|
Transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti
|
bet | 3/13 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 122,42 Kb. | | #231332 |
Bog'liq Abdujalilova Durdona kurs ishi 10.05Kurs ishining maqsadi Sotsiologiya tizimini takomillashtirish, undagi mavjud muammolarni bartaraf etish bo’yicha ilmiy-amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat. ҚАЙТА КЎРИБ ЧИҚИНГ МАВЗУНИ ЎРГАНИШ БЎЛАДИ!!!!
Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Sotsiologiya fanining shakllanish tarixi (O. Kont)
G'arb mutafakkirlaridan (G.Spenser) sotsiologiya faniga qóshgan hissasi
Sotsiologiya fanida mumtoz olimlar ta'limoti.
E.Dyurkgeymning sotsiologik qarashlari.
M.Veber va uning "Ideal tip" nazariyasini o’rganish
Kurs ishining obyekti Sotsiologiya tizimi hamda uning turlari va ular bo’yicha mavjud qarashlar hisoblanadi.
Kurs ishining predmeti mamlakatimiz Sotsiologiya faniga oid tizimida amalga oshirilayotgan ishlarni o’z ichiga oladi.
Kurs ishining tuzilishi. Ushbu Kurs ishi kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va o’zaro mazmunan bog’langan 5 ta rejadan iborat bo’lib umumiy hajmda 53 betni tashkil etadi.
I BOB. SOTSIOLOGIYANING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI TARIXI VA METODOLOGIK ASOSLARI
1.1. O. Kont sotsiologiya fani asoschisi va fanning shakllanish tarixi
Sotsial hodisalarga nisbatan amaliy yondashib, uni faqat dalillar asosida baholash lozim, deb hisoblagan fransuz mutafakkiri O.Kont sotsiologiya sohasining asoschisi sifatida e’tirof qilindi. Shuningdek, u birinchi bo‘lib mazkur atamani fanga yangi yo‘nalish sifatida kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Nazariy sotsiologiyaning yanada takomillashuviga evropalik mumtoz nazariyotchilardan G.Spenser, G.Tard, G.Lebon, M.Veber va E.Dyurkgeymlarning xissasi beqiyos, ular o‘z asarlarida protestantlikning kapitalizmdan ajralishi natijasida tafakkurdagi o‘zgarish, shu vaqtdagi tabiiy fanlardagi qo‘lga kiritilgan va misli ko‘rilmagan kashfiyotlar, hamda kapitalistik munosabatlarda foyda olishning inson xulq-atvoriga o‘tkazayotgan sotsial munosabatlar, harkatchanlik va jarayonlarni tahlil etadilar.
Jamiyatdagi revolyutsiyalar, birinchi va ikkinchi jahon urushlari XX asr kishisining turmush va tafakkur tarziga atroflicha ta’sir o‘tkazdi. Buning oqibatida ommaviy mobillik jarayoni avj oldi. Ziyoli qatlamning katta qismi o‘z faoliyatini okean ortiga Amerika qit’asiga qaratadi. AQSHda tez sur’atlar ichida emperik sotsiologiya taraqqiy eta boshladi. P.Sorokin, T.Parsons va R.Merton, I.Goffman kabi mutaxassislarning amaliy sotsiologiyani taraqqiyotiga oid akademik asarlari sotsilogiyaga nisbatan yangicha yondashuvni shakllantirdi. Muammoga nisbatan kompleks tarzda yondoshgan Chikago maktabi vakillarining yondashuvlari keyinchalik sotsiolgiyaning tarmoq yo‘nalishlarni shakllantirishga xizmat qildi. O‘zbek sotsiologiyasining rivoji u tashkil topgan vaqtdanoq tizimli ravishda taraqqiy etib bormoqda. Milliy tilimizda o‘tgan asrning 90 yillaridan boshlaboq sotsiologiyaga oid darslik va o‘quv qo‘llanmalar chop etildi. Bunda N.Aliqoriev, M.Ganieva, R.Ubaydullaeva, M.Bekmurodov, A.Xolbekov, O.Ata-Mirzaev, N.Mamatov kabi etuk mutaxassislar rahbarligida zamonaviy sotsiologiyaning nazariy va amaliy jihatlarini batafsil izohlab bergan darslik va o‘quv qo‘llanmalar nashrdan chiqdi. Mumtoz sotsiologiya vakili E.Giddensning “Sotsiologiya” nomli asari chop etildi.
