|
БУ ПАРАГРАФДА ГЕРБЕРТ СПЕНСЕР ТАЪЛИМОТЛАРИ ЎРИН ОЛИШ КЕРАК ЭДИ???? ЙЎҚ????
|
bet | 7/13 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 122,42 Kb. | | #231332 |
Bog'liq Abdujalilova Durdona kurs ishi 10.05БУ ПАРАГРАФДА ГЕРБЕРТ СПЕНСЕР ТАЪЛИМОТЛАРИ ЎРИН ОЛИШ КЕРАК ЭДИ???? ЙЎҚ????
II BOB. SOTSIOLOGIYA FANIDA MUMTOZ OLIMLAR TA'LIMOTI
2.1. E.Dyurkgeymning sotsiologik qarashlari
O.Kontning vatandoshi Emil Dyurkgeym(1858-1917) amaliy sotsiologiyaning kashfiyotchisi sanaladi. U bugungi kunga qadar qo‘llanilib kelayotgan funksional tahlil metodologiyasini yaratgan va “Suitsid” asarida o‘z joniga qasd qilish muammosini sotsiologik jihatdan o‘rgangan. Anomiya nazariyasi31, ijtimoiy mehnat taqsimot, mexanik va organik hamjihatlik, ijtimoiy fakt mohiyati, kollektiv ong va qadriyatlar, din evolyusiyasi haqidagi qarashlari jahon sotsiologiyasining oltin fondiga kirgan.
E. Dyurkgeymning fikricha, sotsiologiyaning predmeti sotsial faktlar sanaladi. Sotsial faktlarning asosiy xususiyatlari: ob'ektiv va individdan xoli ekanligi; individga bosim o‘tkazib, uni jamiyatdagi qadriyatlar, kutishlar va normalar asosida harakatlanishga majburlashidir. Olim tomomnidan sotsiologiyada sotsiologizm nazariyasiga asos solingan. U jamiyatni individlardan jismoniy va ahloqiy jihatdan ustuvorlik kasb etishini ta'kidlagan. Olimning nazarida sotsiologiya ijtimoiy fanlar orasida markaziy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun uning vazifasi faqatgina sotsial faktlarni o‘rganish emas, balki ijtimoiy hayotni tadqiq qiluvchi boshqa fanlarni nazariy-metodologik asos bilan ta'minlashdan iborat.
Karl Marks (1818–1881) ijtimoiy nizo nazariyasi, jamiyat tuzilmasi va rivoji haqidagi ta'limot hamda ijtimoiy sinflar to‘g‘risidagi konsepsiyaning asoschisi bo‘lib, jamiyatdagi stratifikatsiya muammosini o‘rganishda o‘z xissasini qo‘shgan. U o‘zining nazariyasining asosi sifatida tarixiy materializmni oladi. Unga ko‘ra, jamiyatning rivojlanishi unda mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish munosabatlari va iqtisodiy tizimga bog‘liq. Marksning nazarida tarix ijtimoiy - iqtisodiy formatsiyalarning ob'ektiv jihatdan o‘zgarish jarayoni bo‘lib, u sinflar o‘rtasidagi kurash va sotsial inqiloblar natijasida amalga oshadi. Olim o‘zi yashagan kapitalistik jamiyatni tahlil qilish orqali sotsiologik bilim rivojishga o‘zining xissasini qo‘shgan. Uning tahlili asosida ajmiyatdagi iqtisodiy omillarning ijtimoiy-siyosiy munosabatlarga ta'siri aniqlangan. Marks “sinf”, “sotsial qatlam”, “sinfiy kurash” kabi tushunchalarning mazmun, mohiyatini ishlab chiqqan.
Maks Veber (1864–1920)ning ijtimoiy harakat va motivatsiya, mehnatning ijtimoiy taqsimoti, begonalashuv, kasbga moyillik to‘g‘risidagi nazariyalari, byurokratiya nazariyasi, ijtimoiy stratifikatsiya va statusli guruhlar konserpsiyasi, boshqaruv instituti asoslarini o‘rganishga doir izlanishlari, sotsiologiyaning poydevorini tashkil qiladi. Uning din sotsiologiyasi, iqtisod va mehnat sotsiologiyasi, shahar sotsiologiyasiga qo‘shgan hissasi katta. Veberning ideal tiplar nazariyasi uning metodologiya sohasidagi eng katta yutuqlaridan biri.
