13
Bu esa, o‘z navbatida, barcha tizimlarni
informatsion-kognitiv, faoliyatga doir,
aksiologik komponentlar bilan gorizontal va vertikal munosabatga kirishish darajasini
hisobga olish asosida uzviy hamda uzliksiz “Ma’rifatli jamiyat konsepsiyasi”
mazmuni singdirilib, o‘quvchilarni kasb tanlashda innovatsion tafakkur,
tashabbuskorlik, fidoyilik fazilatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratilgan.
Dissertatsiyaning
“Innovatsion yondashuv asosida o‘quvchilarning kasbiy
qiziqishlarini rivojlantirish texnologiyalari” deb nomlangan ikkinchi bobida
o‘quvchilar kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish yo‘llari,
innovatsion yondashuv
asosida o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish modeli ishlab chiqildi.
Unda o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirishning asosiy komponentlari
keltirildi, innovatsion yondashuv asosida muammoli, loyiha va innovatsion
texnologiyalar yordamida kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish texnologiyalari hamda
o‘quv-metodik ta’minoti izohlangan.
O‘quvchilar ijodiy fikrlashini rivojlantirish yo‘llaridan biri darslarda texnikaviy
konstruksiyalash va modellashtirish muhitini yaratishdan iborat. O‘quvchilarning
ijodkorlik to‘garaklarida texnikaviy konstruksiyalash faoliyatini ma’lum darajada
malakali
konstruktorlar, texnologlar, malakali ishchilar, bichuvchilar va tikuvchilar
faoliyati bilan taqqoslash mumkin. Chunki, to‘garaklarda o‘quvchilarning turli
buyumlarni yaratish bo‘yicha texnikaviy ijodkorligi jarayoni quyidagi bosqichlardan
tashkil topadi: texnikaviy fikrning tug‘ilishi, mo‘ljallangan buyumga texnikaviy
talablarning qo‘yilishi, konstruksiyani eskizlar holatida
ishlab chiqish va uni
muhokama qilish, texnologik jarayonni ishlab chiqish, zarur materiallar va asboblarni
tanlash, buyum detallarini tayyorlash, ularni tikish, qismlardan buyum tayyorlash,
buyumni kiyib ko‘rish hamda uni moslash.
Ta’lim jarayonida STEAM va SMART texnologiyalar o‘quvchilarda muayyan
kompetensiyalar (kasbiy, axborot olish,
kommunikativ, amaliy tayyorgarlik
kompetentsiyalari)ni shakllantirish kasbiy qiziqishlarni rivojlantirishning asosiy
omillaridan sanaladi. O‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini kompetensiyaviy
yondashuv asosida rivojlantirish texnologiyasi tuzilmasini takomillashtirish imkoni
yaratgan. Innovatsion yondashuv asosida o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini
rivojlantirish mazmuniga faqat ijodiy masalalarni hal qilish emas, balki ularni tajriba
orqali, ya’ni detallarni yig‘ish, loyihalash va turli
kasbiy muammolarni amaliy
yechishga ham qaratilgan.
Kasbiy qiziqishlarni rivojlantirish bevosita milliy hunarmandchilikka bog‘liq
bo‘lib – milliy qadriyatlar, an’nalarning xilma-xilligi mahalliy sharoitlarda ko‘plab
imkoniyatlarni keltirib chiqaradi va yangidan-yangi tarbiyaviy jihatlarni namoyon
qiladi. Shu bilan birgalikda kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishni xalq hunarmandchiligini
o‘rganishning muhim ko‘rinishlaridan hisoblangan to‘garak mashg‘ulotlari orqali
tashkil etish, xalq hunarmandchiligini o‘rganishning ahamiyati dastlabki hunar
o‘rganishni o‘quvchilarga o‘rgatish va moddiy-texnikaviy, xom ashyo hamda o‘quv-
metodik ta’minotini yo‘lga qo‘yish bilan belgilangan. Ushbu tuzilmaning tuzilishini
konstruktivligi, bizning fikrimizcha, tizimlashtirish yutuqlarini
hisobga olgan holda
amalga oshirilishi, tizimni tashkil etuvchi omillarni taqsimlash va yuqori tizim hamda
quyi tizim o‘rtasidagi ierarxik munosabatlarni bog‘lash lozimligi haqida xulosaga
kelindi.