Davr kutib turmaydi. Axborotlar asrida esa uning g‘ildiragi yanada tez aylanib ketdi. Nafaqat axborot va texnokratik texnologiyalarning yangi avlodi paydo bo‘ldi, balki ijtimoiy hayotda kishilardagi avlodlararo almashuv jarayoni faollashdi. Balkim bugungi kunda avlodlarning o‘zaro almashuv jarayoni besh yilni tashkil qilayotgandir. Albatta bu taxmin xolos . Lekin u katta baxs munozaralarga sabab bo‘lishi mumkin. Ingliz tilida so‘zlashadigan Internet “avlodlari” shakllanib ulgurganligi tabiiyki mubolag‘a emas. Globallashgan jamiyatda yangi sotsial muhit shakllandi. Jamiyatdagi sotsial muhit bio va ekomakon ta’sirida keskin o‘zgarib bormoqda. Bu esa sotsiologiyaning oldiga jiddiy talablarni qo‘yadi. Jahon amaliy sotsiologiya tajribasida miqdorli tadqiqotlar o‘z o‘rnini asta-sekinlik bilan sifatlisiga bo‘shatib bermoqda. Makrosotsiologiya ma’lumotlarini mikrosotsiologiya tadqiqot natijalari bilan o‘zgartirish odat tusiga kirmoqda. Ommaviy tadqiqotlardan ko‘ra ekspert so‘rovlarga talab osha boshladi. Buning tag zamirida esa har doimgidek inson omili yotadi. Ushbu sotsial masalaning echimi oddiy bir shaxs hayoti va turmush tarzini o‘rganish asosiga qurilmoqda.
Umuman olganda mazkur tayyolangan darslik an’anaviy yozilgan vorislikni davom ettiradi. Unda nazariya, uslubiyot va uslublar, tadqiqot texnikasi, va ish jarayoni, maxsus va tarmoq yo‘nalishlar o‘z ifodasini topgan. SHuningdek ushbu darslik avvalgilaridan lotin alifbosida tayyorlanayotganligi bilan farq qiladi. U keng ilmiy jamoatchilik va kitobxonlar ommasiga mo‘ljallab yozilgan. Mualliflar har qanday sharoitda ham ushbu darslik materiallaridan auditoriyalarda foydalanayotganda, albatta qo‘shimcha manba va adabiyotlarga tayanishni so‘oab qoladilar. Bugungi kunda keng jamoatchilik sotsiologiyani jamiyatdagi ijtimoiy muammolarni turli so‘rov va kuzatish usullari orqali o‘rganuvchi fan sifatida tushunadi. Aslida mazkur fan o‘zining chuqur mohiyatiga ega bo‘lib, jamiyat rivoji uchun o‘ta muhim va qiziq sanaladi. Sotsiologiyaning jamiyatni tadqiq etuvchi ko‘plab ijtimoiy-gumanitar fanlardan farqini va mohiyatini anglash maqsadida uning ob'ekti, predmeti, maqsad va vazifalari, fan sifatida tashkil topishi, ijtimoiy fikrning tarixiy rivojlanish bosqichlari, sotsiologiyaning fanlar tizimida tutgan o‘rni, sotsiologiyani tushunishdagi asosiy ilmiy nazariyalar, sotsiologiyaning asosiy tushuncha va kategoriyalari tizimini ko‘rib chiqish zarur.
