15
Bu esa, o‘z navbatida, barcha tizimlarni informatsion-kognitiv,
faoliyatga doir,
aksiologik komponentlar bilan gorizontal va vertikal munosabatga kirishish darajasini
hisobga olish asosida uzviy hamda uzliksiz “Ma’rifatli jamiyat konsepsiyasi”
mazmuni singdirilib, o‘quvchilarni kasb tanlashda innovatsion tafakkur,
tashabbuskorlik, fidoyilik fazilatlarini rivojlantirishga e’tibor qaratilgan.
Dissertatsiyaning
“Innovatsion yondashuv asosida o‘quvchilarning kasbiy
qiziqishlarini rivojlantirish texnologiyalari” deb nomlangan ikkinchi bobida
o‘quvchilar kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish yo‘llari, innovatsion yondashuv
asosida o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish modeli ishlab chiqildi.
Unda o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirishning
asosiy komponentlari
keltirildi, innovatsion yondashuv asosida muammoli, loyiha va innovatsion
texnologiyalar yordamida kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish texnologiyalari hamda
o‘quv-metodik ta’minoti izohlangan.
O‘quvchilar ijodiy fikrlashini rivojlantirish yo‘llaridan biri – darslarda
texnikaviy konstruksiyalash va modellashtirish muhitini yaratishdan iborat.
O‘quvchilarning ijodkorlik to‘garaklarida texnikaviy konstruksiyalash faoliyatini
ma’lum darajada
malakali konstruktorlar, texnologlar, malakali ishchilar,
bichuvchilar va tikuvchilar faoliyati bilan taqqoslash mumkin. Chunki, to‘garaklarda
o‘quvchilarning turli buyumlarni yaratish bo‘yicha texnikaviy ijodkorligi jarayoni
quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: texnikaviy fikrning tug‘ilishi, mo‘ljallangan
buyumga texnikaviy talablarning qo‘yilishi, konstruksiyani eskizlar holatida ishlab
chiqish va uni muhokama qilish, texnologik
jarayonni ishlab chiqish, zarur
materiallar va asboblarni tanlash, buyum detallarini tayyorlash, ularni tikish,
qismlardan buyum tayyorlash, buyumni kiyib ko‘rish hamda uni moslash.
Natijada, o‘quvchilarning turli to‘garaklaridagi konstruktorlik-texnologik
faoliyati shartli ravishda ikki bosqichni o‘z ichiga oldi: a) reproduktiv bosqich, bunda
bilish faoliyati va ijrochilik xarakterdagi mehnat funksiyalari uning asosi hisoblandi;
b) produktiv ijodiy bosqich, bunda yuksak ijtimoiy ahamiyatga ega yangi mahsulotlar
yaratish imkoni yaratilgan.
O‘quvchilar kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish modelida
kreativ sifatlar va
kognitiv bilish hamda refleksiv ko‘nikmalari orasidagi bog‘lanish, tayanch
kompetensiyalarni shakllantirishga oid yondashuvlar, tamoyillar, o‘quv texnik
ta’minot hamda ta’lim mazmuni, uni amalga oshirish jarayoni ifodalangan (2-rasm).
Dissertatsiyada innovatsion yondashuv asosida o‘quvchilarning kasbiy
qiziqishlarini rivojlantirish modelini joriy etishda o‘quv
fanlari integratsiyani
ta’minlash, kasbiy qiziqishlarni rivojlantirishda klasterli yondashuvni ham amalga
oshirilishi natijasida o‘quvchilarida maxsus kompetensiyalar (hisoblash-grafik,
texnologik-loyihalash,
ijodiy
konstruktorlik)ni
shakllantirishga
qaratilgan
o‘qitishning “SMART”, “STEAM” texnologiyalari orqali kasbiy qiziqishlarni
rivojlantirish mexanizmlari taqdim etilgan.
Innovatsion
yondashuv
asosida
o‘quvchilarning
kasbiy
qiziqishlarini
rivojlantirish doirasida auditoriya va auditoriyadan tashqari ta’lim turlarini
integratsiyalash jarayoni kelajakdagi kasbiy faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlarini
16
hisobga olgan holda, bizning
tadqiqotimiz nuqtai nazaridan, ushbu yondashuv
ijtimoiy-ma’naviy
muhitni
optimallashtirish,
ijtimoiy
faol
fuqarolik
va
umummadaniy kompetensiyalarning tarkibiy qismlarini (motivatsion-qiymat,
ma’naviy-axloqiy, umuminsoniy) shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulotlarda
o‘quvchilarning turli xil faoliyat turlarini (o‘quv, tarbiyaviy-uslubiy va kasb tanlash)
tashkil etishdan iborat.
Tadqiqot davrida o‘quvchilar faoliyatini shaxsga yo‘naltirilgan, hamkorlik
muhitida tashkil etish asosida liderlik, ijodkorlik, yetakchilik va vatanparvarlik
sifatlari tizimli rivojlantirildi. Natijada o‘quvchilarning
muayyan tayanch
kompetensiyalar (kasbiy, axborot olish, kommunikativ, ijtimoiy) hamda “fan-ta’lim-
amaliyot” ustuvorligiga asoslangan ijodiy, erkin, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari
shakllantirildi.
O‘quvchilarni ijtimoiylashtirish va kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish har
tomonlama tayyorgarlik hamda qobiliyatni namoyon etishni talab qiladigan bo‘sh
vaqtni samarali o‘tkazishning “Innovatsion start”, “Kasbiy to‘garak”, “Yoshlar klubi”
kabi shakllariga katta ahamiyat qaratildi.
Tadqiqot
natijalari
asosida
o‘quvchilarning
kasbiy
qiziqishlarini
rivojlantirishning samarali texnologiyalari va mexanizmlarini takomillashtirish
yordamida kasb tanlashga ega bo‘lgan shaxsning shakllanishi nazarda tutildi.
Axborotlashgan jamiyat sharoitida ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning
kreativ qobiliyatlarini rivojlantirish, ularni texnologik ijodiy mehnatga tayyorlash,
ilmiy-tadqiqotchilik ko‘nikmalarini
shakllantirishga, mehnat faoliyati mobaynida
yangi bilimlarni o‘zlashtirishga o‘rgatish talab etiladi. Innovatsion yondashuvi ta’lim
traektoriyalarini individuallashtirish, shaxs xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim
oluvchining ijodiy salohiyatini rivojlantirish imkonini berdi.
Dissertatsiyaning
“Tajriba-sinov ishlarini tashkil etish va uning natijalari