5
Kirish (falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi annotatsiyasi)
Dissertatsiya
mavzusining
dolzarbligi
va
zarurati.
Jahon
ta’lim
muassasalarida
zamonaviy
va
istiqbolli
mehnat
bozori
talablarining
diversifikatsiyalashuvi, o‘qitishning yangi strategiyalariga moslashtirilishi, kasbiy
qiziqishlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning innovatsion modellari
amaliyotga tatbiq etilmoqda. Ta’lim jarayoni subyektlari
faoliyatini zamonaviy
tashkil etish zamirida intellektual jihatdan taraqqiy ettirish, jismonan sog‘lom
shaxslarni voyaga yetkazish, ta’lim modellarni (functional education, competence-
based
approach, competence model) texnologik taraqqiyot g‘oyalari bilan
uyg‘unlashtirish bo‘yicha yirik ilmiy loyihalar bajarilmoqda.
Jahon ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida o‘quvchilar faoliyatini yangi
mazmunda tashkil qilish metodikasini faollashtirish, o‘quvchilarning nazariy hamda
amaliy bilim va ko‘nikma, intellektual-jismoniy
kamolotini rivojlantirish, ta’limni
insonparvarlashtirish, rivojlantiruvchi hamda ijtimoiylashtiruvchi maqsadlarini
ta’minlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu bilan birga o‘quvchilar
innovatsion ta’lim faoliyatini takomillashtirishda ularning kreativligi, ijodkorligini
oshirish, shaxsning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish,
metodik faoliyatni
takomillashtirish, maktab ta’limi tizimini modernizatsiyalash, kompetensiyalarga
asoslangan ta’lim dasturlarini joriy etish, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni yaratish,
o‘quvchilarning kasbiy qiziqishlarini rivojlantirish metodlarini takomillashtirish
bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor berilmoqda.
Respublikamizda so‘ngi yillarda ta’lim mazmunini takomillashtirish,
umumiy
o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilarini o‘qish, matematika, tabiiy-ilmiy va kompyuter
savodxonligi baholashning PISA (Programme for International Student Assessment)
dasturidan foydalanishning me’yoriy asoslari yaratilmoqda. “Ta’lim sohasidagi
navbatdagi muhim yo‘nalish, bu – yoshlarning zamonaviy kasb-hunar egallashi
uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratishdan iborat”
1
ustuvor vazifa deb
belgilangan. Natijada, innovatsion yondashuv asosida o‘quvchilarning
kasblarga
bo‘lgan qiziqishlari va kasb tanlashga yo‘naltirishning pedagogik imkoniyatlari
yanada ortadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son,
“2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida”, 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-son “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot
davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”,
2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son “O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi tizimini
2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”
Farmonlari,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 maydagi 287-sonli
“O‘zbekiston Respublikasi kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish
milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risida”gi Qarori va boshqa
me’yoriy-huquyi hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarishda mazkur dissertatsiya
tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 20 dekabrdagi Murojaatnomasi.