|
Transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti
|
bet | 9/13 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 122,42 Kb. | | #231332 |
Bog'liq Abdujalilova Durdona kurs ishi 10.05Marksistlarning g‘oyalarida sotsiologiyaning predmeti sifatida jamiyatning tarkibiy qismlari – shaxslar, ijtimoiy jamoalar, ijtimoiy muassasalar namoyon bo‘ladi. Vatanimiz adabiyotlarida keng tarqalgan sotsiologiyaning ta'rifi quyidagicha: Sotsiologiya – jamiyatning butun bir yaxlit tizim sifatida, hamda uning tarkibiy qismlari (shaxslar, ijtimoiy jamoalar va muassasalar) orqali bu tizimning ishlashi va rivojlanishi to‘g‘risidagi fan.
Neopozitivistik yondashuvlar sotsiologiyaning fan sifatida mustahkamlanishiga katta hissa qo‘shgan. Ular avvalgi olimlardan farqli ravishda sotsiologiyani amaliy tadqiqotlar asosida rivojlantirishga intildi. Bu davrda sotsiologiya inson xatti-harakati to‘g‘risidagi amaliy fan sifatida talqin etildi. Sotsiolog esa olim emas, balki sotsial muxandis, ya'ni jamiyatni quruvchi sifatida qabul qilindi. Demak, ob'ekt sifatida insonning xatti-harakati olinsa, predmet mazkur xatti-harakatlarning mehnat faoliyati, siyosiy, iqtisodiy va hayotning boshqa jabhalarida namoyon bo‘lish mexanizmlari bo‘lgan. Sotsiologiya haqidagi bunday qarashlar bixeviorizm, belgili interaksionizm va empirizmda ustunlik qilib, asosan AQShda shakllandi.
Amerikalik sotsiolog, empirizm yo‘nalishining asoschisi F. Znanetskiy o‘zining “Polshalik dehqon yevropa va Amerikada” asarida sotsiologiyaning ob'ektini aniqlashga intilgan. U fizik va sotsial reallikni (borliq) chegaralash maqsadida “inson koeffitsienti” tushunchasini qo‘llagan va bu tushuncha orqali sotsiologiyaning o‘ziga xosligini ifodalab bergan. Olimning nazarida sotsiologiya o‘z ichiga to‘rt asosiy bo‘limni qamrab olishi kerak: sotsial harakat nazariyasi; sotsial munosabatlar nazariyasi; sotsial shaxslar nazariyasi va sotsial guruhlar nazariyasi. Olim sotsiologiyaning ob'ekti sifatida jamiyatda sodir bo‘layotgan barcha individlarning o‘zaro ongli ta'siri va munosabatlarini ko‘rsatgan.
Gumanistik yondashuvning diqqat markazida ong hayoti yotadi. Mazkur yo‘nalish tarafdorlari sotsiologiyani o‘ziga xos boshlanishlar asosida qurishga intiladi. Misol uchun M. Veber fanni jamiyat nuqtai nazaridan emas, balki alohida individ nuqtai nazaridan o‘rganish tamoyili asosida rivojlantirish fikrini ilgari surgan. Uning qarashlari fenomelogik sotsiologiya tarafdorlari tomonidan davom ettirilgan. Mazkur yo‘nalish asoschisi A. Shuts sotsiologiyaning ob'ektini Veber kabi sotsial harakat, deb bilsada, uni o‘ta idealizmda tanqid qiladi. Shutsning sotsiologik nazariyasi kundalik sezgi, tajriba va ongga asoslanganligi bilan ancha qiziqarli sanaladi. Uning fikricha, ilmiy va kundalik tafakkur o‘rtasida farq katta emas.
Mashhur amerikalik sotsiolog T. Parsons ta'kidlagan ediki, sotsiologiya boshqa ijtimoiy fanlardan farqli o‘laroq, «butun jamiyatga, ijtimoiy tizimlarning birlashuviga taalluqli bo‘lgan tizim va jarayonlarni o‘rganadi»32.
