• “Kontseptual jadval”
  • “Mantiqiy chalkash zanjir”
  • “Kichik esse” strategiyasi




    Download 1,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/72
    Sana14.12.2023
    Hajmi1,95 Mb.
    #119015
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   72
    Bog'liq
    kreativ-pedagogika-qullanma

    “Kichik esse” strategiyasi kichik hajmli, erkin bayon usuliga ega bo'lib, 
    o'rganilayotgan muammo yoki tahlil qilinayotgan masala yuzasidan shaxsiy 
    taassurot, tasavvurlarni ifodalashga xizmat qiladi. U talabalar tomonidan 
    o'rganilgan mavzu, muhokama qilinayotgan masala bo'yicha erkin fikr bildirish, 
    mazmun-mohiyatini qayta bayon qilish imkonini beradi. 
    Kichik esseni yaratishda talabalar mavzu g'oyalarini umumlashtirish
    tizimlashtirish, turkumlashtirish, xulosalarni bayon etish imkoniga ega bo'ladi. 
    “Klaster” metodi (“Klaster” – g'uncha, to'plam, bog'lam) puxta 
    o'ylangan strategiya bo'lib, uni talabalar bilan yakka tartibda, guruh asosida 
    tashkil etiladigan mashg'ulotlarda qo'llash mumkin. Klasterlar ilgari surilgan 
    g'oyalarni umumlashtirish, ular o'rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini 
    yaratadi. 
    “Kontseptual jadval” metodi talabalarni o'rganilayotgan mavzu (masala, 
    muammo)ni ikki yoki undan ortiq jihatlari bo'yicha taqqoslashga o'rgatadi. 
    Undan foydalanishda talabalarning mavzu yuzasidan mantiqiy fikrlash, 
    ma'lumotlarni tizimli bayon qilish qobiliyatlari rivojlantiriladi. 
    “Mantiqiy chalkash zanjir” strategiyasi tushunchalar, bildirilgan fikrlar 
    o'rtasida bog'liqlikni yuzaga keltirish, ularni mantiqiy jihatdan ketma-ketlikda 
    to'g'ri ifodalashga yordam beradi. Uning mohiyatiga o'qituvchi mavzuni 
    yorituvchi ma'lumotlarni to'g'ri va noto'g'ri tartibda bayon etadi. Talabalarning 
    vazifasi mantiqiy jihatdan noto'g'ri ifodalangan ma'lumotlarni to'g'ri dalillarga 
    aylantirish, yuzaga kelgan mantiqiy chalkashlikni tuzatish, fikrlarni muayyan 
    ketma-ketlikda to'g'ri joylashtirgan holda uzilgan zanjirni “ulash”dan iborat. 


    90 
    Pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishda turli didaktik, texnik va 
    axborot-kommunikatsion vositalardan ham samarali foydalanish mumkin. 

    Download 1,95 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   72




    Download 1,95 Mb.
    Pdf ko'rish