|
KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLLARI
|
bet | 6/20 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 394 Kb. | | #248966 |
Bog'liq Inklyuziv ta\'lim Mustaqil ta\'lim (2)KREDIT-MODUL TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIMINI TASHKIL ETISHNING ASOSIY SHAKLLARI
Ma’lumki o‘qitishning asosiy shakllari – ma’ruza, seminar, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, maslahat darsi auditoriyada o‘tkaziladi. Ularni tashkil etish mavzuni murakkabligi darajasiga, beriladigan axborot miqdoriga ko‘ra avvaldan rejalashtiriladi, o‘quv soatlariga ajratiladi.
Kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishda muayyan fan (kurs)ning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
Keys (muammoli vaziyatlar tahlili)
Adabiyotlar (manbaalar) ustida ishlash
O’quv loyihasi
O’quv portfoliosi
Esse
Glossariy (atamalar izohi)
Tayanch konspekt tuzish (chizma tasviriy modellar, intellekt kart, freym, mantiqiy graf va boshqalar yaratish)
Mini tadqiqotlar o’tkazish
Ijodiy topshiriqlar
Darslarning metodik ishlanmalarini tayyorlash
Vedeorolik yaratish
Tezis va maqolalar tayyorlash
O‘qitiladigan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, mustaqil ta`limni tashkil etishda boshqa shakllardan ham foydalanish mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlar berilishi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta o‘ylab ishlab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarning auditoriya mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to‘ldirishga xizmat qilishi kerak.
TALABALARNING MUSTAQIL ISHLARINI BAHOLASHNING UMUMIY MEZONLARI
Talabalar mustaqil ta’limini baholash mezonlari tegishli kafedralar tomonidan fan (modul) lar xususiyatini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi va fakultet ilmiy kengashida tasdiqlanadi.
Har bir fan (modul) bo’yicha mustaqil ish topshiriqlarini baholash mezonlari talabalarga semestrning boshida taqdim qilinadi.
Talabalarning fan (modul) bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlarini baholash berilgan muddatga muvofiq amalga oshiriladi.
Mustaqil ishga qo‘yiladigan ball umumiy ballning 20 (yigirma) foizidan kam bo’lmasiligi lozim.
Talaba (lar) ning fan (modul) bo‘yicha mustaqil ta’lim natijalari elektron platforma va guruh jurnaliga butun sonlar bilan qayd qilinadi.
Fanlar kesimida talabalarning mustaqil ishlari bo‘yicha o‘zlashtirish muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig‘ilishlarida hamda har o‘quv yilida kamida ikki marta fakultet Ilmiy Kengashida muhokama etib boriladi.
Talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish topshiriqlari maksimal 1 ball bilan baholanadi.
|
| |