yillarda yuk avtomobillariga ham diskli tormoz mexanizmlarini qo‘ llash
rivojlanib kelmoqda.
Lentali barabanli tormoz mexanizmlari zamonaviy avtomo-
billarning g ‘ ildiraklarida umuman o‘rnatilmaydi. Juda kam hollarda bu
tormoz mexanizmi transmissiyada to‘xtatib turish tormoz tizimi sifatida
qo‘ llaniladi.
Gidravlik va elektrik tormoz mexanizmlari tormoz sekinlashtirgich
sifatida qoMlaniladi. Avtomobillarda shu bilan bir qatorda chiqarish
quvuri maxsus zaslonka bilan yopilsa dvigatel ham tormoz sekin
lashtirgich vazifasini bajaradi. Bundan tashqari sekinlanishni dvigatel
kompressor rejimiga o‘tganda amalga oshirish mumkin.
Tezyurar va poyga avtomobillarda keskin tormozlashni amalga
oshirish uchun havo qarshiligini oshiradigan maxsus qurilmalar yoki
parashyutlar qo‘ llaniladi (g ‘ildiraksiz tormozlash).
Mexanik tormoz yuritmasi to‘ xtab turish tormoz tizimida yuritma
sifatida qoMlaniladi. Hamma yengil avtomobillarda, kichik va o‘rta yuk
avtomobillarida gidravlik tormoz yuritmasi qo‘ llaniladi. Yengil avtomo-
billarining sinfiga bog‘ liq ravishda tormoz yuritmasi kuchaytirgichli
yoki kuchaytirgichsiz ham bo‘ lishi mumkin. Yuk avtomobillarining
gidravlik yuritmasida vakuumli kuchaytirgich o ‘matiladi. Pnevmavtik
tormoz yuritmasi katta yuk avtomobillarida qo‘ llaniladi, bundan tashqari
bunday avtomobillarda kombinatsiyalashgan tormoz yuritmasi ham
ishlatilishi mumkin. So‘nggi yillarda elektropnevmatik tormoz yuritmasi
ham qo‘ llanilmoqda.