• Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
  • “Innovatsion yondashuv asosida o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari”
  • Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi




    Download 1,38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet9/33
    Sana24.01.2024
    Hajmi1,38 Mb.
    #144836
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33
    Bog'liq
    avtoreferat 2

    Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 2 ta xalqaro 
    va 2 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan.
    Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. Dissertatsiya mavzusi bo‘yicha jami 
    16 ta ilmiy-metodik ishlar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya 
    komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya 
    etilgan ilmiy nashrlarda 4 ta maqola, 2 tasi respublikamizda va 2 tasi xorijiy 
    jurnallarda chop etilgan. 
    Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya ishi kirish, uch bob, xulosa, 
    foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati hamda ilovalardan iborat. Dissertatsiya hajmi 
    115 betni tashkil qiladi. 
    DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI 
    Kirish qismida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi asoslangan, mavzu 
    bo‘yicha xorijiy ilmiy-tadqiqotlar sharhi va muammoning o‘rganilganlik darajasi 
    bayon etilgan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, shuningdek, obyekti va predmeti 
    aniqlangan, tadqiqot ishining fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muhim 
    yo‘nalishlariga mosligi ko‘rsatilgan hamda tadqiqotning ilmiy yangiligi, natijalarning 
    ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, 
    e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi borasida ma’lumotlar keltirilgan. 
    Dissertatsiyani “Innovatsion yondashuv asosida o‘quvchilarning kasbiy 
    qiziqishlarini rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari” deb nomlangan birinchi 
    bobida texnologiya darslarida o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari rivojlantirishning 
    mazmuni, innovatsion yondashuv asosida o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini 
    rivojlantirishning 
    pedagogik-psixologik 
    asoslari, 
    o‘quvchilarning 
    kasbiy 
    qiziqishlarini rivojlantirishning uzviyligi va uzluksizligi masalalari yoritilgan. 
    O‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari rivojlantirish ongli va mustaqil ravishda 
    kasb-hunar tanlashlari uchun shart-sharoitlar yaratish, kasbiy qiziqishlarini 
    rivojlantirish, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga o‘rganishga jalb 
    etish ishlari samaradorligini ta’minlashning ta’sirchan vositalari va usullarini tatbiq 
    etish, o‘quvchining o‘zini o‘zi anglashi va o‘z-o‘zini rivojlantirishi, turli tadbirlarda 
    tajriba orttirish masalalarining ahamiyati o‘rganildi va ochib berildi. O‘quvchilarning 
    jamiyat hayotida munosib o‘rin topishi, iste’dod va qobiliyatini rivojlantirishi, 


