• Per Simon Laplas (1749-1827)
  • Fridrix Vyoler (1800-1882)
  • Iogann Galle (1812-1910)
  • Teodor Shvann (1810-1882)
  • Djeyms Uatt (1736- 1819)
  • German Lyudvig Ferdinand Gelmgols (1821-1894)
  • Charlza Roberta Darvina (1809-1882)
  • Mixail Lomonosov (1711-1765)




    Download 122,42 Kb.
    bet6/13
    Sana14.05.2024
    Hajmi122,42 Kb.
    #231332
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Abdujalilova Durdona kurs ishi 10.05

    Mixail Lomonosov (1711-1765) moddaning atomdan tashkil topishi, modda va harakatni saqlash tamoyilini aniqladi, yerning tuzilishini ko‘plab minerallarning kelib chiqish manbalari asosida tushuntirib berdi. Nemis mumtoz falsafasining asoschisi Immanuil Kant (1724-1804) 1755 yilda “Umumiy tabiiy tarix va osmon nazariyasi” asarini anonim ravishda nashr etib, unda tabiat yaralgan paytdan boshlab mexanik qonunlar asosida osmon jismlarining yaralishi, shakllanishi va ularni harakatlantiruvchi manbalar to‘g‘risida fikr yuritib,26 “avvaliga osmon jismlarining barchasi tarqoq holatda mavjud bo‘lgan, ya'ni zamonaviy ilm nuqtai nazaridan tarqoq atomlardan iborat bo‘lgan”27 va materiya ba'zi zaruriy bo‘lgan qonunlarga, ya'ni tortishish va itarilish kuchlariga bo‘ysunishi borasida gipotezani ilgari surgan. Fransuz astronomi, matematik, fizik Per Simon Laplas (1749-1827) o‘zining kosmogoniya28 gi­potezasi bilan olamning tuzilishi va kelib chiqishidagi metafizik qarashlarga chek qo‘ydi. Charlz Layell (1797-1875) tomonidan «Geologiya asoslari” ning yaratilishi (1830-1833), Jan Batist Lamark (1744-1829) biologiyada tirik tabiatning evolyutsiyasi konsepsiyasini yaratishi, Djon Dalton (1766-1844) yaratgan atomizm nazariyasi va gaz hosil bo‘lish qonunlari, Fridrix Vyoler (1800-1882) kimyoviy yo‘l bilan noorganik moddadan organik moddani olishi kabi qator kashfiyotldar mazkur davrgacha bo‘lgan ilmiy dunyoqarashning tubdan o‘zgarishiga hamda ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi. XIX asrning birinchi choragida Gemfri Devi (1778-1829), Nikola Leonor Sadi Karno (1796-1832) tomonidan elektr hodisasini o‘rganish va shu asosdagi kashfiyotlar yaratildi. Urben Jan Jozef Levere (1811-1877) sayyoralar harakati va quyosh tizimining barqarorligi nazariyasini yaratib, uning hisoblari va bashorati asosida Iogann Galle (1812-1910) Neptun sayyorasini kashf qildi.
    XIX asr o‘rtalarida tabiiy fanlarda amalga oshgan uchta yirik kashfiyot: hujayralar nazariyasining yaratilishi, energiyaning saqlanishi va hosil bo‘lishi qonunining ochilishi hamda biologiyada evolyusion nazariyaning yaratilishi sotsiologiyaning fan sifatida qaror topishida muhim rol o‘ynagan.
    Hujayralar nazariyasi 1838-1839yillarda nemis olimlari — biolog Teodor Shvann (1810-1882) va botanik olim Mattias Yakob Shleyden (1804-1881) tomonidan yaratilgan. Ular hayvonlar va o‘simliklar hujayralarini o‘rganish asosida barcha organizmlar hujayralarining hosil bo‘lish va shakllanish yo‘llarini ko‘rsatishdi29. Mazkur nazariya asosida jonli mavjudotlarning o‘sish va rivojlanishi tushuntirib berildi. Bu flora va fauna olamlariga nisbatan bo‘lgan metafizik qarashlarga chek qo‘ydi.
    Ishlab chiqarish amaliyotining rag‘batlantirilishi tabiiy fanlardagi kashfiyotlarning jadal tus olishiga olib keldi va energiyaning saqlanishi va hosil bo‘lishi qonuni ochildi. Ingliz kashfiyotchisi Djeyms Uatt (1736- 1819) bug‘ mashinasini kashf etdi. Mazkur dvigatel ishlab chiqarishda mashinalardan foydalanish uchun turtki bo‘ldi. Djeyms Preskott Djoul (1818-1889) eksperiment asosida energiyaning saqlanish va hosil bo‘lish qonunini asoslab berib, issiqlikning mexanik ekvivalentini topdi. German Lyudvig Ferdinand Gelmgols (1821-1894) uning ishini davom ettirib mazkur qonunni matematik jihatdan asoslab berdi. Shundan so‘ng olimlar orasida mavjud bo‘lgan olamni metafizik va idealistik jihatdan anglash g‘oyasi butkul o‘z kuchini yo‘qotdi.
    Evolyusion rivojlanish nazariyasi Charlza Roberta Darvina (1809-1882) tomonidan uzoq yillar davomida olib borilgan amaliy tadqiqotlar va shaxsiy tajriba asosida yaratilgan. Uning yozishicha, hayvonot olamining jadal rivojlantiruvchi kuch sifatida u o‘zgaruvchanlik, irsiyat va tabiiy tanlovdir30. O‘zining 1871yilda chiqqan “Insonning kelib chiqishi va jinsiy tanlov” asarida Darvin odamning tabiiy jihatdan kelib chiqishini tushuntirib, ilohiy qarashlarni rad etdi. Olim o‘zining evolyusion nazariyasi orqali olamdagi barcha jonli mavjudotlar evolyutsion rivojlanish natijasida o‘zgarib, takomillashib borishini ko‘rsatdi.
    Evolyutsionizm g‘oyasi biologiyada vujudga kelib, o‘sha davr jamoatchilik fikrining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylandi va sotsial fanlar doirasida sotsial-darvinizm g‘oyasining shakllanishiga sabab bo‘ldi.
    XIX asr birinchi yarmi va o‘rtalarida amalga oshirilgan buyuk kashfiyotlarning ob'ektiv ahamiyati shundan iboratki, ular tabiatda yuz berayotgan voqyea va hodisalarning o‘zaro aloqadorligini ochib berib, metafizik qarashlarning noto‘g‘ri ekanligini isbotladi.
    Tabiiy fanlardagi yutuqlar yangi dunyoqarashning shakllanishiga asos bo‘lib, O.Kont, G.Spenser va E.Dyurkgeym tomonidan yaratilgan jamiyat to‘g‘risidagi qarashlariga o‘z ta'sirini ko‘rsatgan. Ularning biologiya tamoyillariga asosilangan sotsial qarashlari “jamiyat rivojlanishining organik nazariyasi” nomi bilan yuritiladi.

    Download 122,42 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 122,42 Kb.