Sotsiologiyaning zamonaviy rivojlanish bosqichi




Download 122,42 Kb.
bet11/13
Sana14.05.2024
Hajmi122,42 Kb.
#231332
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Abdujalilova Durdona kurs ishi 10.05

5.  Sotsiologiyaning zamonaviy rivojlanish bosqichi
Sotsiologiya fani rivojining ikkinchi bosqichi XX asrning 20 yillarida boshlanib, bugungi kunga qadar davom etmoqda. Mazkur davrda sotsiologiya rivojlanishining markazi sifatida AQSh tan olinadi. Bu yerda sotsiologiya faniga davlat va ko‘pchilik universitetlar tomonidan ko‘mak beriladi. Doktorlik darajasini beruvchi dunyodagi birinchi sotsiologiya fakulteti 1892 yil Chikago universitetida paydo bo‘lgan. 1910 yilga kelib Amerika universitetlari va kollejlarining aksariyati talabgorlarga sotsiologiya kurslarini taklif qila boshlaydi. Amerikada sotsiologiya nisbatan yangicha nazar bilan qaralgani, ya'ni uning amaliy jihatdan hayotga tadbiq etilgani uning yevropadan o‘zib ketishiga sabab bo‘ldi. Ammo nazariy jihatdan Amerika sotsiologiyasi fan uchun faqatgina belgili – interaksionizm oqimini va Tolkott Parsonsni (1902-1979) bera oldi. T.Parsonsning nazariyasi jamiyatning barcha darajalarini va ijtimoiy materiya harakatining barcha shakllarini tushuntirib berishga qaratilgan urinishdir. U kishilik voqye'ligining xilma-xil ko‘rinishlarini qamrab oluvchi mavhum tushunchalarning ulkan deduktivizmini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. AQSh mana shu deduktiv nazariyalar borasida ancha muvaffaqiyat qozondi.
AQSh sotsiolog olimlarning ko‘p sonli guruhini dunyoga taqdim etdi: R.Merton, P.Blau, Ch.Kuli, J.Mid, R.Park, I.Gofman, D.Bell, A.Toffler va bqa. Ular zamonaviy sotsiologiyaning amaliy – ilmiy mazmunini belgilab berishdi. Agar yevropada sotsiologik bilim falsafa bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa, Amerika sotsiologlari orasida sotsial psixologiya keng tarqaldi. Ikkala madaniyat vakillari ham jamiyat evolyusiyasi va faoliyatini tushuntirishga harakat qilib, turlicha usullardan foydalandi: yevropaliklar ko‘pincha global tarixiy sxemalarga suyanishsa, amerikaliklar aniq modellar va amaliy ishlanmalarga tayandi. Shu tariqa Amerikada XX arsning boshida bixeviorizm, ya'ni xulq-atvorni o‘rganishga asoslangan yo‘nalish paydo bo‘ldi.
XX asrdaga qadar sotsiologiyaning shakllanishi va rivojlanishini ta'minlab bergan qator nazariyalar va ilmiy ishlar natijasida fan doirasida turli yo‘nalishlar va maktablar paydo bo‘ldi. Sotsiologiyada bugungi kunda mavjud bo‘lgan biror bir maktab, yo‘nalish yoki paradigma36
mukammal yoki universal bo‘la olmaydi. Ularning mazmuni va mohiyati, shuningdek, yondashuvlari turlicha bo‘lib, ma'lum ma'noda bir-birlarini to‘ldiradi.
Strukturaviy–funksionalizm yo‘nalishi – zamonaviy sotsiologiyadagi asosiy metodlardan biri sanaladi. Unga ko‘ra, jamiyat yaxlit tizim sifatida o‘zaro aloqador tagtizimlardan tashkil topgan. Har bir tizim o‘zining jamiyatdagi o‘rnidan kelib chiqqan holda ma'lum vazifalarni (funksiyalarni) bajaradi. Strukturaviy – funksionalizm paradigmasiga G. Spenser va E. Dyurkgeymning qarashlari asos bo‘lgan. Amerikalik R. Merton va T. Parsons ushbu yo‘nalishning rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shishgan.
Konfliktologik paradigma – funksional nazariyaga qarama-qarshi ma'noga ega bo‘lib, unga ko‘ra, jamiyat rivoji konsensus emas, balki turli ijtimoiy qatlamlarning kurashi natijasida sodir bo‘ladi. Konfliktologik paradigma XXasrning 50-60yillarida R.Darendorf, R. Mills, L. Kozer, R. Mur, K. Boulding va boshqalar tomonidan rivojlantirildi. Nemis sotsiologi Rolf Darendorfning fikricha, konflikt har qanday integratsiyaning qarama-qarshi tomoni bo‘lgani uchun undan qochib qutilishning iloji yo‘q.
Bixeviorizm (ingl. behavior — xulq-atvor) — Amerika sotsiologiyasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri – xulq-atvor to‘g‘risidagi fan. Bixeviorizmning asosini insonning tashqi ta'sirlarga nisbatan “stimul-reaksiya” ko‘rinishidagi javob xulq-atvorini tadqiq etish masalasi yotadi. Mazkur yo‘nalishning metodologik asosini pozitiv falsafa tamoyillari va struktur-funksional tahlil tashkil etadi. Bixeviorizm yo‘nalishining zamonaviy tushunchalari E.Torndayk, Dj.Uotson va boshqalar tomnidan ishlab chiqilgan.
Sotsiologiyada bixeviorizm metodlarining keng qo‘llanilishi va ta'sir doirasining ortishi XX asrning 20 yillarga to‘g‘ri keladi. Ammo keyinchalik qator olimlar mazkur yo‘nalishda insonning xulq-atvori masalasiga bo‘lgan yuzaki yondashuv tanqid qilina boshlangan. Klassik bixeviorizmda inson xulq-atvorining psixologik va sotsiomadaniy xususiyatlari inobatga olinmagan. Bugungi kunda bixeviorizm yo‘nalishini mukammallashtirish, fan talablariga moslashtirish bo‘yi cha ishlar olib borilmoqda. Natijada sotsiologiyada neobixeviorizm yo‘nalishi paydo bo‘lib, rivojlanmoqda.
Belgili interaksionizm (ingl.interaction — o‘zaro harakat) — zamonaviy sotsiologiyaning yo‘nalishlaridan biri. Mazkur yo‘nalishning mohiyati shundan iboratki, sotsial xulq-atvorni o‘rganish davomida individning tashqi holati bilan birga uning ichki olami ham o‘rganiladi. Bunda ular til belgilariga alohida e'tibor qaratishadi, ya'ni inson tashqi tomondan qabul qilgan har bir so‘zini o‘zining nuqtai nazari asosida ma'lum belgi sifatida qabul qiladi.

Download 122,42 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Download 122,42 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Sotsiologiyaning zamonaviy rivojlanish bosqichi

Download 122,42 Kb.