunining rivojlanishida eng yuqori nuqta hisoblanadi. Kattalar ta’limtarbiyaviy ishlarini ma'lum izchillik bilan olib borsalar, bu yoshdagi bolalar narsa va buyumlar nomini, nimaga ishlatilishini bilib oladilar va bu yangi bilimlarni o’z o’yinlarida qo’llay boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalar o’yini mazmuni jihatidan predmetli faoliyatni aks ettiradi. Birinchi yoshning oxiri va ikkinchi yoshdagi bolalar o’yinida syujetni aks ettirish yuzaga keladi. Bola qo’lidagi buyum bilan undan qanday foydalanish keraqiigini aks ettiradi. Navbatdagi bosqich rolli o'yin bo’lib, unda bolalar o’zlaiiga tanish bo’lgan kattalar mehnati va qishilarning ijtimoiy munosabatilarini aks ettiradilar. Bolalar o’yin faoliyatining bosqichma-bosqich rivojlanishi to’g’risidagi ilmiy tasavvurlar har xil yosh guruhlarida bolalarning o’yin faoliyatiga rahbarlikning aniq sistemali tavsiyalarni ishlab chiqish imkoniyatini yaratdi. SHunday qilib MTMning pedagogik jarayonda o’yinning tutgan o’rni juda katta bo’lib, o’yindan maktabgacha yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berishda keng foydalaniladi. Zero: - o’yiin bolalarning mustaqil faoliyati bo’lib, unda bolaning ruhiyati namoyon bo’ladi; - o’yin maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar hayotini tashqil etish shaklidir;
    - o’yin bolalarni har tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir; - o'yin bolalarga ta'lim va tarbiya berishning metod va usulidir; - o'yin bolalarni o’quv faoliyaliga tayyorlash vositasidir. Taniqli pcdagog-olimlarning olib borgan tadqiqotlari o'yinga kompleks rahbarlik qilish orqali bolalarga o'yinning mazmuni, tashqil etilishi, tuzilishi. bolalarning axloqiy munosabatlari, bolalar o’yinining rivojianish darajasiga ta’sir etish mumkinligini ko’rsatdi. Bolalar o'yini uning mazmuni, xususiyati, tashkil etilishiga ko’ra xilma-xildir.

    Foydalanilgan adabiyotlar



    1. Maktabgacha ta’lim 2. kitobi

    Download 12,41 Mb.




    Download 12,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkent viloyati bo’ka tumani dmmtt tashkiloti o’rta guruh tarbiyachilari shotemirova dilbar va mansurova maftunalarning o'rta guruhda olib borilayotgan ta'lim tarbiya jarayoni

    Download 12,41 Mb.