• INKLYUZIV TA’LIM. GOSPITAL PEDAGOGIKA”
  • Tuzuvchi: D. Abdusamiyev Gumanitar fanlar va pedagogika kafedrasi dotsent v.b., pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) Taqrizchi: M. Azizov
  • Turan international university




    Download 394 Kb.
    bet1/20
    Sana21.05.2024
    Hajmi394 Kb.
    #248966
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
    Bog'liq
    Inklyuziv ta\'lim Mustaqil ta\'lim (2)


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

    TURAN INTERNATIONAL UNIVERSITY



    l “___” ___________




    GUMANITAR FANLAR VA PEDAGOGIKA KAFEDRASI

    INKLYUZIV TA’LIM. GOSPITAL PEDAGOGIKA”


    fanidan kredit-modul tizimida talabalarning
    mustaqil ta’limini tashkil etish bo‘yicha
    USLUBIY KO‘RSATMA


    NAMANGAN-2023
    “Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika” fani bo‘yicha kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma Turan international university o‘quv-uslubiy kengashida tasdiqlangan o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqilgan fanning o‘quv dasturi asosida tuzilgan. Gumanitar fanlar va pedagogika kafedrasining 2023-yil “___” ______________dagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan. Mazkur uslubiy ko’rsatma universitet o‘quv-uslubiy Kengashining 2023-yil ­­­­­­­­­­­­­­___ - avgustdagi 1-sonli yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan.


    Tuzuvchi: D. Abdusamiyev
    Gumanitar fanlar va pedagogika kafedrasi dotsent v.b., pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)

    Taqrizchi: M. Azizov
    Sirtqi departamenti drektori
    pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

    K I R I SH
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son hamda «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida» 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risida” gi Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tasdiqlandi.
    Ushbu Nizom oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga Kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa tizimi (European Credit Transfer and Accumulation System - ECTS) asosida ta’limning kredit-modul tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
    Kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 25-30 akademik soatlik o‘quv yuklamasiga teng. Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni to‘plashi uchun ma’lum miqdordagi o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi zarur. O‘quv yuklamasi bakalavriatda 40 - 50% auditoriya soati, 50 - 60% mustaqil ish soatiga bo‘linadi.
    Baholash usullari fan yoki modul doirasidagi talabaning yutuqlarini aks ettiruvchi va tasdiqlovchi yozma, og‘zaki, amaliy ish, loyiha, portfolio va nazoratlar kabi turlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
    Kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish bo‘yicha beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan–semestrga ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga muvofiq ravishda o‘zgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularning topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondoshishga o‘rganib borishi kerak.
    Kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish bo‘yicha beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan–semestrga ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga muvofiq ravishda o‘zgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularning topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondoshishga o‘rganib borishi kerak.

    Download 394 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




    Download 394 Kb.