Baholash mezoni:
0.9-1 ball uchun talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish topshiriqlari bo‘yicha bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: taqdim etilgan mustaqil ish topshiqlarni aniq tushunganligi, topshiriqda mavjud muammolarni aniq ifodalay olishi, tasavvur qila olishi, tahlil qila olishi, muammoni yechish usulini taklif eta olishi, muammoni yechish usulini asoslagani, ijodiy fikrlay olishi, mavzu yuzasidan mustaqil mushohada yurita olishi, alternativ variant taklif eta olishi, mustaqil ish topshiriqni o‘z vaqtida bajargani va platformaga joylagani.
0.7-0.8 ball uchun talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish topshiriqlari bo‘yicha bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: taqdim etilgan mustaqil ish topshiriqlarni aniq tushunganligi, topshiriqda mavjud muammolarni qisman ifodalay olishi, tasavvur qila olishi, qisman tahlil qila olishi, muammoni yechish usulini qisman asoslay olishi, mustaqil ish topshiriqni o‘z vaqtida bajargani va platformaga joylagani.
0.6 ball uchun talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish topshiriqlari bo‘yicha bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: taqdim etilgan mustaqil ish topshiriqlarni qisman tushunganligi, topshiriqda mavjud muammolarni qisman ifodalay olishi, tasavvur qila olishi, qisman tahlil qila olishi, mustaqil ish topshiriqni o‘z vaqtida bajargani va platformaga joylagani.
0-0.5 ball uchun talaba tomonidan bajarilgan mustaqil ish topshiriqlari bo‘yicha bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim: taqdim etilgan mustaqil ish topshiriqlarni qisman tushunganligi, topshiriqda mavjud muammolarni qisman ifodalay olishi, qisman tahlil qila olishi, mustaqil ish topshiriqni o‘z vaqtida bajargani va platformaga joylagani.
“Nutq o’stirish metodikasi” fanidan talabalar mustaqil ishini tashkil qilishda fanning xususiyatlarini, xar bir talabani akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olib quyidagi shakllardan foydalaniladi:
Inklyuziv ta’lim tizimini tubdan takomillashtirishga oid O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident farmonlari va Qarorlari, huquqiy-me’yoriy hujjatlarni o‘rganish;
ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘tilgan mavzularni to‘ldirish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlardan konspekt qilish;
ishchi o’quv dasturida ko‘rsatilgan mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular, ularga ajratilgan soatlarni va adabiyotlarni o‘rganish;
seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;
mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzular bo‘yicha belgilangan xajmda va tartibda turli metod, usullar, jadvallar asosida tayyorlash;
mustaqil ta’lim bo‘yicha tayyorlangan mustaqil ishni munozara - dialog usulida himoya qilish malakasini shakllantirish;
mustaqil ta’lim bo‘yicha belgilangan topshiriqni bajarish jarayonida ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari davrida olgan bilim va ko‘nikmalarni umumlashtirib, ularni amalda qo‘llay olish;
muayyan masalani ijodiy hal etish ko‘nikmalarini hosil qilish;
fandan olgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish;
ixtisoslik fanlari bo‘yicha amaliyotdagi muammolar yechimini topishga qaratilgan topshiriqlarni bajarish.
“INKLYUZIV TA’LIM. GOSPITAL PEDAGOGIKA” FANIDAN MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARINI BAJARISHNING AXBOROT TA’MINOTI
“Inklyuziv ta’lim. Gospital pedagogika” fanidan talabalar bajariladigan mustaqil ish topshiriqlari ma’ruza, amaliy va seminar mashg‘ulotlarini olib boruvchi o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan va kafedrada yig‘ilishida muhokama qilinib tasdiqlangan mavzulardan olinadi va uni bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma xamda tavsiyalar beriladi.
Mustaqil ishni bajarish uchun axborot manbasi sifatida darslik va o‘quv qo‘llanmalar, metodik qo‘llanma va ko‘rsatmalar, ma’ruzalar matni, fanga oid ma’lumotlar to‘plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, internet tarmog‘idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu bo‘yicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.
Kafedra mudiri va fakultet dekani taqdimnomasi asosida institut rahbariyati talabalarga mustaqil ishlarni bajarish uchun zaruriy axborot manbasi va vositalarini belgilaydi, talabalarga turli kutubxonalar, korxona va tashkilotlardan mustaqil ishni bajarish uchun kerakli ma’lumotlarni to‘plash so‘rovnoma xatlari va shartnomalarni rasmiylashtirib beradi.
Talabalar tomonidan mustaqil ishlarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun kompyuter texnikasi, internet tarmog‘idan, axborot-resurs markazidan foydalanish uchun shart-sharoit yaratib beriladi.
“INKLYUZIV TA’LIM. GOSPITAL PEDAGOGIKA” FANIDAN MUSTAQIL ISH TOPSHIRIQLARINI BAJARISHNI NAZORAT QILISH VA BAHOLASH
Talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ishga rahbarlik qilish kafedrada tuziladigan va fakultet dekani tomonidan tasdiqlanadigan konsultatsiyalar jadvali asosida amalga oshiriladi.
Talaba mustaqil ishini nazorat qilish o‘quv mashg‘ulotlarini bevosita olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talabaning mustaqil ishi bo‘yicha konsultatsiya soatlari gurux jurnalida fanga ajratilgan betlarga konsultatsiya mavzusi, sanasi va o‘qituvchining imzosi fanning auditoriyada o‘tgan mavzulari qatoriga yozib boriladi.
Ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarini olib boruvchi o‘qituvchilar tegishli mashg‘ulotlar doirasida talabalar mustaqil ishiga rahbarlikni amalga oshiradilar.
|