ЯНА ЧАЛҒИБ КЕТГАНСИЗ ДУРДОНА ДЮРКГЕЙМ ДЕБ ҚЎЙИБСИЗ ЛЕКИН МАРКС, ВЕБЕР, ТЕННИС, СПЕНСЕР ВА БОШҚАЛАР ЎРИН ОЛГАН БУ ПАРАГРАФДА?????




Download 122,42 Kb.
bet8/13
Sana14.05.2024
Hajmi122,42 Kb.
#231332
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abdujalilova Durdona kurs ishi 10.05

ЯНА ЧАЛҒИБ КЕТГАНСИЗ ДУРДОНА ДЮРКГЕЙМ ДЕБ ҚЎЙИБСИЗ ЛЕКИН МАРКС, ВЕБЕР, ТЕННИС, СПЕНСЕР ВА БОШҚАЛАР ЎРИН ОЛГАН БУ ПАРАГРАФДА?????

2.2. M.Veber va uning "Ideal tip" nazariyasi
Maks Veber (1864–1920)ning ijtimoiy harakat va motivatsiya, mehnatning ijtimoiy taqsimoti, begonalashuv, kasbga moyillik to‘g‘risidagi nazariyalari, byurokratiya nazariyasi, ijtimoiy stratifikatsiya va statusli guruhlar konserpsiyasi, boshqaruv instituti asoslarini o‘rganishga doir izlanishlari, sotsiologiyaning poydevorini tashkil qiladi. Uning din sotsiologiyasi, iqtisod va mehnat sotsiologiyasi, shahar sotsiologiyasiga qo‘shgan hissasi katta. Veberning ideal tiplar nazariyasi uning metodologiya sohasidagi eng katta yutuqlaridan biri.
Struktur-funksionalizm vakillaridan farqli ravishda M.Veber o‘z e'tiborini ko‘proq guruh va individlarning faoliyati motivlari va xulq – atvoriga qaratgan. Uning fikricha, insonlarning va guruhlarning xatti-harakati sotsial munosabatlar va sotsial struktura bilan belgilab berilmaydi. Inson va guruhlarning sotsial xatti-harakati ma'lum ma'noda mustaqil va anglangan bo‘ladi. Nafaqat jamiyat insonga, balki inson ham jamiyatga o‘z ta'sirini ko‘rsatib, sotsial reallikni yaratadi. Veberning fikricha, sotsiologiyaning asosiy vazifasi umum qabul qilingan harakatlar va munosabatlar asosida individlarning o‘zaro anglangan harakatlarni tadqiq etishdan iborat. Veberning tushunuvchan sotsiologiyasining mazmuni mana shundan iborat.
Ingliz olimi Gerbert Spenser(1820–1903) sotsiologiya fanidagi ijtimoiy evolyusiya g‘oyasining muallifi. Sotsiologiyada organik yo‘nalish asoschilaridan biri. Unga ko‘ra, jamiyat tirik organizm singari o‘zaro bog‘liq bo‘lgan elementlarning faoliyati natijasida mavjud bo‘ladi. U organizdagi har bir organni “sotsial institut”ga qiyoslagan. Ammo bu qiyoslash nisbiy sanaladi. Chunki olim jamiyatning sotsiallik xususiyati uni hamisha rivojlanishiga va o‘zgarishiga sabab bo‘ladi, deydi. Misol uchun aholi soni o‘sadi, faoliyatning yangi shakllari va turlari paydo bo‘ladi, yangi sotsial institutlar paydo bo‘ladi, shaxsning jamiyatga bog‘liqlik hissi o‘zgaradi.
Organik sotsiologiya doirasida liberalizm g‘oyalarini rivojlantirgan Spenser bu haqda shunday yozadi: “Biologik organizmda “qismlar” “yagona birlik” uchun yashaydi, sotsial organizmda esa “yagona birlik” hisoblangan jamiyat o‘zining “qismlari” uchun mavjud bo‘ladi”.
Ferdinand Tennis o‘zining “Jamoa va jamiyat”(1887) nomli asarida keyinchalik klassik tipologiyaga aylangan ijtimoiylik tipologiyasiga asos solgan. Olim bevosita shaxsiy va qarindoshchilik munosabatlari hukmron bo‘lgan jamoa va formal institutlar ustuvor bo‘lgan jamiyatni taklif qilgan.
Sotsiologiya fani rivojining birinchi bosqichi sanalmish X1X asr oxiri va XX asr boshlarida Fransiya, Germaniya va Angliya sotsiologiya fanining markazi bo‘lgan.
