|
МАКС ВЕБЕР ДЕБ САВОЛ ҚЎЙДИЗ, ЛЕКИН БОШҚА СОЦИОЛОГЛАРНИ КЕЛТИРГАНСИЗ!!!!!
|
bet | 12/13 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 122,42 Kb. | | #231332 |
Bog'liq Abdujalilova Durdona kurs ishi 10.05МАКС ВЕБЕР ДЕБ САВОЛ ҚЎЙДИЗ, ЛЕКИН БОШҚА СОЦИОЛОГЛАРНИ КЕЛТИРГАНСИЗ!!!!!
XULOSA
So‘nggi yillarda sotsiologiya fanida konkret sotsiologik tadqiqotlar amaliy natijalarining hayotga faolroq va ko‘proq tadbiq etila borishi uning ahloq, estetika, meditsina va pedagogika, rejalashtirish nazariyasi va boshqaruv singari fanlar bilan aloqasini yanada mustahkamlanmoqda.
Sotsiologiya va iqtisod fanining o‘zaro aloqadorligi va hamkorligi tarixga nazar tashlasak, shuningdek, insonlarning moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, taqsimot va ayirboshlash jarayonlarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bugungi kunda esa bozor munosabatlariga o‘tish, meg‘hnatga yangicha munosabatning shakllanishi jarayonida uning ahamiyati yanada ortmoqda. Iqtisod va mehnat sotsiologiyasi kabi fanning maxsus sohalari jamiyatning iqtisodiy hayotiga aloqador bo‘lgan ijtimoiy tomonlarini tadqiq etadi va muammolarini hal etishga xizmat qiladi. Iqtisod fanining nazariyalari yuqorida tilga olingan sotsiologiyaning sohalariga asos bo‘lib xizmat qilsa, o‘z navbatida shu sohalarda olib borilgan amaliy sotsiologik tadqiqotlar natijalari iqtisod fanlarining rivojlanishi, iqtisodiy muammolarni hal etishga xizmat qiladi.
Sotsiologiya va antropologiya tarixiy jihatdan birgalikda, hamkorlikda rivojlandi, desa bo‘ladi. 1892 yil Chikago universitetida tarixda birinchilardan bo‘lib ochilgan sotsiologiya kafedrasi aslini olganda o‘z tarkibiga antropologiya yo‘nalishini ham olgan37. Uzoq yillar davomida mazkur ikki fan hamkor sifatida qabul qilingan. 1965yilga kelib, antropologiya mustaqil akademik fan maqomini oldi. Angliyada sotsiologiya va antropologiya hamkorlikda rivojlangan A. Radkliff-Braun va B.Malinovskiyning ishlari mazkur ikki fan rivojiga o‘z hissasini qo‘shgan. Radkliff-Braun antropologiyani qiyosiy sotsiologiya nomi bilan atagan. Bugungi kunda ham antropologiya va sotsial psixologiyani mustaqil fan ekanligini rad etib, sotsiologiyaning qismi sifatida tan oluvchi olimlar bor.
Sotsiologiya va sotsial ish o‘zaro uzviy bog‘liq fanlar sanaladi. Sotsiologiya jamiyatdagi turli ijtimoiy muammolarni, jumladan sotsial ishning faoliyat doirasiga kiruvchi muammolarni tadqiq etish va taklif-tavsiyalar ishlab chiqish orqali sotsial ish uchun faoliyat dasturini yaratadi, desak bo‘ladi. Tarixga nazar tashlasak, sotsiologiya AQSh va Angliyada ijtimoiy ish sifatida qabul qilingan. Shuning uchun 1940 yilga kelib AQShning ko‘pgina yirik bilim yurtlaridagi sotsiologiya fakultetlarida ijtimoiy ishni o‘qitish to‘xtatilgan. Ammo shunga qaramay bu ikki fanni yagona fan sifatida talqin qiluvchi fikr XX asrning 60 yillariga qadar davom etgan.
Sotsiologiya va tarix fani jamiyat hayotini izchil ravishda o‘rganadigan ikki fan. Sotsiologiya nazariy jihatdan o‘tmish voqyea-hodisalarini tarix fani natijalari, tarixiy manbalardan foydalangan holda o‘rganadi. Tarix asosan jamiyatdagi bo‘lib o‘tgan voqyea va hodisalarni xronologiyasini yaratishga, tarixiy shaxslarning ahamiyati va rolini aniqlashtrishga harakat qilsa, sotsiologiya olingan mazkur ma'lumotlar asosida jamiyatning ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini aniqlashga intiladi.
Insoniyat tomonidan fan – texnikaning rivojlantirilishi jamiyat va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashuviga olib keldi. Bu o‘z navbatida sotsiologiya va tabiiy fanlarning hamkorlikda faoliyat olib borishiga sabab bo‘lmoqda. Insonning tabiatga ko‘rsatayotgan ta'siri kundan-kunga ortib borishi ekologik sotsiologiya va demografik vaziyatning keskinlashuvi sotsiologiyasining rivojlanishi va mazkur muammolarni hal etishga jalb qiladi.
Hozirgi kun sotsiologiyasini matematika fanisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki matematik usullarsiz sotsiologiya mavhum qarash bo‘lib qoladi. Matematik usullarning sotsiologiyaning empirik tadqiqotlari darajasida egallagan o‘rni juda muhim.
Shunday qilib, murakkab umumiy va xususiy sotsiologik fanlardan iborat bo‘lgan zamonaviy sotsiologiya tizimi uni ko‘plab ijtimoiy-gumanitar, tabiiy va aniq fanlar bilan keng aloqalarni taqozo etadi. Bu aloqalar ham umummetodologik bosqichda, ham maxsus hususiy fanlar va ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi, bu esa uni zamonaviy fanlar tizimidagi o‘rnini aniqlab beradi. Sotsiologiya ijtimoiy-gumanitar fanlari ierarxiyasida eng yuqori bosqichni egallaydi. Falsafa va tarix bilan birgalikda, u ijtimoiy fanlar tizimining umummetodologik negizini shakllantiradi.
|
| |