Sotsiologiya fani namoyondalaridan birining ta'biri bilan aytganda: «Sotsiologiya o‘ta qadimiy predmetni o‘rganish to‘g‘rsidagi yosh fan”. Mazkur so‘zlarning mohiyati shundan iboratki, insoniyat tomonidan jamiyat va unda kechuvchi turli voqea, hodisalarni o‘rganish holati antik davrdanoq boshlangan. Garchi sotsiologiya XIX asrda vujudga kelgan fan deb hisoblansada, qadimgi yunon, Rim va Sharq olimlarining asarlaridagi ijtimoiy qarashlarni sotsiologiyaning shakllanishidagi muhim manbalar sifatida baholash mumkin. Shuning uchun mazkur fanning kelib chiqish tarixini o‘rganish barobarida tarixiy rivojlanish natijasida turli davr va mintaqaga oid bo‘lgan olimlarning qoldirgan fikr va g‘oyalarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Qadimgi Xitoyda adolatli jamiyat borasidagi dastlabki izlanishlar mutafakkir Konfutsiy (Kun-szi, m.a. 551-479) tomonidan amalga oshirilgan. Olim yashagan davrda jamiyatda inqiroz davri yuzaga kelgan edi. O‘zaro feodal urushlar, hokimiyat uchun kurashlar jamiyatda ilgari hukm surgan ahloqiy va ma'naviy qadriyatlarni yemirayotgan edi. Shuning uchun Konfutsiy insoniy qadriyatlar me'yorlarini qayta tiklash yo‘llarini aniqlash maqsadida tarixni o‘rgana boshlagan. U qadimgi Chjou-gun ahloqiy qoidalari merosini tadqiq etib, shunday yozadi: “men yaratayotganim yo‘q, men o‘tmishdagi merosni sizlarga yetkazmoqchiman”3. Ammo shu bilan birga Konfutsiy o‘zining jamiyat, davlat va ahloqiy qoidalarga aloqador bo‘lgan o‘z ta'limotini yarata oldi, deb ayta olamiz. U inqirozga yuz tutgan davlatni faqat komil hukmdor qutqara oladi, deb bilgan. Hukmdor majburiy va mutassil ravishda ro‘y berib turadigan marosimlarning me'yorlariga mos hayotiy tamoyillarga ega bo‘lgan, o‘zini doimo takolmillashtirib turuvchi, komillikka erishgan, insonlarga muhabbat bilan qarovchi, insoniy burch va adolatni his etuvchi insondir. Shu bilan birgalikda u bilimga intiluvchan, yoshi ulug‘larni hurmat qiluvchi, sadoqatli, mehr-shafqatli, obro‘li bo‘lishi lozim. Hukmdorning adolatli bo‘lishi uchun uning atrofidagi mansabdorlar haqgo‘y bo‘lishi lozim. Konfutsiy ularga qarata shunday yozgan: “Hukmdorni aldamanglar! Unga e'tiroz ham bildiringlar4”.
Jamiyatdagi inqirozga barham berish uchun olim: “hukmdor hukmdor bo‘lishi, fuqaro-fuqaro, ota-ota, o‘g‘il esa o‘g‘il bo‘lib qolishi lozim”, degan shiorni ilgari surgan.
Konfutsiy jamiyatdagi barqaror munosabatlarning asosiy negizi ma'naviy va ahloqiy yuksaklik, deb bilgan. U shunday yozadi: “Agar jamiyat qonunlar vositasida boshqarilsa, tartib jazo belgilash vositasida ta'minlansa, odamlar jazodan o‘zlarini olib qochishga intiladilar. Chunki ular or-nomusni o‘zlarida his qilmaydilar; Agar ma'naviy – ahloqiy vositalar yordamida boshqarilsa, tartib qadriyatlar orqali ta'minlansa, odamlar or-nomus nimaligini his qiladilar, xalol va sofdil bo‘lishga intiladilar5”.
Jamiyatning kelib chiqishi, rivojlanishi va ijtimoiy hayot qonuniyatlarini ochib berishga qaratilgan ilk izlanishlar miloddan avvalgi IV asrda yunon faylasuflari tomonidan ham olib borilgan.
|
| |