Rossiya olimlari orasida mazkur davrda N.Kareev, N.Mixaylovskiy, M.Kovalevskiy, V.Xvostov faoliyat olib borishgan. Ammo ularning ijod mahsulini sotsiologiya metodologiyasiga sezilarli ta'sir ko‘rsatdi, deb aytolmaymiz. Ularning asarlari asosan G‘arb olimlarining nazariyalari va faoliyatini o‘rganishga, tahlil qilishga va tushuntirishga qaratilgan bo‘lgan. Pitirim Sorokin (1889–1968) bundan mustasno. Chunki uning faoliyati avvaliga Rossiyada boshlangan bo‘lsada, Amerikada davom etdi va amaliy sotsiologiyaning rivojiga sabab bo‘ldi. Uning sotsiologik muammoni qarashidagi universalligi va sotsiologiyaga qo‘shgan nazariy, metodologik xissasi M.Vebernikiga tenglashtiriladi. Har bir fan o‘zining ob'ekti va predmetiga ega bo‘ladi. Fanning ob'ekti deyilganida, ob'ektiv va sub'ektiv reallikning mazkur fan o‘rganadigan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan bir qismi tushuniladi. Fanning predmeti esa izlanishlar natijasida aniqlangan ob'ektning ma'lum qismlaridir.
Sotsiologiyaning fan sifatida shakllanish davri boshqa fanlarga nisbatan qisqa bo‘lganligi uchun uning ob'ekti va predmeti borasidagi muammo bugungi kunda ham dolzarbligicha qolmoqda. Mazkur muammoni yechilishiga sotsiologiyaning murakkab strukturasi ham to‘sqinlik qiladi, chunki u o‘z ichiga bilimning turli bosqichlari, nazariy-metodologik tamoyillar, tadqiqot yo‘nalishlari va amaliy usullarni qamrab olgan.
Har bir fanning ob'ekti o‘ziga xos reallik, aloqadorlik, munosabatlar va hodisalardan iborat. Tabiiy fanlarda ob'ekt borasidagi muammo osonlikcha yechilsa, ijtimoiy fanlarda bu murakkabdir. Bugungi kunda sotsiologiya ko‘plab tartiblangan bilimlar, turli nazariy konsepsiyalar va metodologik tamoyillar, amaliy sohalar va sotsiologik tadqiqotlar tajribasi majmuasidan iborat. U o‘z rivojlanishining har bir bosqichida o‘zining ob'ekti va predmeti borasidagi bilimini takomillashtirib bormoqda. Mazkur muammo ko‘plab nazariyalarda ko‘rib chiqilgan. Misol uchun O.Kontning pozitivizmida, M.Veberning sotsial doktrinasiga asoslangan gumanistik konsepsiyada va h.k.
E. Dyurkgeymning fikricha, sotsiologiyaning mohiyatini boshqa fanlar o‘rganuvchi faktlar emas, o‘zi o‘rganuvchi alohida faktlar tashkil etsagina fan sifatida qaror topishi mumkin. U sotsiologiyaning ob'ekti sifatida sotsial faktlarni, ya'ni ularni yaratuvchi guruhiy tasavvurlarni ko‘rgan. Fannning predmetini esa mazkur guruhiy tasavvurlarning vujudga kelishi, namoyon bo‘lishi va rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlar tashkil etgan. Olimning fikricha, ijtimoiy – jamoaviy deganidir. Shuning uchun, sotsiologiyaning predmeti turli xil ko‘rinishlardagi jamoaviylikda o‘z ifodasini topadi. Garchi Dyurkgeym mazkur muammoni ishlab chiqilishi va ijtimoiylik tushunchasi mohiyatini ochib berishda yetarlicha hissa qo‘shgan bo‘lsada, pozitivistik yondashuvda qoldi.
Nemis jamiyatshunosi Maks Veberning tushunuvchan sotsiologiyasi nuqtai nazaridan olib qaraganda, sotsiologiya bu o‘zi tushunishga va ta'riflashga harakat qilayotgan ijtimoiy axloq (sotsial harakat) haqidagi fandir. Uning fikricha, ijtimoiy axloq odamlarning munosabatlari, boshqacha qilib aytganda, qandaydir bir ishni amalga oshirish yoki undan o‘zini tiyishga qaratilgan ichki yoki tashqi ko‘rinishga ega bo‘lgan holat. Bu munosabat sub'ekt uni ma'lum bir mohiyat bilan bog‘lagandagina sotsial harakatga aylanadi. Inson harakati unga sub'ekt berayotgan ma'no boshqa individlarning o‘zini tutishi bilan aloqaga kirishgandagina ijtimoiylik kasb etadi.

Download 122,42 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 122,42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ЯНА ЧАЛҒИБ КЕТГАНСИЗ ДУРДОНА ДЮРКГЕЙМ ДЕБ ҚЎЙИБСИЗ ЛЕКИН МАРКС, ВЕБЕР, ТЕННИС, СПЕНСЕР ВА БОШҚАЛАР ЎРИН ОЛГАН БУ ПАРАГРАФДА?????

Download 122,42 Kb.