    10 
    qiziqishlari asosida biror kasb-hunar sirlarini egallashida innovatsion ta’limning 
    imkoniyatlari katta ekanligi asoslab berildi. 
    O‘quvchilarning kasbiy qiziqishlari rivojlantirishning hozirgi va istiqboldagi 
    ustuvor vazifalari aniqlandi. O‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish 
    o‘zining mazmuni, mohiyati va vazifalariga ko‘ra, barcha tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy va 
    texnik bilimlarni umumlashtirib, mujassamlashgan holda amaliyotga tatbiq etishni 
    ko‘zda tutadi. Ana shu nuqtai nazardan qaralganda innovatsion ta’lim nazariyasi va 
    amaliyotining birligi o‘quvchilarning qiziqish va xohishlarini hisobga olgan holda, 
    o‘zining bilimlarini amaliyotga tatbiq eta olishlariga imkon yaratuvchi asosiy omil 
    hisoblanadi. Innovatsion yondashuv asosida o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini 
    rivojlantirishda tayanch kompetensiyalarni egallash muhim ahamiyat kasb etishi 
    asoslab berildi. Bu esa, o‘z navbatida, innovatsion ta’lim muhitida o‘quvchilarning 
    kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish tizimini kompetensiyaviy yondashuv asosida 
    ko‘rib chiqish va bu tizimning samaradorligini ta’minlovchi texnologiyalarni ishlab 
    chiqishga alohida e’tibor qaratishni taqozo etdi. 
    Hozirgi davrning o‘ziga xosligi shundaki, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 
    o‘quvchilarni kasbga qiziqtirish ishlarini chuqur va tizimli ravishda olib borish 
    an’anaga aylangan bo‘lib, o‘zbek olimlardan O‘.Q.Tolipov, S.A.Boltaboev va 
    D.N.Razzoqovlarning fikriga ko‘ra, “Kasb tanlashning maqsadini ijodiy hal etish 
    faqatgina pedagog va psixologlarning emas, balki fanning boshqa yo‘nalishlari 
    vakillarining ham muammosi hisoblanadi” deb izohlasa, R.H.Jo‘raev, Sh.S.Sharipov, 
    O.A.Qo‘ysinovlar sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilarni kasb tanlash va tanlagan 
    kasblarini 
    o‘zlashtirib 
    olishlarida 
    o‘quv-tarbiya 
    jarayonining 
    pedagogik 
    yo‘naltirilganligi bilan ta’minlanishini alohida qayd etgan. N.A.Muslimov va 
    R.G.Mullaxmetovlar kasbiy maslahat berishda o‘quvchilarning psixologik va shaxsiy 
    xususiyatlari u yoki bu kasbning o‘ziga xos xususiyatlariga mos bo‘lishini aniqlash 
    lozimligini ta’kidlaydilar. Rus olimi V.F.Afanasiev kasbiy qiziqishni “Tanlangan 
    hissiy-kognitiv munosabat va shaxsning muayyan faoliyatga, uni amaliy 
    o‘zlashtirishga intilishda ifodalangan yo‘nalishi” deb ta’riflagan. Kasbiy qiziqishga 
    berilgan ta’riflarni umumlashtirgan holda biz mualliflik ta’rifini keltiramiz: kasbiy 
    qiziqish – bu tanlangan yoki tanlanayotgan kasbiy faoliyatga qaratilgan kognitiv, 
    hissiy va irodaviy faoliyatni o‘z ichiga olgan aqliy xususiyatlar va holatlarning 
    murakkab majmui. Bizningcha, kasbiy qiziqish o‘quvchining ongli ravishda kasb 
    tanlashi va tanlangan soha bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash jarayoni 
    hisoblanadi. 
    Innovatsion yondashuv asosida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining 
    kasbga qiziqishi jarayonida tor yo‘naltirilgan kasbiy ixtisosliklar bo‘lmasligi, balki 
    o‘quvchining butun hayoti davomida o‘zini o‘zi kasbiy takomillashtirishga intilishi, 
    maqsadlarni mustaqil ravishda belgilash va ularga erishish bosqichlarini tashkil etish 
    qobiliyati bo‘lishligining pedagogik-psixologik xususiyatlari o‘rganib chiqildi. 
    Asosiy psixologik yo‘nalishlar orasida kasbiy o‘z-o‘zini anglashni o‘rganishda 
    quyidagilarni 
    ajratib 
    ko‘rsatish 
    lozimligi 
    aniqlandi: 
    kasb 
    tanlashdagi 
    qiyinchiliklarning shaxsiy muammolar bilan bog‘liqligi. Kelajakda kim bo‘lishni hal 
    qilish jarayonida bitiruvchining shaxsiy yetuklik darajasi, kelajak rejalarini belgilash 
    va o‘quvchini shaxs sifatida “o‘zligini topishi”da hayotiy maqsadlarni oldindan 


