• 1-jadval Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish
  • Toshkentdavlatpedagogikauniversitetihuzuridagiilmiydarajalarberuvchi




    Download 1,38 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/33
    Sana24.01.2024
    Hajmi1,38 Mb.
    #144836
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
    Bog'liq
    avtoreferat 2

    tahlili” nomli uchinchi bobda maktabdan tashqari ta’lim jarayonida o‘quvchilarning 
    kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish bo‘yicha tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va 
    o‘tkazish, tajriba-sinov ishlari natijalarining matematik-statistik tahlili keltirilgan. 
    O‘rganish davrida innovatsion yondashuv asosida o‘quvchilarning kasbiy 
    qiziqishlarini rivojlantirishda tashkil etilgan dars va darsdan tashqari faoliyatining 
    nazariy va amaliy asoslariga tayangan holda tajriba-sinov ishlarini tashkil etilishiga 
    alohida e’tibor qaratildi. Tajriba-sinov ishi uch bosqichda amalga oshirilgan.
    Anketa so‘rovi Toshkent shahri Uchtepa tumani 62, 129 umumiy o‘rta ta’lim 
    maktablari, Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani 47, 50 umumiy o‘rta ta’lim 
    maktablari, Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 41, 53 umumiy o‘rta ta’lim 
    maktablarida 7-8-9 sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan.
    Ta’lim muassasalarini tanlash quyidagi omillarga asoslandi. Ushbu tanlangan 
    ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantiruvchi 
    texnologiyalarni tatbiq etish va qo‘llash sohasidagi innovatsion dasturlar hamda 
    ishlanmalarning ishlab chiqilganligi, ulardagi moddiy-texnik bazaning yetarliligi 
    hamda pedagogik shart-sharoitlar, o‘quv jarayonining texnik ta’minoti inobatga 
    olindi. Ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish uchun STEAM va SMART ta’lim 


    17 
    texnologiyalarini qo‘llash va ularni an’anaviy pedagogik texnologiyalar bilan 
    uyg‘unlashtirish muammosi hal etildi.
    1-jadval 
    Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish
     
    Ta’lim muassasalari 
    O‘quvchilar soni 
    Tajriba guruhi 
    Nazorat guruhi 
    Toshkent shaxri Uchtepa tumani
    62-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 
    74 
    75 
    Toshkent shaxri Uchtepa tumani
    129-umumiy o‘rta ta’lim maktai 
    65 
    65 
    Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani
    47-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 
    72 
    70 
    Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani
    50-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 
    62 
    66 
    Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani
    41-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 
    66 
    68 
    Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani
    53-umumiy o‘rta ta’lim maktabi 
    54 
    56 
    Jami 
    393 
    400 
    Innovatsion 
    yondashuv 
    asosida 
    o‘quvchilarning 
    kasbiy 
    qiziqishlarini 
    rivojlantirish metodikasining samaradorligi quyidagi mezonlar bo‘yicha baholandi:
    Reproduktiv – tavakkalchilik bosqichi. Bu bosqich o‘quvchilarda kasbiy 
    faoliyat, kasbga oid axborotlar bilan ishlash, kasbiy moyillikni qaror toptirish, 
    innovatsion texnologiyalarning mohiyatini anglash va yangi g‘oyalarning tug‘ilishi, 
    shakllanishi bilan tavsiflanadi. 
    Produktiv – ijodiy – izlanish, o‘rganish bosqichi. Bu bosqich o‘quvchilardagi 
    o‘rganuvchanlik, 
    ijodiy 
    faollik, 
    nostandart 
    tafakkur, 
    bilish 
    mustaqilligi, 
    improvizatsiya, yangilik yaratish ko‘nikmalarining shakllanishi bilan belgilanadi. 
    Kreativlik – novatorlik, ijodkorlik bosqichi. Yaratilgan yangilikni amalda 
    qo‘llash, baholash, tahlil qilish, ommalashtirish va uni keng tatbiq etish hamda 
    istiqbolga yo‘naltirilgan strategik rejalarni tuzish bilan bog‘liq jarayonlarni o‘z ichiga 
    oladi. 
    Anketa 
    so‘rovlari 
    natijalarini 
    statistik 
    qayta 
    ishlash 
    natijasida 
    biz 
    o‘quvchilarning kasbiy qiziqishining rivojlanganligi quyidagi darajalarga ajratdik.
    1-daraja. O‘quvchilar berilgan topshiriqlar va natijalarni tahlil eta olmaydi; 
    o‘rganilayotgan o‘quv materiallarini qayta ishlashga qiynaladi; muammoni mustaqil 
    shakllantirishni va muammoli tipdagi topshiriq va masalalarni yechishni bilmaydi. 


    18 
    2-daraja. O‘quvchilar fundamental fanlar bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlari
    asosida o‘rtacha qiyinchilikdagi texnologik xarakterdagi masala hamda topshiriqlarni 
    hal eta oladi. Ular topshiriq va masalani tahlil etish holatida bo‘ladi. Agar u 
    qandaydir qiyinchilikga duch kelsa, u holda bu topshiriq emas, balki uning muayyan 
    jihati haqida o‘zining oldiga savol qo‘ya oladi. O‘rta darajada qiyinchiliklarni 
    o‘qituvchi ko‘magida bartaraf etadi, muammoni mustaqil qo‘yish va yechishga qodir 
    emas. Ijodiy xarakterdagi topshiriqlarning original yechimini topa olmaydi.
    3-daraja. O‘quvchilar ijodiy topshiriq va masalalarni yechishda duch
    kelinadigan qiyinchiliklarni mustaqil bartaraf etadi, umumiy qoidalarni aniq holatda 
    qo‘llashga, shakllangan fikriy ko‘nikmalarni bir faoliyatdan boshqa faoliyatga 
    ko‘chira oladi. Muayyan o‘quv faniga nisbatan qiziqishini namoyish etadi. Ijodiy 
    masalalar va topshiriqlarni mustaqil hal etadi. Ro‘y bergan o‘zgarishlar va 
    qonuniyatlarni aniqlay oladi.
    4-daraja. O‘quvchilar muammoni mustaqil qo‘yadi va uni hal etishga harakat
    qiladi. Yangi masalalarni hal etishga intiladi. Turli fanlar bo‘yicha ijodiy masalalarni 
    tuza oladi. O‘qishga nisbatan yuqori darajali qiziqish namoyish etadi. Bilimlarini 
    mustaqil to‘ldiradi va o‘z-o‘zini nazorat qila oladi.

    Download 1,38 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




    Download 1,38 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Toshkentdavlatpedagogikauniversitetihuzuridagiilmiydarajalarberuvchi

    Download 1,38 Mb.
    Pdf ko'rish