Struktur-funksionalizm vakillaridan farqli ravishda M.Veber o‘z e'tiborini ko‘proq guruh va individlarning faoliyati motivlari va xulq – atvoriga qaratgan. Uning fikricha, insonlarning va guruhlarning xatti-harakati sotsial munosabatlar va sotsial struktura bilan belgilab berilmaydi. Inson va guruhlarning sotsial xatti-harakati ma'lum ma'noda mustaqil va anglangan bo‘ladi. Nafaqat jamiyat insonga, balki inson ham jamiyatga o‘z ta'sirini ko‘rsatib, sotsial reallikni yaratadi. Veberning fikricha, sotsiologiyaning asosiy vazifasi umum qabul qilingan harakatlar va munosabatlar asosida individlarning o‘zaro anglangan harakatlarni tadqiq etishdan iborat. Veberning tushunuvchan sotsiologiyasining mazmuni mana shundan iborat.
Ingliz olimi Gerbert Spenser(1820–1903) sotsiologiya fanidagi ijtimoiy evolyusiya g‘oyasining muallifi. Sotsiologiyada organik yo‘nalish asoschilaridan biri. Unga ko‘ra, jamiyat tirik organizm singari o‘zaro bog‘liq bo‘lgan elementlarning faoliyati natijasida mavjud bo‘ladi. U organizdagi har bir organni “sotsial institut”ga qiyoslagan. Ammo bu qiyoslash nisbiy sanaladi. Chunki olim jamiyatning sotsiallik xususiyati uni hamisha rivojlanishiga va o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, deydi. Misol uchun aholi soni o‘sadi, faoliyatning yangi shakllari va turlari paydo bo‘ladi, yangi sotsial institutlar paydo bo‘ladi, shaxsning jamiyatga bog‘liqlik hissi o‘zgaradi.
Organik sotsiologiya doirasida liberalizm g‘oyalarini rivojlantirgan Spenser bu haqda shunday yozadi: “Biologik organizmda “qismlar” “yagona birlik” uchun yashaydi, sotsial organizmda esa “yagona birlik” hisoblangan jamiyat o‘zining “qismlari” uchun mavjud bo‘ladi”.
Ferdinand Tennis o‘zining “Jamoa va jamiyat”(1887) nomli asarida keyinchalik klassik tipologiyaga aylangan ijtimoiylik tipologiyasiga asos solgan. Olim bevosita shaxsiy va qarindoshchilik munosabatlari hukmron bo‘lgan jamoa va formal institutlar ustuvor bo‘lgan jamiyatni taklif qilgan.
Sotsiologiya fani rivojining birinchi bosqichi sanalmish X1X asr oxiri va XX asr boshlarida Fransiya, Germaniya va Angliya sotsiologiya fanining markazi bo‘lgan.
Rossiya olimlari orasida mazkur davrda N.Kareev, N.Mixaylovskiy, M.Kovalevskiy, V.Xvostov faoliyat olib borishgan. Ammo ularning ijod mahsulini sotsiologiya metodologiyasiga sezilarli ta'sir ko‘rsatdi, deb aytolmaymiz. Ularning asarlari asosan G‘arb olimlarining nazariyalari va faoliyatini o‘rganishga, tahlil qilishga va tushuntirishga qaratilgan bo‘lgan. Pitirim Sorokin (1889–1968) bundan mustasno. Chunki uning faoliyati avvaliga Rossiyada boshlangan bo‘lsada, Amerikada davom etdi va amaliy sotsiologiyaning rivojiga sabab bo‘ldi. Uning sotsiologik muammoni qarashidagi universalligi va sotsiologiyaga qo‘shgan nazariy, metodologik xissasi M.Vebernikiga tenglashtiriladi.
|
| |