    11 
    bashorat qila olish ko‘nikmasini tarkib toptirish, kasbiy qiziqishlarini rivojlantirishda 
    o‘z qobiliyatlarni baholay olishi, o‘z taqdirini o‘zi belgilash, kasbiy o‘z-o‘zini 
    anglashda – tanlangan kasbga nisbatan o‘zining psixologik imkoniyatlari, ehtiyojlari 
    va moyilligini bilish, o‘z-o‘zini tarbiyalash xususiyatlarini o‘rganish asosida kasbiy 
    o‘zini o‘zi tayyorlashning amaliy ko‘nikmalarini o‘zlashtirish lozimligi. 
    Tadqiqotimizda bilishga intiluvchan, qiziquvchan, mantiqiy va kreativ 
    fikrlaydigan, kasbiy faoliyatini tasavvur eta oladigan, suhbatdoshini diqqat bilan 
    tinglaydigan hamda nostandart vaziyatlarda mustaqil ravishda harakat qiladigan, 
    o‘zining xatti-harakatlari uchun javob beradigan o‘quvchilarni tarbiyalashning 
    pedagogik imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, ta’lim tizimining tarkibiy 
    qismlaridagi sifat o‘zgarishlari natijasida mazmunli faoliyatning tashkiliy jihatlari, 
    umumiy va maxsus metodika, dasturlar, texnologiya hamda ijtimoiy hamkorlik 
    vositalarida o‘quvchilar qiziqishini rivojlantirishning innovatsion muhitini yaratish 
    lozim degan xulosaga kelindi. Innovatsion yondashuv yordamida respublikamizda 
    amalga oshirilgan ta’lim-tarbiyani rivojlantiruvchi tadqiqot tajribasi va natijalaridan 
    unumli foydalanish hamda innovatsion yondashuvi asosida muammolarni ijobiy hal 
    etish, kasbiy qiziqishlarni rivojlantirishga qaratilgan kasb tanlashga yo‘llash 
    faoliyatni amalga oshirish uchun aniq vositalarni taqdim etish zarur. 
    Innovatsion muhitda umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘quvchilarining kasbiy 
    qiziqishlari bevosita kasb tanlashda tanlash erkinligi va yo‘nalishlarining 
    o‘zgaruvchanlik tamoyillariga muvofiq amalga oshirilishi lozimligi, ta’limning 
    zamonaviy gumanistik paradigmasida shaxsni rivojlantirish, uning o‘z taqdirini o‘zi 
    belgilash, kasbiy jihatdan ijtimoiy moslashuv emas, balki qiymatli-semantik, o‘z 
    shaxsiy hayot mazmunini yaratish muhim ustuvor rol o‘ynashini tushunishni qaror 
    toptirish hisoblanadi. Kasbiy qiziqish nafaqat kasbning individual xususiyatlari va 
    sifatlarini hisobga olishga, balki shaxsning shaxsiy fazilatlari hamda kasb 
    talablaridagi o‘zgarishlarni ham hisobga olinishi asoslandi. 
    Shunga asoslanib, kasb tanlash holatini quyidagi tarkibiy qismlarga ajratish 
    lozim: jamiyat ehtiyojlarining umumiy va mintaqaviy tuzilishi; ijtimoiy makro va 
    mikro muhit; mazmunli va texnologik xususiyatlar majmui turli xil kasbiy faoliyat 
    turlari hamda ularga nisbatan jamiyatda shakllangan baholash munosabatlari; 
    psixologik, psixofiziologik va shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari; kelajakni anglash 
    darajasi va yo‘nalishi, kasblar dunyosi hamda kadrlarga bo‘lgan ehtiyojning ortishi. 
    Kasbiy qiziqish o‘quvchi shaxsining barqaror individual xususiyatlarini 
    shakllantirish va namoyon qilishida shaxsning o‘z o‘zini kasbiy anglashi, atrofdagi 
    ijtimoiy muhitning shaxsiyatiga ta’siri, shaxsning faol hayotiy pozitsiyasi bilan 
    aloqadorligi hisoblanadi. O‘zgaruvchan mehnat bozorida kasbiy qiziqishlarni 
    takomillashtirish muammosi pedagogik, psixologik va sotsiologik tahlildan kelib 
    chiqqan holda o‘zi yo‘lini o‘zi tanlashda ongli harakat hamda kasb tanlashda 
    ijtimoiy-madaniy muhit yaratish lozimligi kasbga qiziqtirishning ijtimoiy pedagogik 
    va psixologik tuzilmasida aks ettirilgan (1-rasm). Ushbu tuzilmaning tuzilishini 
    konstruktivligi, bizning fikrimizcha, tizimlashtirish yutuqlarini hisobga olgan holda 
    amalga oshirilishi, tizimni tashkil etuvchi omillarni taqsimlash va yuqori tizim hamda 
    quyi tizim o‘rtasidagi ierarxik munosabatlarni bog‘lash lozimligi haqida hulosaga 
    kelindi. 


    12 

    Download 1,38 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   33




    Download 1,38 Mb.
    Pdf ko'rish