G.V.Osipovning fikricha33, sotsiologiya tarixan aniqlangan ijtimoiy tizimlarning umumiy va xususiy ijtimoiy qonun va qonuniyatlarning ishlashi, rivojlanishi, bu qonun va qonuniyatlarning shaxslar, ijtimoiy jamoalar, sinflar, xalqlar faoliyatlarida namoyon bo‘lishining mexanizmlari to‘g‘risidagi fan.
Zamonaviy sotsiologiya bu ijtimoiy tizimlar, ularning vazifalari, ijtimoiy tizim va jamoalarning (dunyo, jamiyat, institut, guruh, tashkilot, oila shaxs) harakatlanish va rivojlanish (faoliyati va o‘zaro ta'siri) qonuniyatlari haqidagi fan. U tabiiy va aniq fanlar bilan ko‘p umumiylikka ega. Mazkur o‘zaro munosabatlarning sababi shundaki, sotsiologik bilishning ob'ekti jamiyat hisoblanadi. Ammo jamiyat barcha gumanitar fanlarning ob'ekti sanaladi. Sotsiologiya ob'ektining o‘ziga xos jihati shundan iboratki, u jamiyatni yaxlit sotsial voqye'lik sifatida ob'ektiv jihatdan barcha ijtimoiy hodisalarini o‘rganadi (ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy tashkilotlar, ijtimoiy jamoalar, ijtimoiy jarayonlar, ijtimoiy institutlar, ijtimoiy sub'ektlar). Shundan kelib chiqqan holda sotsiologiyaning predmeti sifatida shaxs, ijtimoiy guruhlar, jamoa va butun jamiyat faoliyati hamda rivojlanishining qonuniyatlari, shuningdek, jamiyatning ijtimoiy hayotidagi voqyea va hodisalari (ijtiimoiy rollar, ijtimoiylashuv muammolari) namoyon bo‘ladi.
Zamonaviy sotsiologiyaning predmeti uzoq yillar davomida olimlar tomonidan yaratilgan nazariyalar asosida shakllanib, boyitib borilgan. Kravchenkoning fikricha, “status”,“rol”, “sotsial normalar” zamonaviy sotsiologiya predmetining bosh tushunchalari hisoblanadi. “Status” sotsiologiya predmetining statik holatini, “rol” esa uning dinamikasini namoyon qiladi. Status insonning jamiyatdagi mavqeini belgilab beradi. Ijtimoiy mavqe' ijtimoiy munosabatlarga, shaxsiy statuslar esa shaxslararo munosabatlarga dahlddor bo‘ladi. Sotsiologiya aynan ijtimoiy mavqyelarni o‘rganadi. Har qanday sotsial status unga muvoffiq bo‘lgan sotsial rolga ega bo‘ladi. Inson sotsial rollarni bajarish orqali jamiyatda sotsial munosabatlarga kirishadi. Jamiyatdagi mavjud bo‘lgan sotsial normalar esa mazkur rollarni ma'lum qolipga solib turadi. Shu nuqtai nazardan sotsiologiya insonlar o‘rtasidagi sotsial munosabatlarni o‘z o‘rganish predmeti sifatida qabul qiladi.
Sotsiologiya jamiyatni murakkab ijtimoiy orgnanizm sifatida o‘rganib, undagi sotsial mohiyatga ega bo‘lgan har qanday elementlarni (guruh, voqyea, hodisa, jarayon) va sotsial munosabatlarni ularning rivojlanish tendensiyalari hamda taraqqiyot qonuniyatlari nuqtai nazaridan tadqiq qiladi. Shu nuqtai nazardan sotsiologiya jamiyat hayotining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, ahloqiy va boshqa sohalarida o‘zining tarmoq va mahsus yo‘nalishlari doirasida tadqiqotlarini olib boradi.
|
| |