8
sinov
ishlari
samaradorligining
matematik-statistika
metodlari
tahliliga
asoslanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning
amaliyotda joriy etilganligi, olingan
natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan belgilangan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining
ilmiy ahamiyati o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish
texnologiyalari
modelidan ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, ta’limni innovatsion yondashuv
asosida
tashkil etish, dasturlar va taqvim ma’zuli rejani takomillashtirishda
foydalanish imkoniyatlari bilan izohlangan.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki,
ulardan maktabdan
tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar
va chora-tadbirlar dasturlarini tayyorlashda, umumiy o‘rta ta’lim mazmuni hamda
sifatiga qo‘yiladigan davlat
talablarini ishlab chiqishda, noan’anaviy usulda
mashg‘ulotlarni tashkil etishda, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar
yaratishda hamda
o‘quvchilarning maktabdan tashqari ta’limdan keyingi faoliyati samaradorligini
oshirishga xizmat qilishi bilan belgilangan.